“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
25.8K subscribers
7.66K photos
3.08K videos
123 files
9.12K links
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!

Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz


✉️ https://[email protected]
☏ +998712074012
Download Telegram
Assalomu alaykum.

Yangi kun muborak bo'lsin. Sizlarga yaxshi kayfiyat va ishlaringizda unum tilaymiz.!
#BUGUN
18
- dekabr 2020 yil, juma. Kalendat bo'yicha 353 - kun. Yil tugashiga 13 kun qoldi.

BAYRAMLAR:
✈️ Xalqaro migrantlar kuni.
📕 Xalqaro arab tili kuni.
🇧🇷 Braziliya - Maffin kuni.
🇮🇷 Eron - Islom universitelari va o‘quv yurtlari birlashishi kuni.
🇶🇦 Qatar - Milliy kun.
🇳🇪 Niger - Respublika kuni..
🇰🇬 Qirg'iziston - Sug'urta bozori ishchilari kuni.
🇲🇩 Moldova - Politsiya kuni.
🇷🇺 Rossiya - ZAGS organlari xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Ichki ishlar organlarining ichki xavfsizlik bo'linmalari kuni.

TARIXDA
BUGUN :
- 1833 - Rossiyaning madhiyasi - "Xudo podshohni saqlasin!" birinchi marta ijro etildi.
- 1865 - AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan 13-tuzatish qullikni bekor qildi.
- 1876 - Rossiyada birinchi siyosiy namoyish Sankt-Peterburgda bo'lib o'tdi.
- 1892 - Chaykovskiyning “Qarsildoq” (Щелкунчик) baleti premyerasi.

BIZ BILAN YUKSALING
📚
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Xorazmda "Yoshlar haftaligi" START oldi

❗️ Xorazm viloyatidagi barcha shahar va tumanlarda 18-dekabrdan 24-dekabrga qadar "Yoshlar haftaligi" bo'lib o'tadi.

Haftalik doirasida turli sport musobaqalari, madaniy dasturlar, tanlovlar va ko'rgazmalar, mehnat yarmarkalari va xayriya dasturlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

SIZ HAM ALBATTA ISHTIROK ETING❗️

❗️"Yoshlar haftaligi" — yoshlar kelajagi uchun!

MUVAFFAQIYAT BIZ BILAN UZOQDA EMAS
🏆
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#BIZNESBILIM
❗️Zara
brendini bilsangiz kerak, bu brend asoschisi Amansio Ortega haqida.
❗️Boyligi 2020-yil 10-oy talqiniga ko'ra $60.3 mlrd dollar bilan Dunyoning eng badavlat odamlari orasida 6- o'rinda.
❗️1960-yillarda Amansio do'konga menejer bo'lib ishga kirdi.
❗️Zara-ning birinchi chet eldagi do'koni 1988-yilda qo'shni Portugaliyaning Portu shahrida ochilgan. 1989-yilda Zara do'koni Nyu-Yorkda, 1990-yilda - Parijda paydo bo'ldi. Va birinchi do'kon ochilgandan 10 yil o'tgach, Amansio Ortega ishlab chiqarish va savdo xoldingini yaratdi - Industria de Diseno Textil Sociedad Anonima (Inditex), u 1990-yil oxiriga kelib Gap (AQSh) va H&M (Hennes & Maurits) dan keyin ikkinchi o'rinda turdi.
👉🏽BATAFSIL📖

BIZ BILAN BIZNES OLAMINGIZNI BOSHQARING
💻☎️
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi va hamkor tashkilotlar bilan birga Jizzax viloyatining Do'stlik tumanida 100 nafar yosh tadbirkor hamda tadbirkor bo'lish istagini bildirgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
My business loyihasining navbatdagi sonida yosh tadbirkor Umidjon Malikovning hayotiy tajribasi bilan tanishing!
#logika

1975 yilda Nestle kompnaiyasi o‘z mahsulotlari bilan Yaponiya bozoriga kirib borishga qaror qiladi. Narxning arzonligi, reklamaning kuchaytirilishiga qaramay kofe Yaponiya bozorida o‘z o‘rnini topaolmadi. Sababi choy har doim yapon xalqining milliy va an’anaviy ichimligi sifatida qadrlanar edi. Shunda Nestle kompaniyasi yapon xalqining kofega bo'lgan talabi va muhabbatini oshirishning ajoyib usulini qo'llaydi. Yillar o'tib kofega bo'lgan talab oshib boradi va Nestle Yaponiya bozorida yetakchiga aylanadi.

Diqqat savol! Nestle Yaponiya xalqini kofe iste'mol qilishga o'rgatish uchun qanday usuldan foydalanadi?

Izohda birinch bo'lib to'g'ri javobni qoldirgan ishtirokchi Brayan teysining "Samaradorlikning 21 yo'li" kitobi bilan taqdirlanadi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar !

Ajoyib, yangi tong siz bilan. Bugungi kun sizga omad va baxt olib kelsin, bugungi kuningiz va hayotingiz kechagidan albatta yaxshi bo'ladi !
#BUGUN
19-dekabr 2020-yil, shanba. Kalendar bo'yicha 354 -kun, yil tugashiga 12 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

🍞 Xalqaro qashshoqlarga yordam kuni.
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angilya - Milliy qahramonlar kuni.
🇧🇾 Belarussiya - Travmatizmni profilaktika qilish kuni.
🇮🇳 Hindiston - Goa ozod qilingan kun.
🇺🇦 Ukraina - Advokatura kuni..
🇷🇺 Rossiya - Harbiy kontrrazvedka qo‘shinlari kuni.

TARIXDA BUGUN :

📗 1154 - Genrix II Vestminster Abbeyida taxtga o'tirdi.
📗 1783 — Uillyam Pitt 24 yoshida Birlashgan Qirollik Bosh vaziri boʻldi.
📗 1863 - Angliyalik Frederik Uolton linoleumni patentladi.
📗 1917 - Kanada milliy xokkey ligasining birinchi muntazam chempionati boshlandi.
📗 1961 - Hindiston Goa shtatini qoʻshib oldi.
📗 1965 - Sharl de Gol Fransiya prezidenti etib saylandi.
📗 1972 - "Apollon 17" kosmik kemasining ekipaji Oy ekspeditsiyasidan Yerga qaytishdi.
📗 1983 - Rio-de-Janeyroda sport olamida "asr o'g'rirligi" deb nomlangan jinoyat sodir etildi.
📗 1984 — Buyuk Britaniya va Xitoy Gonkongni Xitoyga qoʻshish haqida shartnoma tuzdilar.
📗 1991 - Eng oxirgi “Qizil yulduz” ordeni egasiga topshirildi.
📗 1997 — XX asrning eng daromadli filmi — "Titanik" katta ekranga chiqdi.
📗 2010 — Belarusda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida Aleksandr Lukashenko yana g‘olib chiqdi.
📗 2017 - Lakota qabilasi faollari mustaqil Lakota Respublikasi tuzilganini e‘lon qilishdi.

MASHHURLAR

- 1852 - Albert Avraxam Maykelson (1931) - Amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1907).
- 1906 - Leonid Brejnev (1982) - sovet davlat arbobi va siyosatchisi, SSSR rahbari (1964-1982).
- 1913 - Nikolay Amosov (2002) - Sovet va ukrain kardiologi, yozuvchi, akademik.
- 1915 - Edit Piaf (1963) - fransuz qo'shiqchisi va aktrisasi.
- 1933 - Farhod Musajon - bolalar yozuvchisi.
- 1933 - Galina Volchek (2019) - sovet va rus aktrisasi, rejissyor, pedagog, SSSR xalq artisti.
- 1944 - Anastasiya Vertinskaya - sovet va rus teatr va kino aktrisasi, RSFSR xalq artisti.
- 1964 - Boris Jonson - Buyuk Britaniya bosh vaziri.
- 1987 - Karim Benzema - Real Madrid futbolchisi, Fransiya MTJ

BIZ BILAN YUKSALING
Assalomu alaykum
xayrli tong azizlar.!

Har kuningizni, ijobiy fikrlardan boshlang: "Bugun men omadli insonga aylanaman", men uyg'ondim, demak menda imkoniyat ko'p.   Men tirikman, menda qimmatbaho inson hayoti bor va uni behuda sarf qilmayman.   Men butun kuchimni ichki rivojlanishga yo'naltiraman,   Boshqalar uchun yuragimni ochaman  va barcha insonlar uchun ma'rifatga erishaman.   Men faqat boshqalar haqida yaxshi fikrlarga ega bo'laman.   Men g'azablanmayman yoki ular haqida yomon o'ylamayman.   Men boshqalarga foyda keltiraman !

SIZ BUYUK TARIXINGIZNI BUGUNDAN YOZASIZ
#BUGUN
20-dekabr 2020-yil, yakshanba.

BAYRAMLAR:

 Xalqaro birdamlik kuni.
👮‍♂Xalqaro xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
🇦🇲 Armaniston, 🇧🇾 Belarussiya, 🇰🇬 Qirg‘iziston - Davlat va milliy xavfsizlik organlari xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Davlat xavfsizlik organlari xodimlari kuni.
🇲🇴 Makao - Tashkil topish kuni.
🇲🇲 Myanma - Bo Aung Kyau talabalar kuni.
🇵🇦 Panama - Milliy motam kuni.
🇷🇪 Reyun’on - Qullikni bekor qilish kuni.
🇲🇾 Malayziya, Johor - Sultonning tug‘ilgan kuni.
🇮🇹 Italiya - Pochta markalari kuni.
🇮🇳 Hindiston - Dehli shahrida Ko‘cha ovqatlari festivali bayrami (22-dekabrgacha).

TARIXDA BUGUN :

📗- 1408 - Xon Edigey Moskvadan chekindi, Rusga so‘nggi yirik bosqinning tugashi.
📗- 1522 - Usmonlilar Rodos qal’asini egallashdi.
📗- 1658 — Valyesar shartnomasi.
📗- 1699 - Pyotr I o'zining farmoni bilan Yangi yilni nishonlashni 1 sentyabrdan 1 yanvarga ko‘chirish haqida farmon chiqardi.
📗- 1828 - Kanada Rossiya bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi.
📗- 1979 - Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qildi.
📗- 1917 — Butunrossiya sabotaj va kontrrevolyutsiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi (ВЧК) tashkil topdi.
📗- 1938 - SSSRda mehnat daftarchasi joriy qilindi.
📗- 1958 - Moskvada Feliks Dzerjinskiy haykali ochildi.
📗 - 1987 - Filippinda „Donya Pas“ paromi halokatga uchradi, 4375 kishi halok boʻldi.
📗- 1989 - AQSh qo‘shinlari Panamaga bostirib kirishdi.
📗- 1999 - Portugaliya Makao orolini Xitoyga topshirdi.
📗- 2000 - Tibbiy maqsadlar uchun klonlashtirish Buyuk Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlandi.
📗- 2019 - AQShda Tramp tashabbusi bilan Pentagon koshmik qo‘shinlarni faollashtirdi.

TAVALLUDLAR:

- 1629 - Piter De Xox (1685) - golland rassomi, portretchi.
- 1841 - Ferdinand Byuisson (1932) - fransuz pasifisti, Nobel mukofoti sohibi (1927).
- 1873 - Mehmet Akif Ersoy (1936) - turk yozuvchisi va shoiri, Turkiya madhiyasi matni muallifi.
- 1891 - Mariya Skobsova (1945) - rus shoirasi, yozuvchi, jamoat arbobi, rohiba.
- 1896 - Rahim Pirmuhamedov 1972) - aktyor, O‘zbekiston xalq artisti (1948), SSSR xalq artisti 1967).
- 1898 - Aleksey Balandin   (1967) - Rossiyada kataliz sohasidagi maktab asoschisi.
- 1917 - David Jozef Bom   (1992) - iqtidorli fizik.
- 1922 - Dovidova Berta (2007) - xonanda, maqom yo'llari mohir ijrochisi, Ozbekiston xalq artisti (1964).
- 1963 - Yelena - ispan malikasi, qirol Xuan Karlos I ning katta qizi.
- 1973 - Vasiliy Slipak (2016) - ukrain opera qo‘shiqchisi, Parij milliy operasining solisti.
- 1998 - Kilian Mbappe - fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).
LG Electronics lnc. Siz kutgan qiziqarli ma’lumotlar.

​​​​​​​​​​• LG Electronics Inc. - Janubiy Koreya kompaniyasi, dunyodagi eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchilaridan biri. LG Group konglomeratining bir qismi. LG Electronics kompaniyasining bosh ofisi 95 ta mamlakatda 120 ta vakolatxonasi boʻlgan Koreya Respublikasining Seul shahrida joylashgan. 2010-yil holatiga koʻra kompaniyada 90578 nafar ishchi boʻlgan. 2010-yilga kelib kompaniyaning umumiy tovar aylanmasi 48,2 milliard dollarni tashkil etdi.

• LG Electronics tashkil topgan sana LG Group konglomerati tarkibidagi birinchi kompaniya - Lak Hui Chemical tashkil etilgan sana hisoblanadi. Kompaniyaning birinchi mahsulotlari - bu Lucky deb nomlangan tish pastasi va yuz kremi.

• 1958-yil 1-oktyabr - Lak Hui Chemical Goldstar kompaniyasiga asos solingan. Shu vaqtdan boshlab kompaniya elektr jihozlari va maishiy texnikalarni loyihalash va ishlab chiqarish bilan shugʻullanishni boshladi.

• 70-yillarning oxiri - GoldStar yarimoʻtkazgich ishlab chiqarishga sarmoya kiritdi, bu keyinchalik kompaniyaga oʻz mikrosxemalarini ishlab chiqarishni boshlashga imkon berdi. AT&T, NEC, Siemens va Hitachi bilan ilmiy-tadqiqot va hamkorlik boʻyicha shartnomalar imzolandi.

• 1980-GoldStar oʻz mahsulotlarini chet elga eksport qilishni boshladi va shu bilan jahon bozorida Koreyaning maishiy elektronika boʻyicha birinchi kompaniyasi boʻldi.

• 1994-yilda LG Electronics direktorlar kengashi brendning ijtimoiy siyosati masalalarida yana bir ustuvor yoʻnalishni belgilab berdi - sport tadbirlarini qoʻllab-quvvatlash va homiylik qilish.

• 2010-yildan boshlab LG Electronics: Formula 1 poygalarining bosh texnik hamkori, mashina va jihozlarni yetkazib beradi, shuningdek poygalarni tashkil qilishda texnik koʻmak beradi. FIS Jahon kubogining doimiy hamkori va homiysi - har yili dunyoning 15 mamlakatida oʻtkaziladigan qishki sport turlari boʻyicha eng yirik xalqaro chempionat. Kriket boʻyicha Jahon chempionatining rasmiy homiysi va ICCning bosh hamkori va ICC tadbirlarining homiysi. AQSh taʼlim muassasalari oʻrtasida har yili futbol va basketbol chempionatlarini tashkil etuvchi Shimoliy Amerika sport assotsiatsiyasi - NCAAning hamkori.
COPA America homiysi va hamkori - Janubiy Amerikaning eng qadimiy va eng yirik futbol chempionati.

• Forbesning Global 2000 roʻyxatida 1142-oʻrinda.

• Bozor qiymati 8.9 mlrd dollar.

BIZ BILAN MUVAFFAQIYAT UZOQDA EMAS 🏆
#BUGUN
21-dekabr 2020-yil, dushanba

Bayramlar:

🇷🇺 Rossiyada rieltorlik kuni
🇹🇲 Turkmanistonning birinchi Prezidenti Saparmurod Niyozovni xotirlash kuni

Tarixda bugun

📗 1846 - Shotlandiyalik jarroh Robert Liston Yevropada birinchi marta jarrohlik operatsiyasi paytida narkozdan foydalandi va bemor Jeyms Cherchillning sonini kesib tashladi.
📗 1898 yil - Pyer va Mari Kyuri radiyni kashf etdilar.
📗 1913 yil - Artur Vinning birinchi 32 so'zli krossvordi Nyu-York gazetasida chop etildi.
📗 1937 yil - Gollivudda birinchi to'liq metrajli "Oppog‘oy va yetti gnom" multfilmining premyerasi bo'lib o'tdi. 83 daqiqalik lentada 750 nafar rassom ishladi.
📗 1975 yil - Ilyich Ramires Sanches (Karlos yoki Shokal nomi bilan tanilgan) boshchiligidagi arab terrorchilari tashkilot sessiyasi bo'lib o'tayotgan Venadagi OPEKning qarorgohini egallab olishdi.
📗 1988 yil - dunyodagi eng katta operatsion samolyotning prototipi bo'lgan An-225 Mriya o'zining birinchi parvozini amalga oshirdi.
📗 1991 yil - MDHni tashkil etish to'g'risida Olma-Ota deklaratsiyasi imzolandi (Ukraina, Rossiya, Belorusiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston rahbarlari tomonidan).

MASHHURLAR

- 1682 - Jek Rakxem - ingliz qaroqchisi va 18-asr boshidagi kontrabandachi
- 1773 - Robert Braun - Britaniyalik botanik, uning nomi Brauniya harakati deb nomlangan
- 1879 - Iosif Stalin - Sovet davlat arbobi va harbiy rahbar, SSSR rahbari (1924-1953)
- 1896 - Konstantin Rokossovskiy - Sovet harbiy yetakchisi, Sovet Ittifoqi Marshali
- 1900 yil - Vsevolod Vishnevskiy - Sovet dramaturgi, nasriy yozuvchisi, jurnalist, urush muxbiri
- 1917 - Geynrix Belle - nemis yozuvchisi, tarjimon, Nobel mukofoti sovrindori
- 1921 - Augusto Monterroso - Gvatemala yozuvchisi
- 1937 - Jeyn Fonda - amerikalik aktrisa, model, yozuvchi, jamoat arbobi
- 1940 - Frank Zappa - amerikalik bastakor, gitara chaluvchisi, qo'shiqchi

BIZ BILAN BILIMINGIZNI OSHIRING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HUDUD

Reportaj 24| Navoiy viloyati "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi filiali tomonidan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda Jamg'armadan imtiyozli kredit olib, o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan yosh tadbirkorlar va ularning yutuqlari bilan tanishing
!

UNUTMANG! BUNDAY IMKONIYAT SIZDA HAM MAVJUD

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#BIZNESBILIM
O‘zingni va dunyoyingni o‘zgartirishga qodirmisan?!

❗️Hayotda dunyoqarashning o‘zgarishidan kuchliroq narsa yo‘q. Sen sochlaringning rangini, kiyinish usulingni, manzilingni, fuqaroligingni va hatto xotiningni ham almashtirishing mumkin. Lekin sening fikrlashing o‘zgarmasa, atrofda sodir bo‘layotgan voqealar qaytarilaveradi. Chunki nimaiki o‘zgargan bo‘lsa, uni shunchaki tashqi ko‘rinishi o‘zgargan, xolos. Ayni damda sening ichingdagi hamma narsa eski holicha qolgan bo‘ladi.

❗️Do‘stim, seni baxtli qilishi mumkin bo‘lgan yagona narsa bu – doimo bir pog‘ona yuqoriga qadam tashlashdir. Bu — sen nimalarga qodir ekanligingni his qilish tuyg‘usi.

❗️Agar nimadir xohlasang, sen o‘zingga nisbatan rahmsiz, beshafqat shaxsga aylanishing kerak. Topqir bo‘lishni o‘rgan, g‘oyalar yarat. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, insoniylikni yo‘qotma. Cho‘kib ketmaslik uchun o‘zingda kuch top. Bu g‘oliblarning sifati.

✏️
BATAFSIL O'QING📖

BIZ BILAN MUVAFFAQIYAT UZOQDA EMAS
🏆
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1987-yilgacha bu ichimlik savdosi juda past bo'lib, Yevropa bozorida o'z o'rnini topa olmagan edi. Bu paytda salqin ichimliklar bozorida Coca-cola, Pepsi kabi gigantlar bilan raqobatlashish juda qiyin edi. Shunda bu kompaniyaning marketolog va dizaynerlari ajoyib yangilikni amalga oshiradi. Ya'ni bu mahsulot auditoriyasini yoshlar tashkil qilishini anglagan holda mahsulotni yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida mahsulotni batareyka shaklidagi idishda chiqara boshlaydi va mahsulot narxini ikki barobarga oshiradi. Natijada bu ichimlik dastlab Yevropa keyin AQSh va butun dunyo bozorlarini egallaydi!

Diqqat savol!!!
Yuqoridagi muvaffaqiyatli marketing tarixi qaysi brendga tegishli va uning asoschilari kimlar?

Ushbu savolga birinchi bo'lib to'g'ri javob yo'llagan ishtirokchiga Robert Kiyosakining "Boy ota, kambag'al ota" va Mark Mensonning "Beparvolikning nozik san'ati" kitoblari bilan taqdirlanadi!