Yoshlar ishlari agentligi
70K subscribers
9.91K photos
1.72K videos
7 files
4.19K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimizdan yuksak natijalar

Fransiyaning Parij shahrida o‘tayotgan XVII Paralimpiya o‘yinlarida hamyurtlarimiz katta yutuqlarga erishishdi.

🥇Asadbek Toshtemirov para taekvondo VT bo‘yicha 80 kilogrammgacha vazn toifasidagi (K44) final jangida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

🥈Shuningdek, Guljanoy Naimova para taekvondo VT bo‘yicha +65.kg vazn toifasidagi (K44) final jangini muddatidan avval yakunlanib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi jami 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega bo‘ldi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥇Delegatsiyamizda 5 ta oltin medal!

Paralimpiya musobaqalarining nayza uloqtirish bahslarida Yorqinbek Odilov 50.32 metr natija bilan 1-o’rinni egallab, navbatdagi oltin medalni qo’lga kiritdi.

🇺🇿Mustaqil O’zbekistonimizga faqat g’alabalar yarashadi!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥇Boburjon Omonov ikki karra Paralimpiya chempioni

Hamyurtimiz Boburjon Omonov Paralimpiya o‘yinlarida yadro uloqtirish (F41) bo‘yicha 14.32 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, sportchimiz 2021-yilda Tokioda o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

“Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy hisobda 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medalga ega bo‘ldi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Kecha Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan Bobur Omonov bilan Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Bobur Omonovni ikki karra paralimpiya chempionidek sharafli nomga sazovor bo‘lgani hamda 2021-yilda o‘zi o‘rnatgan Paralimpiada rekordini yangilagani bilan dildan qutladi.


Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekcha Vikipediyada rekord!

Yoshlar ishlari agentligining “WikiStipendiya” loyihasi rekord natija qayd etdi. O‘zbekcha Vikipediyaning avgust oyidagi tahrirlar soni 306 mingdan oshdi. Bu, jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli maʼlumotlarning ko‘payishi yo‘lidagi katta qadamdir.

🌎Shu bilan bir qatorda, o‘zbekcha Vikipediyadagi tahrirlarning umumiy soni - 5 millionga yetdi.

Aytish joizki, bu natija Vikipediyachilar jamoasining samarali faoliyati va loyihaga bo‘lgan yuksak qiziqishining yorqin dalilidir.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli, kitobsevar yoshlar!

📚 Agar siz ham sevimli asarlarni o‘qib, super sovrin elektromobilni qo‘lga kiritishni istasangiz, shoshiling! “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi yaqin kunlarda start oladi. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📝 Hoziroq @yoshkitobxon_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting!

📑 Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havoladan olishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matbuot anjumaniga taklif etamiz!

🖐 Bugun, soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sportning gandbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Anjumanda Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi va O‘zbekiston gandbol federatsiyasi mas’ullari ishtirok etadi.

Barcha OAV vakillarini matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif etib qolamiz.

#Matbuotanjumani #beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

🖐 Ayni vaqtda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sportning gandbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Anjumanni “O‘zbekiston”, “UzReport” va “Mahalla” telekanallari hamda Agentlikning facebook ijtimoiy sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin

#Matbuotanjumani #beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matbuot anjumani

Bugun, mahalla yoshlari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilayotgan gandbol sport musobaqasini tashkil etish va uni o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

📎Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/20554

📹 Anjumanni video shaklida quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#Matbuotanjumani #beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Bugun — o’yin kuni!

O’zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashidagi
muhim bosqichni boshlaydi.

Bugun, poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida milliy terma jamoamiz KXDR terma jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

🇺🇿O‘zbekiston — 🇰🇵Shimoliy Korea

Yigitlarimizga omad tilaymiz. Olg‘a O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JCH-2026 saralashini g‘alaba bilan boshladik!

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi 1-turi O’zbekiston milliy terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritilgan gol O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa, terma jamoamiz saralash bosqichida ilk 3 ochkoni qo’lga kiritdi.

O‘zbekiston 1:0 Shimoliy Korea

🇺🇿Olg‘a O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tarixiy g‘alabalar!

Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kuni delegatsiyasimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

🥇Sherzod Namozov para dzyudo bo‘yicha 60 kilogrammgacha vazn toifasida gruziyalik raqibi Zurab Zuraiani ustidan g‘alaba qozonib, faoliyatidagi ikkinchi Paralimpiya oltin medalini qo‘lga kiritdi.

🥇Shu bilan birga, para yengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish musobaqasida ishtirok etgan hamyurtimiz Xusniddin Norbekov 16.82 metr natija bilan Paralimpiya rekordini yangiladi va uchinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu rekord avval 2008-yilda Pekinda Guo Vey tomonidan o‘rnatilgan edi. Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

Mazkur natija O‘zbekiston delegatsiyasi medallar hisobini 8 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronzaga yetkazdi. Jami medallar soni esa 17 taga yetdi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekistonda endi zamonaviy kasblarni to‘liq bepulga o‘rgatadigan dastur bor

🤩 “Ustoz AI” mobil ilovasida zamonaviy kasblar bilan fanlarni bepul organishingiz mumkin.

Dasturda bilimingizni mustahkamlash uchun maxsus testlar yeching.

🪙 Testlarni yechib, ballar toplang va peshqadamlar safida boling.

Kursni bitirib, Prezident farmoni asosida davlat dasturiga kiritilgan loyihaning oliy sertifikatini qolga kiriting.

“Ustoz AI” dasturini yuklab oling: telefonga o‘rnatish 📲

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM