Yoshlar ishlari agentligi
70.5K subscribers
9.76K photos
1.7K videos
7 files
4.12K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Mahallalarda harbiy - vatanparvarlik tadbirlari o'tkazilmoqda!

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan, respublikamizdagi barcha mahallalarda yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ko'chama-ko'cha sport musobaqalari, turli intellektual o'yinlar, "Qo'mondon va yoshlar"
uchrashuvi, rasmlar tanlovi va boshqa harbiy-vatanparvarlik tadbirlari bo'lib o'tmoqda.

Suratda Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi Beshqayrog'oz mahallasida o'tkazilgan tadbirlar aks ettirilgan

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Xalq ta'limi vazirligi binosida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi vakillari ishtirokida o'zaro hamkorlikda ta'lim muassasalaridagi o'quvchi-yoshlar uchun onlayn ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ushbu onlayn ochiq muloqotda umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi o'quvchi-yoshlar o‘zlari uchun dolzarb bo'lgan:

• Xorijiy tillarni o'rganishdan nima foyda?
• O'quvchi-yoshlar uchun xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijani qo'lga kiritsa qanday imtiyozlar bor?
• Qishki ta'tilda nima bilan shug'illansam bo'ladi? kabi savollarga javob olishdi.

#Xalqtalimi #hamkorlik

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik Palatasi huzuridagi “Yoshlar parlament”lari oʻrtasida Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi muhokamasi o‘tkazildi.

Mazkur davra suhbatida 30 dan ortiq Yoshlar parlamenti a’zolari, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdullo Aslanov va Oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishdi.

#taraqqiyotstrategiyasi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2021-2022-o’quv yili 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi

🔰 Tanlovda oliy ma’lumotli, 30 yoshdan oshmagan, oliy ta'limni tugatgandan so'ng kamida 2 yil ish stajiga ega bo’lgan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari yoki xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

📩 Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman(shahar) bo‘limlari tomonidan 2022-yilning 1-fevraliga qadar qabul qilinadi.

🔸 Batafsil ma'lumotni www.yomi.uz sayti, yoki (71)-232-61-31 raqami orqali bilib olishingiz mumkin!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​⚡️Dasturlashni bepul o‘rganish mumkin. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi — yoshlar uchun imkoniyat! (2-qism)

2019-yil O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash bo‘yicha «One Million Uzbek Coders» («Bir million o‘zbek dasturchilari») loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha 2017-yilda BAAda ishga tushirilgan «One Million Arab Coders» loyihaning analogi hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida https://uzbekcoders.uz/ onlayn platformasi orqali o‘zbek tilida global mehnat bozoridagi to‘rtta eng talabgir mutaxassislik — Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development va Frontend Development bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil qilingan. Batafsil ma’lumot.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil, 1-iyundan “Xalq banki”, “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” tomonidan ushbu loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 6 mln. 750 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Asosiy qarz esa kredit oluvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi. 6 mln. 750 ming so‘mni 24 oyda to‘lansa, bir oyga 281 250 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan tashqari, mazkur tizim ham elektronlashtirilgan. «Bir million o‘zbek dasturchilari»da dasturlashni bepul o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach, iste’mol krediti kompensatsiyasini olish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza yuborishingiz va o‘zingiz ham kuzatib borishingiz mumkin.

Juda ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishardi. Mana yoshlarga imkoniyat, ham dasturlashni bepul o‘rganish mumkin, ham noutbuk xarid qilish mumkin. Imkoniyatdan foydalanish esa doimgidek o‘zingizning qo‘lingizda!

#repost

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
💰Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 mlrd so‘m grant ajratiladi

2022 yil 1 maydan yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi.

Bunda grant mablag‘lari:

▫️onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi veb-sayt yaratishga, xorijdagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;

▫️grant mablag‘lari xorijdan O‘zbekistonga 3 yil kamida 200 nafar turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

Batafsil

#huquqiy_yangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🔥 Navbatdagi mehmonimiz Saida Rashidova

Qadrli qizlar, ma'lumki haftaning har chorshanba kuni eng qiziq va muhokamalarga boy mavzularda mutaxassislar bilan uchrashuv tashkillashtirish yo'lga qo'yildi.

Bugun soat 20:00 da "Qizlar ovozi"ning telegram sahifasida "Do'pka voqeasi" kitobi muallifi Saida Rashidova bilan "Bolalar adabiyoti va kitoblarning farzand tarbiyasidagi o‘rni" mavzusida suhbatlashamiz.

Ishtirok etish uchun havola:👉 https://t.iss.one/Qizlar_ovozi_rasmiy?livestream

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Tayinlov

Daniyarov Abatbay Saparbaevich - Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari etib tayinlandi.

Abatbay Daniyarov shu vaqtgacha O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Abatbay Saparbaevichni yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#tayinlov

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi

Prezidentning tegishli qaroriga binoan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

👉 Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

• xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m);

• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m);

• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m).

👉 Yoshlar ishlari agentligiga Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berildi.

👉 Har chorakda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar 1 oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👉 Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha (540 ming so‘m) bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.

👉 Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga uy-joy olish uchun subsidiya beriladi.

👉 Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.

👉 Ushbu yetakchilarning shtat birliklari umumiy o‘rta taʼlim maktablaridagi 10 ming nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.

👉 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning ish bilan taʼminlanishi choralarini ko‘radi.

Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

#yoshlaryetakchilari #qaror

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

👁 YouTube orqali ko‘rish (HD)

#infografika #qaror

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi