Yoshlar ishlari agentligi
188K subscribers
10.5K photos
1.93K videos
7 files
4.64K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
JCH-2026 saralashi: Qatar-O‘zbekiston

⚽️Bugun, 14-noyabr kuni futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qatarga qarshi maydonga tushadi.

⏰️O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:15 da boshlanadi. Uchrashuvni “Sport” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

🇺🇿Yigitlarimizga omad tilaymiz! Olg‘a O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Deputatlikka saylangan yoshlar yetakchilari!

✔️ Xabaringiz bor, joriy yil 27-oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur saylovlarda 541 nafar mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘z nomzodlarini ilgari surgan edi. Natijada 2 nafar yoshlar yetakchisi hududiy hamda 117 nafari esa mahalliy Kengashlar deputatligiga saylandi. Yoshlar yetakchilarining bunday yutuqlarga erishishi ularga berilgan ishonch va imkoniyatlarning natijasidir.

🤝Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan ushbu yoshlar yetakchilarini tabriklaymiz! Yoshlar manfaatlarini himoya qilish va ularning rivojlanishiga ko‘maklashish yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Lider yoshlar faoliyati yuzasidan Yoshlar Akademiyasi Assambleyasi

Bugun “UzEkspoMarkaz” milliy ko’rgazma majmuasida “InnoWeek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi Yoshlar Akademiyasi Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Respublikamizning 64 ta oliy ta’lim muassasalarida “Yoshlar Akademiyasi lideri” tizimi tashkil etilgan bo’lib, 2025-yilda yana 21 ta OTM da ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 14 nafar Yoshlar Akademiyasining hududiy liderlari faoliyati ham yo’lga qo’yilgan.

Yoshlar Akademiyasi Assambleyasida oliy ta’lim muassasalari va hududlarda ilmiy innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan takliflar, tashabbuslar va g’oyalar muhokama qilinadi.

👏Tadbir yakunida ilmiy-innovatsion tadbirlar faol ishtirokchilari hamda tanlovlar g‘oliblari munosib taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barakali yerda – barakali hosil!

👥 Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani, Manas mahallasida yashovchi 20 nafar yosh birgalikda katta muvaffaqiyatga erishmoqda. Yoshlar yetakchisi ko‘magida ularga 1 gektardan yer ajratilgan bo‘lib, avvaliga qovun, tarvuz, kungaboqar va mosh kabi turli ekinlarni yetishtirib, yaxshi daromad olishdi.

🥦Birgalikdagi mehnatning natijasini ko‘rgan yoshlar ikkinchi hosil sifatida brokkoli karamlarini ekishdi. Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida bu yerda yetishtirilgan brokkoli karami nafaqat mahalliy bozorlarga, balki Rossiya bozorlariga ham eksport qilinadigan bo‘ldi.

Bu jarayon haqida batafsil ma’lumotni qahramonimiz Dostonbek Qo‘ldoshevdan eshitamiz!

#yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kichkina shahzoda” endi qoraqalpoq tilida!

🗣Antuan de Sent-Ekzyuperining jahonga mashhur “Kichkina shahzoda” asarining o‘zbek tilida hujjatli filmi tayyorlanganini eslaysizmi? Endi esa bu asar yana bir yangi bosqichga ko‘tarildi – u qoraqalpoq tilida ham o‘z ifodasini topdi!

Har bir avlod uchun qadrli bo‘lgan ushbu asar, kattalar va bolalarning qalbini birdek zabt etib, dunyo bo‘ylab 140 million nusxada sotilgan.

🔥Premyera 17-noyabr kuni soat 19:10 da Qoraqalpog‘istondagi “Jaslar TV” hududiy telekanali orqali efirga uzatiladi.

Bu unutilmas premyerani o‘tkazib yubormang va sevimli asaringizning yangi tilida qanday yangrayotganiga guvoh bo‘ling!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar va qonun” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

⭐️Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Yoshlar va qonun” tanlovining respublika bosqichi yakuniga yetdi.

➡️Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani Yoshlar oromgohida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oliy sud, Adliya, Ichki ishlar, Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tanlov yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🏆Eng faol va iqtidorli ishtirokchilar tanlov davomida o‘z bilim hamda mahoratlarini namoyon etib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.

Batafsil: gov.uz/oz/yoshlar/news/view/27673

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Kitob olami majmuasida yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdilar.

Muloqot avvalida Saida Mirziyoyeva Yoshlar ishlari agentligi jamoasi va uning atrofidagi tashabbuskor yoshlarning loyihalari bilan tanishib, ularni qo‘llab-quvvatlashini hamda doimo kuzatib borishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning fikrlari va takliflariga alohida eʼtibor qaratilib, ularni hayotga tatbiq etish hamda kelajakda qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqotlar anʼanaga aylanib, muntazam davom ettirilishi qayd etildi.

Milliondan ortiq talabaning muammolari, tashabbuslari va takliflarini eshitish uchun bunday muloqot platformasi juda zarur edi. Buning uchun Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Saida Mirziyoyevaga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi

🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko’ra Yoshlar ishlari agentligi direktori Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li Oliy Majlis Senati a’zoligiga tayinlandi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbat mahalliy sardorlar sayloviga!

Joriy yilning 18-23-noyabr kunlari mamlakatimizning barcha tuman-shaharlarida “Bolalar harakati” sardorlar saylovining mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu saylovlarning o‘tkazilish manzili va mas’ullari haqidagi ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

➡️ Qoraqalpog’iston Respublikasi;
➡️ Andijon viloyati;
➡️ Buxoro viloyati;

➡️ Jizzax viloyati;
➡️ Qashqadaryo viloyati;
➡️ Navoiy viloyati;

➡️ Namangan viloyati;
➡️ Samarqand viloyati;
➡️ Sirdaryo viloyati;

➡️ Surxondaryo viloyati;
➡️ Toshkent viloyati;
➡️ Farg‘ona viloyati;

➡️ Xorazm viloyati;
➡️ Toshkent shahri.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM