Yoshlar ishlari agentligi
70K subscribers
9.84K photos
1.7K videos
7 files
4.15K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Xorazm yoshlaridan iborat ekspeditsiya qazishma ishlarini olib bormoqda

🔰Davlat rahbarining viloyatga tashrifi davomida bergan ko'rsatmasiga asosan "Xorazm yoshlari arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi" tarixiy yodgorlikning sharqiy va g'arbiy devorlari yaqinida qazish hamda kuzatish ishlarini olib bormoqda.

🔖 Hozirga qadar ekspeditsiya a'zolari tomonidan miloddan oldingi 11 asrdan miloddan oldingi 3-4 asrlargacha Qal'aning shimoliy devoriga yaqin qismida ark va turar joylar bo'lgani aniqlandi.

📌 Arxeologik o'rganish jarayonlari davom etmoqda.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi uchun e'lon qilingan tanlovda ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyat!

🇺🇿 Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari, tashabbuslari va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi e'lon qilingandi.

🔰 Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari talab va takliflarini inobatga olgan holda tanlovga hujjat qabul qilish muddati 23-mayga qadar uzaytirildi.

📩 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing hamda o'z loyihalaringizni [email protected] elektron manziliga jo'nating.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Yosh kitobxon" tanlovining yakunlagan final bosqichini kuzatishda davom etamiz

📖 Kitobxonlar tanlovining 10-14 yosh toifasi, 2-shart bellashuvlarini O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Videoni tomosha qiling, sahifamizga obuna bo'lishni unutmang.

#YoshKitobxon

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"ImkonLab" innovatsiya va tadbirkorlik loyihasi - Surxondaryoda!

🔰 Loyiha davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlashni istagan 37 nafar yoshga malakali mutaxassislar tomonidan 4 kun davomida trening oʼtkazildi. O'z loyihalarini hakamlar oldida muvaffaqiyatli taqdimot qilgan va eng yuqori ball to'plagan 5 ta loyiha egalari maxsus grant va sertifikatlarni qo'lga kiritdi.

💪 G'oliblarga 1000 AQSh dollari miqdorida boshlang'ich kapital ajratilib, o'z loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun ekspertlar biriktirildi.

#ImkonLab

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar ishlari bo‘yicha MDH davlatlari Kengashining 28-majlisi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi

🔰 Yoshlar masalalariga qaratilgan xalqaro Kengashning navbatdagi sessiyasi shu yilning 29-30-aprel kunlari, Toshkent shahridagi "Hilton Tashkent City" mehmonxonasida bo'lib o'tadi.

🔹 Yig'ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, MDH davlatlarining yoshlar bilan ishlash va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha asosiy tashkilotlari vakillari jonli hamda masofaviy tarzda ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Biznes marafon" tadbirkorlikka qiziquvchi Sirdaryolik yoshlarni o'z atrofida jamladi

Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatri hamda Xovos tumani Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida o'tkazilgan tadbirda Hasan, Husan Mamasaidov, Laziz Adhamov, Firuz Allaev, Temurbek Adhamov, Jahongir Po'latov kabi muvaffaqiyatli tadbirkorlar o'z tajribalarini ishtirokchilar bilan bo'lishdilar.

Shuningdek, qatnashchilarni qiziqtirgan tadbirkorlikka oid savollariga javob berib, ularga o'z tavsiyalari bilan berdilar.

#BiznesMarafon

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi