Yoshlar ishlari agentligi
70K subscribers
9.87K photos
1.71K videos
7 files
4.17K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
"O‘zbekiston uchun 100 g‘oya" loyihasi 30 000 nafar yoshni qamrab oladi

Bugun AOKAda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Innovatsion rivojlanish vazirligi mutasaddilari ishtirokida “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida loyiha haqida ma'lumot berilib, jurnalist va bloggerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishdi.

Loyiha haqida batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali bilib oling.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar va xotin-qizlarga 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi

⚡️ “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori bilan yuqoridagi ma'lumotlar orqali batafsil tanishing.

#qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Munozara” intellektual turnirining respublika bosqichiga start berildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan taʼlim muassasalari, korxona hamda tashkilotlar o‘rtasidagi "Munozara" intellektual turnirining respublika bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔸Marosimda ishtirokchilar respublika turnirini tashkiliy jarayoni va o‘tkazish dasturi bilan tanishtirilib, jamoalar o‘rtasida qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Munozara" turniri voqealar rivojini kanalimizda kuzatib boring.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Siz o'z loyihangizni amalga oshirish uchun investorga muhtojmisiz yoki "startup" haqida endi o‘ylanib qoldingizmi?

Unda 24-iyun, soat 11:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston “start up”larining buguni va kelajagi” uchrashuvida ishtirok eting.

Tadbirda biznes olamining afsonasi Dunkan Bannetin, shotlandiyalik tadbirkor, investor, saxovatpesha, ko'plab kitoblar muallifi va tadbirkorik sohasida o‘z o‘rnini topgan vakillar ishtirok etadi.

👋 Uchrashuvda ko‘rishguncha, aziz Yoshlar!

Telegram
sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️ Millionlab kitobsevarlarni birlashtirgan “Yosh kitobxon” tanlovining yangi mavsumiga arizalar qabuli boshlandi.

🔖 Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting.

📚 Marhamat, yangi mavsum adabiyotlari ro‘yxati bilan tanishing.

❗️Unutmang, har qanday muammoning yechimi kitobda!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi