Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Mustafoyev Ulug‘bek Mavlonovich Yosh fermerlar bilan uchrashdi
📑Uchrashuv Paxtakor tumanidagi "Anvar-A" fermer xo'jaligida, O‘zbekiston qahromoni Anorboy Eshmatov dala shiyponida tashkil etildi.
⚫️Samimiy o'tgan uchrashuvda 70 nafar yosh fermerlar ishtirok etib, ulardan jami 10 ta taklif va murojaatlar kelib tushdi, shundan 3 ta murojaat joyida hal etildi, qolgan takliflar esa to'liq qo'llab-quvvatlandi.

❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtimiz yoshlari!
⚡️30-iyun – yoshlar hayoti, orzulari va g‘ayratiga bag‘ishlangan kun. Bugungi sana munosabati bilan sizlarni Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Bilim sari intilishdan to‘xtamang – doimo o‘rganing, mehnat qiling va yangilikka chanqoq bo‘lib yashang. Har bir kuningiz izlanish va o‘sishga boy bo‘lsin!
👏Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

🔥1
🇺🇿 Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.
Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.
Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.
Shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.

🌿 Chorvaniki qirq yilda, dehqonniki bir yilda
💸 Javohir Teshayev 21 yoshda. U 50 sotix yerga mosh ekib, undan 40 million so‘m daromad olishni rejalashtirgan.
📹 Batafsil videolavhada

🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yurt kelajagi – ilmli va fidoyi yoshlar qo‘lida!
Sherzod Niyazimbetov — “Kelajak bunyodkori” medali sohibi, qoraqalpog‘istonlik yosh tadbirkor.
U 150 dan ortiq xotin-qizlarni ish bilan ta’minlab, o‘z korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bir qator xorijiy davlatlarga eksport qilib kelmoqda.
⚡️Yangi ruhiyatdan ilhomlanib, bunyod et!

👍1
📣 Eslatma barcha yosh fermerlar uchun!
Hurmatli foydalanuvchilar! Shuni yodda tutingki, ilova orqali olgan daromadlaringizni “Daromad” bo‘limida to‘g‘ri va muntazam kiritib borish juda muhim.
🔍 Nima uchun bu kerak?
✅ O‘zingizning faoliyatingizni tahlil qilish oson bo‘ladi
✅ Biz sizni qo‘llab-quvvatlash uchun aniq statistikaga ega bo‘lamiz
⏰ Har oyning oxirida daromadingizni kiritishni unutmang! Bu – sizning fermer sifatida o‘sishingizga xizmat qiladi!
#YoshFermer #MobilIlova

👏1
Сўровнома №1: ❓✍️
Сиз қайси соҳада фаолият юритасиз?
Сиз қайси соҳада фаолият юритасиз?
Anonymous Poll
9%
Иссиқхонада сабзавот етиштириш
5%
Кўчат етиштириш
46%
Деҳқончилик
19%
Чорвачилик
7%
Боғдорчилик
1%
Ўғитлар ва агрожиҳозлар ишлаб чиқариш ва сотиш
4%
Агроконсалтинг ёки агрономия бўйича хизматлар
7%
Ҳали фаолият бошламаганман
Сўровнома №2❓✍️
Ҳимояланган ерда сабзавот етиштириш бўйича қайси мавзулар сиз учун энг қизиқарли ёки долзарб? (бир нечтасини танлаш мумкин)
Ҳимояланган ерда сабзавот етиштириш бўйича қайси мавзулар сиз учун энг қизиқарли ёки долзарб? (бир нечтасини танлаш мумкин)
Anonymous Poll
16%
Ҳимояланган ерда сабзавот етиштириш технологиялари
18%
Экин экиш схемалари ва нав танлаш
24%
Ўсимликларни касалликлар ва зараркунандалардан ҳимоя қилиш
8%
Энергия ва сув тежовчи технологиялар
6%
Иссиқҳонада микроиқлимни бошқариш
12%
Иқтисодий режалаш ва ҳаражат даромад ҳисоб китоби
6%
Маҳсулотни бозорга чиқариш ва маркетинг
11%
Бошқа (изоҳларда кўрсатинг)
Сўровнома №3: ❓ ✍️
Сиз қайси соҳада ишлайсиз ёки иш бошламоқчисиз?
Сиз қайси соҳада ишлайсиз ёки иш бошламоқчисиз?
Anonymous Poll
23%
Фермер хўжалиги
7%
Қайта ишлаш ёки ишлаб чиқариш
25%
Боғ барпо қилиш
8%
Савдо ва хизмат кўрсатиш
16%
Янги тадбиркорман Ҳали бизнес бошламаганман, режалаштиряпман
22%
Бошқа (изоҳларда кўрсатинг)
Сўровнома №4:❓✍️
Қайси молиявий мавзулар сиз учун долзарб? (бир нечтасини танлаш мумкин)
Қайси молиявий мавзулар сиз учун долзарб? (бир нечтасини танлаш мумкин)
Anonymous Poll
16%
Бизнесда молияни тўғри юритиш
19%
Шахсий маблағлар билан бизнес маблағларини ажратиш
9%
Бизнесингиз фойда беряптими - қандай аниқлаш мумкин?
12%
Ҳаракат ва даромадларни режалаштириш
14%
Кредит ва қарзларни оқилона ишлатиш
9%
Бир мавсум/йил учун молиявий режа тузиш
14%
Солиқ ва ҳисобот бўйича асосий тушунчалар
7%
Бошқа (изоҳларда кўрсатинг)
O‘zbekiston FAO Kengashiga saylandi
O‘zbekiston tarixda ilk bor BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Kengashiga 2028–2029 yillar uchun a’zo sifatida saylandi. Bu mamlakatning global qishloq xo‘jaligi siyosatdagi o‘rni kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.
Batafsil https://vaqt.uz/?p=8187
Web| Telegram | Facebook | Instagram |YouTube

❗️2026 yildan QR-kodsiz urug‘lar importi taqiqlanadi
2026 yil 1 yanvardan boshlab QR kod bilan yorliqlanmagan qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini import qilish taqiqlanadi.
Urug‘lar, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazining ijobiy xulosasiga ega bo‘lishi shart.
Prezident qaroriga ko‘ra, yangi talablarga amal qilmagan tadbirkorlar 150 BHM (bazaviy hisoblash miqdori) miqdorida jarimaga tortiladi.

👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda Samarqandda Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va yana bir necha viloyatdan kelgan qishloq xo‘jaligi tadbirkorlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tyapti. Bu gal davra alohida toifadagi ishbilarmonlar — yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchilar atrofida qurilgan.
Qishloq xo‘jaligi faqat yer emas, ish o‘rinlari, ichki bozor, eksport va infratuzilma bilan bog‘liq butun tizim degani. Shu sababli bunday muloqotlar, uchrashuvlar juda muhim.
Jonli efir

🔥4
LCOY Uzbekistan 2025 – Nukusda yoshlar uchun 3 kunlik iqlim konferensiyasi: barcha xarajatlar qoplanadi
Ushbu konferensiyada 16-30 yoshli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin. Konferensiya 2025-yil 27–29-avgust kunlari Nukus shahrida boʻlib oʻtadi.
Jami 100 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.
Manfaatli jihatlar:
– 2025-yil 26–30-avgust kunlari uchun Nukusda turar joy taʼminlanadi
– Yo‘l xarajatlari qoplanadi
– Bepul oziq-ovqat taʼminlanadi
– Panel muhokamalari, masterklasslar, interaktiv sessiyalar
– Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoniga tashrif
– BMT, xalqaro tashkilotlar, mahalliy hokimiyatlar va yoshlar harakati vakillari bilan netvorking
Arizalar 2025-yil 27-iyulgacha qabul qilinad.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/lcoy-uzbekistan/

Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari
💧Suv tejovchi zamonaviy sug‘orish texnologiyalari tarkibiga tomchilatib, yomg‘irlatib va diskret sug‘orish tizimlari kiradi.
💧Tomchilatib sug‘orish tizimi – bu qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda o‘simlik ildiziga uning ehtiyojiga mos miqdordagi suvni yetkazib beradigan sug‘orish usulidir.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/68408

🍑 O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan
🗓 O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 10,6 mln dollariga teng bo‘lgan 6 832 tonna quritilgan o‘rik eksport qilgan.
📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan.
⤴️ 5 oyida eng ko‘p quritilgan o‘rik eksport qilgan davlatlar:
🇰🇿 Qozog‘iston – 1 792 tonna
🇨🇳 Xitoy – 1 078 tonna
🇹🇷 Turkiya – 1 023 tonna
🇷🇺Rossiya – 902 tonna
🇧🇾 Belarus – 487 tonna
Boshqa davlatlar – 1 550 tonna

O‘zbekistonda yirik mevali qovoq yetishtirishda AQSH tajribasi
Taqdimotda O‘zbekistonda yirik mevali qovoq yetishtirish madaniyati va agrotexnologiyasi, iqlim sharoitiga mos navlarni tanlash, tuproq va suv rejimi, urug‘ ekish masofalari hamda samarali agrotexnik tadbirlarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi. Professor Uolters o‘z ma’ruzasida Big Max, Atlantic Giant va Mammoth Gold kabi katta hajmli navlarni O‘zbekiston sharoitida yetishtirish imkoniyatlarini alohida ta’kidladi.
Doktor Alan Uolters va tadbir ishtirokchilari o‘rtasida faol savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Savollar, asosan, yirik qovoq navlarini mahalliy sharoitga moslashtirish, tuproq tahlili va suv ta’minotidagi muammolar hamda seleksiyaning istiqbolli yo‘nalishlariga qaratildi.

❤2🔥2
🇺🇿🍈🇸🇪 O‘zbekiston Shvesiyaga “Torpedo” va “Obi-Navvot” qovunlarini eksport qilishni boshladi!
EastFruit ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda poliz maydonlari qisqarganiga qaramay, qovun eksporti kengayishda davom etyapti.
✔️ FERGANA EXIM AGRO kompaniyasi Shvesiyaga ikki marotaba yangi qovunni muvaffaqiyatli yetkazib berdi.
✔️ Eksport qilingan qovun navlari — "Torpedo" va "Obi-Navvot".
✔️ 2 haftalik logistikaga qaramay, sifat yo‘qolmadi — shved xaridori darhol yana 20 tonna buyurtma qildi!
Kompaniya rahbari Yorqin Inamov bu bozor kelajakda Yevropa uchun eng istiqbolli yo‘nalishga aylanishidan umidvor.
💰 Foyda qancha?
Shvesiyada qovunning chakana narxi ≈ 30 kron
➡️ taxminan 2,7 yevro yoki $3,1
O‘zbekistonda fermerdan sotib olish narxi esa bor-yo‘g‘i $0,20 (20 sent)
📌 Farqni tasavvur qildingizmi?
➡️ Qovun-tarvuz ekadigan tanishlarga yuborib qo‘ying

❤1👍1