Yoshlar ishlari agentligi
190K subscribers
10.5K photos
1.93K videos
7 files
4.65K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi muddati o‘zgardi❗️

Ko‘plab yoshlarning takliflarini inobatga olgan holda arizalarni qabul qilish muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi.

“O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida butun mamlakat bo‘ylab keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilayotgan loyihalarda tanlovga ariza yuborgan yoshlarning aksariyati qatnashayotganligi, qolaversa yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida tanlovning saralash bosqichi 27-28-29–dekabr sanalariga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz.

O‘ylaymizki bu vaqt yosh kitobxonlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim etadi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Bugun Siz bilan tomorqasidan 30 000 000 so'm daromad topayotgan Xoliqov Olloberdi hikoyasi bilan tanishamiz

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan, davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida moliyalashtirilgan O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi NNTning “Fermerlikning 12 yoquti” loyihasi doirasida sohamizdagi yosh mirishkorlar bilan ishlangan videolarni Siz azizlar bilan ulashib boramiz.

👁 Youtube orqali ko‘rish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Respublikamizning barcha hududlarida “Men donorman” xayriya qon topshirish aksiyasi o‘tkaziladi

“O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021”
haftaligi doirasida joriy yilning 21-23-dekabr kunlari respublikamizning barcha hududlarida “Men donorman” xayriya qon topshirish aksiyasi o‘tkaziladi.

Xayriya qon topshirish aksiyasida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqorolar, harbiy xizmatchilar, talaba-yoshlar, davlat xizmatchilari, ko‘ngilli yoshlar va keng jamoatchilik vakillari donor sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Aksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida joylashgan Respublika qon quyish markazlari, Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutlari, viloyat markazlaridagi tibbiyot muassasalari va ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. Batafsil: https://bit.ly/3dQUtIl

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/VFFURjJ84q1ij5PUA

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
👉🏻 @yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok
“Zukko kitobxon” intellektual turnirining respublika bosqichi boshlanmoqda

19-dekabr kuni “Yoshlar daftari” platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar uchun “Zukko kitobxon” intellektual turnirining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda hududiy bosqichning 14 ta g‘olib jamoalari qura tashlash yo‘li bilan 2 guruhga bo‘lingan holda yarim-final uchun bahs olib boradilar.

Eng yuqori ball to‘plagan 6 ta jamoa final bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqichda “O‘tkan kunlar”, “Shum bola”, “Аlpomish”, “Dunyoning ishlari”, “Temur tuzuklari”, “Аlkimyogar” hamda “Chol va dengiz” kabi kitoblar bo‘yicha bellashadi.

1-o‘rinni egallagan jamoa 3 000 ta kitob va 6 ta noutbuk, 2-o‘rinni egallagan jamoa 2 000 ta kitob va 6 ta noutbuk, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa esa 2 000 ta kitob va 6 ta noutbuk bilan taqdirlanadi. Qolgan ishtirokchilarning har biriga Smart watch taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
👉🏻 @yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok
"O‘zbekiston Yoshlar forumi-2021" doirasida “Munozara” intellektual turnirining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda

2021-yilning 12-16-dekabr kunlari Buxoro viloyatida “Munozara” intellektual turnirining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda. Yakuniy bosqichda oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan iborat jami 32 ta jamoa qatnashmoqda.

Xususan, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etiladigan turnirda 16 ta jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda qizg‘in bahs olib boradi.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi bellashuvda ham 16 ta jamoa guruhlarga bo‘lingan holda munozaraga kirishadi. 16-dekabr kuni g‘olib deb topilgan jamoalar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

#munozara #yoshlarforumi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshoila.uz elektron platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yosh oilalalar mavzusiga bag‘ishlangan ta’sirchan videofilmlar, videoroliklar, infografik lavhalarni jamlagan yoshoila.uz elektron platformasi ishlab chiqilgan bo‘lib, “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” doirasida 24-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida ushbu platformaning taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Loyihaning Telegram kanali: @yoshoila_uz

📍Yoshlar ijod saroyi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
👉🏻 @yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok
Yoshlar ishlari agentligi, Mikrokreditbank hamda O’zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash markazi hamkorligida 3.5mlrd. so’m qiymatga ega “IMKONIYAT” loyihasi tashkillashtirildi.

Ekspertlar tomonidan ma’qul deb topilgan eng yaxshi 70 ta loyihaga 6 oylik imtiyoz davri bilan 3 yil muddatga, qaytarib berish sharti bilan 50 mln. so’mgacha 0%li investitsiya (ssuda) mablag’lari ajratiladi.

Batafsil

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Kelajak liderlari” forumi bo‘lib o‘tadi

«O‘zbekiston yoshlari forumi» doirasida 16-18-dekabr kunlari “Kelajak liderlari” forumi bo‘lib o‘tadi. Forum Respublikamizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markazlarida o‘tkaziladi.

“Kelajak liderlari” klublari a’zolarining faoliyati samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha eng faollar orasidan Respublika darajasida o‘tkaziladigan forumda hududlarning “Kelajak liderlari” klublari prezidentlari va 4 nafardan a’zolar ishtirok etadi.

Forumning Respublika bosqichi 20-21-dekabr kunlari Toshkent shahridagi INNO texnoparkida, 22-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida boʻlib oʻtadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
👉🏻 @yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok
📣 Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari yoshlari tayyormisiz?

📌 "O'zbekiston Yoshlari forumi" doirasida Agro marafon Siz tomon yo'l olmoqda!

🟢 Surxondaryoda
📆 16-dekabr
🕰 10:00da
📍 Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida;

🟠 Qashqadaryoda
📆 17-dekabr
🕰 14:00da
📍 Qarshi shahridagi korxonalarni sog'lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi binosida ko'rishamiz.

🔵 Agromarafonda faol ishtirok eting va agrobiznesda muvaffaqiyat sirlarini bilib oling.

Biz Siz o'ylagandanda yaqinmiz.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining hududlardagi gala-konsertlari bo‘lib o‘tadi!

«O‘zbekiston yoshlari forumi» doirasida 17-18-20-22-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markazlarida “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining gala-konsertlari tashkil etiladi.

Tadbir har yili an'anaviy tarzda o‘tkaziladi. Undan ko‘zlangan maqsad — iqtidorli bolalarning ijodi hamda tashabbuslarini keng ommaga, ayniqsa, bolalar orasida targ‘ib etish, yosh havaskor va professional ijodkorlarning faoliyatini rag‘batlantirishdan iboratdir. Unda yurtimizdagi iqtidorli bolalar o‘z qobiliyatlari doirasida bellashadilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
👉🏻 @yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Innovatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida yoshlar siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazilmoqda.

Bugun (15.12.2021-y.) soat 16:30 da tanlovning test bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Jarayonlarning shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida test bosqichi Agentlikning YouTube sahifasi orqali keng jamoatchilik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.

Mazkur havola orqali onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️Yoshlar ishlari agentligiga qator vakolatlar beriladi

Senatning yigirma ikkinchi yalpi majlisida senatorlar “Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni ham muhokama qildilar.

Vazifa va vakolatlarning mustahkam huquqiy asoslarini yaratish maqsadida yangi Qonun bilan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi hamda “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Batafsil

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi