Yoshlar ishlari agentligi
70.6K subscribers
9.76K photos
1.69K videos
7 files
4.11K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
“Prezident Kubogi” shaxmat musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi

Ayni kunlarda poytaxtimiz Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasi dunyoning eng sara shaxmatchilari ishtirokida navbatdagi nufuzli musobaqa — “Prezident Kubogi”ga mezbonlik qilmoqda.

🏆Umumiy sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etayotgan musobaqada dunyoning kuchli grossmeysterlari bilan bir qatorda, Nodirbek Abdusattarov, Javohir Sindarov kabi mashhur shaxmatchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Bugungi kunga qadar turnirni 7 turi ortda qoldi.

Turnir ikki guruhda o‘tkazilmoqda:

 • A guruhi: reytingi 2250 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar;
 • B guruhi: reytingi 2249 va undan past bo‘lgan shaxmatchilar.

📹 Musobaqa jarayonlarini “Uzchess” YouTube kanali orqali jonli kuzatishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mutolaa” marafonidan katta sovg‘alar!

🔶Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi ijodkorlari tomonidan tashkil qilingan marafonda turli xil sohalarning eng kuchli mutaxassislari bilan yoshlar uchun manfaatli suhbatlar tashkil etilmoqda. Marafonda bir qator yozuvchi, shoir, inflyuyenserlar va o‘zbek siyosatchilari mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Marafonning final suhbati Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev bilan bo‘lib o‘tadi. Suhbatda sizlarni 100 ta kitob va 100 ta “Mutolaa Premium” sovg‘alari kutmoqda!

Suhbat 30-noyabr kuni 19:00 da @mutolaaxona kanalida bo‘lib o‘tadi.

🔥 Eng qizig‘i - loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eng qizg‘in mavzular va yoshlar bilan intervyular: yangi son kanalimizda!

🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining ushbu sonida;

🟢Surxon jamoalari tengsiz!
🟢“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi davom etmoqda;
🟢Talabalar ommaviy yugurish musobaqasida;
🟢Chiqindi muammosi;
🟢Yetakchining lafzi – mahallaning fayzi;

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar #Rivojlanish

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovi

⭐️Jizzax viloyatida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi!

Bu tanlovda mahalla tizimining kelajagini shakllantirayotgan haqiqiy liderlar bir maydonda jam bo‘ldilar. Shahar va tumanlardan kelgan 58 nafar yoshlar yetakchisi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilimlari, tajribalari va kreativ g‘oyalari bilan bellashdilar.

🏆G‘oliblar munosib taqdirlanib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardorlar saylovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida “O‘zbekiston yoshlari forumi 2024” doirasida O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” sardorlar saylovlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazida sardorlar saylovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Bolalar tashkiloti hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan jarayonlarda nomzodlar o‘zlarining “Men sardor bo‘lsam” mavzusidagi taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Taqdimot davomida nomzodlar yoshlar ishtirokida amalga oshirishni reja qilgan tashabbus va loyihalari, shu vaqtgacha erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Saylov yakuniga ko‘ra, 22 ta tuman-shaharlardan kelgan 154 nafar yosh sardorlar orasidan eng iqtidorli 6 ta yo‘nalish sardori va 1 nafar bosh sardor saylandi.

#Yoshlarforumi2024 #Sardorlarsaylovi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Voleybol musobaqasi finalining eng hayajonli lahzalari!

🖐Ayni vaqtda “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2024” doirasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning “Ichki ishlar vaziri kubogi” bo‘yicha voleybol musobaqasi A liga final bosqichi qizg‘in pallaga kirdi.

🏆Bir necha daqiqalardan so‘ng, turnirning eng kuchli jamoasi aniqlanadi va final g‘olibiga kubok topshiriladi.

#Beshtashabbusolimpiadasi #voleybol

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident Kubogi” 3-xalqaro shaxmat musobaqasi yakunlandi

Xabar berganimizdek, mukofot jamg‘armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etgan “Prezident Kubogi” bosh sovrini uchun dunyoning taniqli grossmeysterlari dona surishdi.

🏆Bugun poytaxtimizda turnirning yopilish marosimi o’tkazilib, musobaqa g’oliblari taqdirlandi. Yakuniy natijalarga ko’ra, bosh sovrin Nihal Saringa nasib etdi. Hindistonlik grossmeyster final o‘yinida Nodirbek Abdusattorov bilan durang o‘ynadi va 7,5 ochko bilan mutlaq g’alabaga erishdi. Hamyurtimiz Javohir Sindarov 2-o‘rinni, eronlik Mahsudluu Parham esa 3-o‘rinni band etdi.

Shuningdek, hamyurtlarimizdan Shamsiddin Voxidov (4-o‘rin), Nodirbek Abdusattarov (5-o‘rin), Nodirbek Yakubboyev (6-o‘rin) va Ortiq Nigmatov (7-o‘rin)lar ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM