Yoshlar ishlari agentligi
195K subscribers
10.4K photos
1.9K videos
7 files
4.58K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Jasorat, matonat va metin iroda namoyondalari xotirasiga bag‘ishlangan "Shon-sharaf" respublika harbiy festivali o'tkazildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan "Shon-sharaf" respublika harbiy festivali “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida tashkil etildi.

🔸 Faxriylar bilan uchrashuvlar, harbiy parad va ekskursiyalarni o'z ichiga olgan festivalda harbiy xizmatchilar, “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan hamda faol yoshlar, OAV vakillaridan iborat jami 1000 dan ortiq qatnashchilar ishtirok etdi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Ko'cha sporti va madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan "KARDO" loyihasida ishtirok eting

🔰 "KARDO" loyihasi ko'cha madaniyati va san'ati ixlosmandlarini jamlash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyiha bo'lib, Rossiya,Braziliya, Hindiston, Xitoy, AQSh, Ispaniya, Yaponiya, O'zbekiston, Germaniya, Chexiya kabi 35 ta davlatdan iqtidorlarni kashf etishga mo'ljallangan.

🔹 Loyihaning 4-mavsumi shu yilning 19-23-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Pyatigorsk shahrida ko'cha loyihalari (ijtimoiy loyihalar, medialoyihalar, biznes, strit-art loyihalar), ko'cha raqsi (hip-hop, breaking) hamda ko'cha sporti (parkour, freerunning, workout, tricking, skateboarding, bmx, scoot) yo'nalishlarida bo'lib o'tadi.

🛫 Aviareys xarajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.

🏆 G'oliblar pul mukofotlari hamda maxsus statuetkalar bilan taqdirlanadilar.

📩 Ro'yxatdan o'tish👉@yosh_bot

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Biznes marafon" loyihasi respublikamiz bo'ylab o'z safarlarini davom ettiradi

Yosh tadbirkorlarga soha sirlaridan bilim berishga qaratilgan loyihaning navbatdagi sonlari Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarida bo'lib o'tadi.

📩 Tajribali mutaxassislar ko'magida o'z bilimlaringizni mustahkamlash imkonini qo'ldan boy bermang. Hoziroq ro'yxatdan o'ting👉@biznesmarafon_bot

🔹 Loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ma'lumot uchun: "Biznes marafon" loyihasi shu kunga qadar Namangan, Andijon, Farg'ona viloyatlarida o'tkazilgan.

#BiznesMarafon

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Yuqori salohiyatli va bilimli kadrlarni Yoshlar ishlari agentligi o'z safiga chorlaydi!

🔰 Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi va uning tizimiga ishga qabul qilish Davlat fuqarolik xizmatlari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali amalga oshirilishi yo'lga qo'yilgan.

🔖 Ayni paytda quyidagi vakant lavozimlarga tanlov davom etmoqda:

-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi, Urgut tumani bo'lim boshlig'i;

-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Uzun tumani bo'limi Besh tashabbusni muvofiqlashtirish bo'yicha mutaxassis;

-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Farg'ona viloyat boshqarmasi, Dang'ara tuman bo'limi yoshlarga oid dasturlar va loyihalarni amalga oshirish bo'yicha mutaxassis;

-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Farg'ona viloyat boshqarmasi, Toshloq tuman bo'limi yoshlarga oid dasturlar va loyihalarni amalga oshirish bo'yicha mutaxassis;

-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi, Zafarobod tuman bo'limi yoshlarga oid dasturlar va loyihalarni amalga oshirish bo'yicha mutaxassis;

📩 Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar shu yilning 25-aprel sanasiga qadar berilgan havolalar orqali elektron tarzda qabul qilinadi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida xizmat qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga bag'ishlangan "Shon-sharaf" respublika harbiy festivali yuqori saviyada o'tkazildi.

🎞 "G'alaba bog'i"da o'tkazilgan festival to'g'risida batafsil, ushbu videorolik orqali tanishishingiz mumkin.

👁 Youtube orqali ko‘rish

#ShonSharaf

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Xorazm yoshlaridan iborat ekspeditsiya qazishma ishlarini olib bormoqda

🔰Davlat rahbarining viloyatga tashrifi davomida bergan ko'rsatmasiga asosan "Xorazm yoshlari arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi" tarixiy yodgorlikning sharqiy va g'arbiy devorlari yaqinida qazish hamda kuzatish ishlarini olib bormoqda.

🔖 Hozirga qadar ekspeditsiya a'zolari tomonidan miloddan oldingi 11 asrdan miloddan oldingi 3-4 asrlargacha Qal'aning shimoliy devoriga yaqin qismida ark va turar joylar bo'lgani aniqlandi.

📌 Arxeologik o'rganish jarayonlari davom etmoqda.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi uchun e'lon qilingan tanlovda ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyat!

🇺🇿 Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari, tashabbuslari va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi e'lon qilingandi.

🔰 Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari talab va takliflarini inobatga olgan holda tanlovga hujjat qabul qilish muddati 23-mayga qadar uzaytirildi.

📩 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing hamda o'z loyihalaringizni [email protected] elektron manziliga jo'nating.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Yosh kitobxon" tanlovining yakunlagan final bosqichini kuzatishda davom etamiz

📖 Kitobxonlar tanlovining 10-14 yosh toifasi, 2-shart bellashuvlarini O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Videoni tomosha qiling, sahifamizga obuna bo'lishni unutmang.

#YoshKitobxon

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"ImkonLab" innovatsiya va tadbirkorlik loyihasi - Surxondaryoda!

🔰 Loyiha davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlashni istagan 37 nafar yoshga malakali mutaxassislar tomonidan 4 kun davomida trening oʼtkazildi. O'z loyihalarini hakamlar oldida muvaffaqiyatli taqdimot qilgan va eng yuqori ball to'plagan 5 ta loyiha egalari maxsus grant va sertifikatlarni qo'lga kiritdi.

💪 G'oliblarga 1000 AQSh dollari miqdorida boshlang'ich kapital ajratilib, o'z loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun ekspertlar biriktirildi.

#ImkonLab

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi