Yoshlar ishlari agentligi
70.7K subscribers
9.73K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida yoshlar oyligiga start berildi!

15-noyabrdan 15-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadigan oylik doirasida:

• “Yoshlar sport festivali”

• “Intellektual loyihalar festivali”

• “Yoshlar madaniyat va sanʼat festivali”

• “Anʼanaviylik va zamonaviylik” yoshlar moda va dizayn ko‘rgazmalari

• “Tajriba va mahorat”

• “Toshkent harbiy vatanparvarlik festivali” loyihalari o‘tkaziladi.

🚀 Yoshlar oyligida eng faol qatnashgan 10 nafar yosh Toshkent shahar hokimligi tomonidan 100 foizlik grant asosida Fransiyaning eng katta oliygohlaridan biri — ‘Le Cordon Bleu‘ universitetiga o‘qishga yuboriladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yashil makon loyihasida Siz ham ishtirok etdingizmi?

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi mahallalarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 200 dona mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Bunday ekologik tadbirlar mamlakatimiz bo'ylab davom etmoqda. Biz bilan yurtimiz obodligini ta'minlashga o'z hissangizni qo'shing!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq tanlov davom etmoqda❗️

Yoshlar ishlari agentligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi “Mahallada Yoshlar ishlari agentligi vakili” nomzodligiga ochiq tanlov eʼlon qiladi.

Sizda mahallangiz rivojiga hissa qo‘shish, yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etilishida ko‘maklashish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishlarida tashabbusingiz bo‘lsa, unda bu imkoniyatdan foydalaning!

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va tanlovda ishtirok eting.

❗️Hujjatlar 2021-yil 12-noyabrdan 16-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tibbiyot xodimlarini tabriklaymiz❗️

Inson sog‘lig‘ini asrash va mustahkamlashdek olijanob ishga o‘z hayotini bag‘ishlagan barcha hamyurtlarimizni Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tabriklaymiz.

Biz sizlarning timsolingizda xalq salomatligi yo‘lida o‘z halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan sharafli kasb egalarini ko‘ramiz.

Kasb bayramingiz kunida barchangizga sihat-salomatlik, ulkan zafarlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz baraka tilaymiz.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Arizalar onlayn qabuli davom etmoqda!

Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot👈 telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yoshlar ochiq tanlov davom etmoqda❗️

Yoshlar ishlari agentligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi “Mahallada Yoshlar ishlari agentligi vakili” nomzodligiga ochiq tanlov eʼlon qiladi.

Sizda mahallangiz rivojiga hissa qo‘shish, yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etilishida ko‘maklashish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishlarida tashabbusingiz bo‘lsa, unda bu imkoniyatdan foydalaning!

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va tanlovda ishtirok eting.

❗️Hujjatlar 2021-yil 12-noyabrdan 16-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​#huquqiyyangiliklar

Yoshlarga byudjetdan qanday subsidiya va kompensatsiyalar to‘lab beriladi?

O‘zbekistonda yoshlar uchun qanday imtiyoz va subsidiyalar bor? Ular haqida qayerdan batafsil maʼlumot olish mumkin?

Ushbu havola orqali batafsil tanishgan holda Siz yoshlarga Davlat byudjetidan to‘lanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar haqida maʼlumot olasiz.

Batafsil

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Qadrli yoshlar! Sizlarni Yosh landshaft dizaynerlar klubiga taklif etamiz!

Siz “Landshaft dizayni”, “Landshaft arxitekturasi” yoki “Bog‘ va landshaft qurilishi” yo‘nalishlariga qiziqasizmi?

Landshaft dizayn sohasida oid bo‘lgan barcha bilim va ko‘nikmalarni o‘rganib, ushbu soha bo‘yicha daromad topishni xohlaysizmi?

Unday bo‘lsa Sizni O'zbekiston yosh fermerlari Kengashi qoshida ochilgan Yosh landshaft dizaynerlar klubiga taklif etamiz.

Endi Respublikamizda atrof muhitni ko'klamlashtirishga qiziqqan hamda shu bilan birga daromad topmoqchi bo'lgan yoshlar ushbu klubda landshaft dizayn bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirib katta yutuqlarga erishishi mumkin.

📞 Ma'lumot uchun:
+998 94 683 41 14

Telegram
sahifamiz👉@yoshlaragentligi
22-noyabr kuni Beshinchi global tadbirkorlik haftaligi boshlanadi. Mazkur haftalik oldidan ertaga, 16-noyabr kuni soat 19:00da Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev Telegram kanalida (@alisher_sadullaev) ovozli suhbat bo'lib o'tadi.

Ovozli suhbatda ishtirok etish uchun havola:
👉https://t.iss.one/alisher_sadullaev?voicechat

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Taʼlim va kasb - 2021” xalqaro ko‘rgazmasi Samarqandda!

Samarqand shahridagi "Yoshlar markazi"da abituriyentlarni xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlarida oliy taʼlim olish imkoniyatlari bilan tanishtirish, oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida tajriba almashish maqsadida “Taʼlim va kasb” xalqaro taʼlim ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun, ko'rgazmada 2500 nafarga yaqin yoshlar 15 dan ortiq mamlakatlar jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarining rasmiy vakillari bilan bevosita muloqot qilib, o‘z savollariga javoblar olishdi.

#samarqand

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​#Bilasizmi

Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqiga ega❗️

Bunda ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish sabablarini ko‘rsatib maktab direktori nomiga ariza beradi.

Direktor arizani olgan kundan bir ish kunida ko‘rib chiqadi va o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.

Sinfdagi o‘quvchilar soni meʼyordan (35 nafar) ortiq bo‘lganda, direktor o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazishni rad qilishi mumkin.

Rad etish haqida direktor uch kunda ota-onalarga yozma ravishda maʼlum qilishi kerak.

Direktorning o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingach, 3 kunda sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from Alisher Sadullaev
Beshinchi global tadbirkorlik haftaligi oldidan rejalashtirgan ovozli suhbatimiz boshlandi. Ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?voicechat

@alisher_sadullaev
Biznes marafonning ikkinchi mavsumi Andijonda start oldi!

Aniq qo'yilgan maqsad, tinimsiz mehnat va kuchli bilim - muvaffaqiyatli biznes uchun eng zarur omildir.

🚀 Mehnat va shijoat bilan muvaffaqiyatli tadbirkor bo'la olgan tajribali tadbirkorlar ishtirokida Biznes marafon loyihasining 2-mavsumining dastlabki treninggi Andijonda o'tkazildi.

🔰 Ushbu marafon orqali yoshlar tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini mustahkamlab, bir qatorda taniqli tadbirkorlar bilan muloqot qilib, o'z savollariga javob oldilar.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi