Yoshlar ishlari agentligi
206K subscribers
10.3K photos
1.86K videos
7 files
4.52K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Hududiy boshqarma va bo‘lim boshliqlari uchun o‘quv-seminar.

Yoshlar bilan ishlashning kompleks chora-tadbirlarini belgilash, yoshlar siyosatida yangi samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish, mahallalarda yoshlar bilan individual ishlash, yoshlarga oid davlat siyosatini hududlarda bajarilishini tahlil qilish, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini o‘rganish va natijadorligini oshirish maqsadida Bo‘stonliq tumanida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Yoshlar oromgohida start olgan seminarda Agentlikning hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari o‘qitilmoqda. Oromgohning birinchi kunida “Yoshlar bandligi dasturi”ni mahallada amalga oshirish va migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, yoshlar yetakchilari faoliyati, yoshlar murojaatlari, Axborot xavfsizligi va yoshlarni otaliqqa olish bo‘yicha Agentlik markaziy apparati mas’ullari tomonidan o‘quvlar tashkil etildi.

Shuningdek, kun yakunida hududlar o‘rtasida jamoaviy sport musobaqalari ham tashkil etildi.

📎Seminar tafsilotlari bilan keyingi postlarda tanishtirib boramiz!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parijdagi g‘alaba: Mehnat, sabr va irodani namoyon qilgan tarixiy lahza.

🥇🥉Yillar davomida sarflagan mehnat, cheksiz sabr, kuchli ishonch va metin iroda bir kun kelib tarixiy g‘alabalarga yetaklaydi.

O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi aynan shunday mehnatning mahsulini Parij-2024 Olimpiadasida ko‘rdi. Parijdagi qahramonlik o‘zbek sportining yangi sahifasini ochdi va kelajak avlodlarga ulkan ilhom manbai bo‘ldi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Kelajak kasblari” loyihasi orqali natijalarga erishayotgan yoshlar safi kengaymoqda.

💼Bu loyiha haqida deyarli barcha yoshlar juda yaxshi bilishadi, chunki u yoshlarga kasb-hunar va ta’lim olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi kunda loyiha doirasida ingliz tilini chuqur o‘rganib, xalqaro IELTS sertifikatlaridan yuqori ballarni qo‘lga kiritayotgan yoshlar ham talaygina.

Bugun sizlarga poytaxtimizdagi “Cambridge” o‘quv markazida chet tillarini o‘rganib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan yoshlar haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

#kelajakkasblari #ielts

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi rejalar va natijalar sarhisob qilindi.

📰Xabar berganimizdek, Bo‘stonliq tumanida hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari uchun o‘quv-seminar tashkil etilgan. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hududlarda yoshlar uchun tashkil etilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar haqida hududiy boshqarma boshliqlarining takliflari va tashabbuslari bilan tanishdi.

Shuningdek, o‘quv davomida amalga oshirilayotgan ishlarning ijro nazorati, “Yoshlar balansi”, mudofaa organlari bilan tizimli ishlash, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, xorijiy tillarni ommalashtirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishlarida seminarlar tashkil etildi.

Kun yakunida tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari o‘rtasida gandbol sport musobaqasi va osh chempionati tashkil etildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM