Toshkent viloyati yoshlari
1.97K subscribers
9.39K photos
1.95K videos
41 files
4.36K links
Toshkent viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi.

❗️Muammo bormi, shu yerga yozing 👉 @Yoshlar_murojaat_Tosh_vil_bot 👈
Download Telegram
DXX kubogi chorak final uchrashuvlari yakunlandi

🖐 Avval xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o’tkazilayotgan futbol bo’yicha “DXX kubogi” chorak final uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

🏆Natijalari bilan tanishing

Qashqadaryo 1 : 0 Toshkent sh.

Farg’ona 0 : 2 Jizzax

Toshkent vil. 4 : 2 Sirdaryo

Andijon 1 : 0 Navoiy


Ertaga yigit-qizlarimizni bundan-da hayajonli o‘yinlar kutmoqda. Bizni kuzatishda davom eting!

#beshtashabbusolimpiadasi #dxxkubogi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar uchun yangi imkoniyat!

🖐 Mahalla yoshlari uchun keng imkoniyatlar yaratgan “Besh tashabbus olimpiadasi” da yana bir yangilik. Endilikda sportning gandbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqalar joriy yilning sentabr-noyabr oylari davomida 3 bosqichda tashkil etiladi.

⚡️G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi va mahallasiga sport obyekti qurib beriladi.

📝Musobaqalarda ishtirok etish uchun www.5tashabbus.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘ting va mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qiling.

📎 Musobaqa nizomi

Shoshiling, jamoangizni to‘plang va g‘alaba sari ilk qadamni qo‘ying!

#beshtashabbusolimpiadasi #gandbol

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matbuot anjumani

Bugun, mahalla yoshlari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilayotgan gandbol sport musobaqasini tashkil etish va uni o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

📎Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/20554

📹 Anjumanni video shaklida quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#Matbuotanjumani #beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Shashka musobaqasining Respublika final bosqichi boshlandi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan shashka musobaqasining so‘nggi respublika bosqichi Toshkent viloyatida start oldi. Musobaqalar 5 bosqichda o‘tkazilib, butun respublika bo‘ylab 300 mingdan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

Finalda musobaqalarida o‘g‘il va qizlar bolalar 3 yosh toifasida – A, B, C ligalarda kuch sinashadi.

Toshkent viloyati mezbonlik qilayotgan musobaqada har bir hududdan 18 nafar jami 252 nafar yosh g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Jarayonlarni kuzatamiz, g‘oliblik esa qaysi hududga nasib qilishini tez orada bilib olamiz!

#beshtashabbusolimpiadasi #Shashka

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
#beshtashabbusolimpiadasi

🖐"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida kurash musobaqalari o'tkazildi

Oqqoʻrgʻon tumani 2-sektor hududida 🖐"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning kurash turi boʻyicha musobaqalarning tuman bosqichi oʻtkazildi.

9 ta vazn toifasida tashkil etilgan musobaqada gʻolib boʻlgan yoshlar musobaqaning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi hamda tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

https://t.iss.one/yiatvboshqarma
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avval xabar berganimizdek, hududlarda mahalla yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport musobaqalari, tanlov hamda intellektual o‘yinlar keng qamrovda tashkil etilmoqda.


🥋Bo’stonliq tumanida tashkil etilgan kurash musobaqasining tuman bosqichi tafsilotlari bilan yuqoridagi videolavhada tanishing👆

#beshtashabbusolimpiadasi

https://t.iss.one/yiatvboshqarma
#beshtashabbusolimpiadasi

💫Olmaliq shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha "Bosh prokuror kubogi" musobaqalarining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

9 ta vazn toifasida tashkil etilgan musobaqada gʻolib boʻlgan yoshlar musobaqaning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi hamda tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

https://t.iss.one/yiatvboshqarma
#beshtashabbusolimpiadasi

🖐"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida kurash musobaqalari o'tkazildi

Boʻka tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning milliy kurash turi boʻyicha musobaqalarning tuman bosqichi oʻtkazildi.

9 ta vazn toifasida tashkil etilgan musobaqada gʻolib boʻlgan yoshlar musobaqaning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

https://t.iss.one/yiatvboshqarma
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NoComment

🤾‍♀️ Gandbol musobaqalarining final bosqichi qizg‘in davom etmoqda

#Beshtashabbusolimpiadasi #Gandbol

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar forumi-2024” doirasida o’tkazilgan "Yosh musavvir" tanlovining Respublika bosqichidan lavha.


#Yoshlarforumi2024 #Beshtashabbusolimpiadasi

https://t.iss.one/yiatvboshqarma
Medallar poygasida qaysi hudud yetakchi?

🖐Millionlab yoshlarning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqargan “Besh tashabbus olimpiadasi” tanlovining Respublika bosqichlari o‘z yakuniga yetdi. Yil davomida 27 ta yo‘nalish bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bilim va iste’dodlarini namoyish etdilar.

Tanlov yo‘nalishlari:

• Madaniyat tanlovlari: 5 ta;
• IT tanlovi: 1 ta;
• Sport musobaqalari: 14 ta;
• Kitobxonlik tanlovlari: 2 ta;
• Kasb tanlovlari: 5 ta.


🏆Final natijalariga ko‘ra, qaysi hudud medallar reytingida yetakchi ekanini quyidagi infografikamiz orqali bilib oling!

👏Yoshlarimizning muvaffaqiyatlarini kuzatib boring va o‘z hududingizni qo‘llab-quvvatlang!

#beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖐Qadrli yoshlar! Siz kutgan kun keldi!

🖐 Mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumida ishtirok etishga tayyormisiz? Unda joriy yilning mart – noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan tanlov, loyiha va sport musobaqalarida faol ishtirok eting!

Olimpiada doirasida:


❗️Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun “Adaptiv” sport turlaridan musobaqalar tashkil etiladi. Olimpiada doirasidagi tanlov va loyihalar 10-martdan boshlanadi!

👤 Ishtirok etish uchun: 5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting!

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Olimpiadaning ilk musobaqasi — Shashka!

🖐 Joriy yilning 11-13-mart kunlari “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shashka musobaqasining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tadi! Aql, strategiya va mahorat maydonida o‘z hududingiz, tuman-shaharingiz hamda #mahallangiz sharafini himoya qilishga tayyormisiz?

➡️Quyidagi havola orqali musobaqa manzillari va vaqtlarini bilib oling: HAVOLA

Olimpiadada ishtirok etish uchun hoziroq: 5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting!

#BeshTashabbusOlimpiadasi #Shashka #mahalla

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yosh musavvirlar, shoshiling!

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh musavvir” tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

Hozirga qadar 300 mingdan ortiq yosh tanlovda ishtirok etish istagini bildirdi.

📝Hoziroq 5tashabbus.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting.

Tanlovning tuman bosqichi joriy yilning 24-25 mart kunlari bo‘lib o‘tadi!

Eslatib oʻtamiz, tanlovning umumiy sovrin jamg‘armasi 200 million so‘m!

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Finalga tayyormisiz? Prezident sovg‘asi kimga nasib qiladi?

📚Millionlab kitobxonlarimizni bir maydonda jamlagan “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi respublika final bosqichi 24-31-mart kunlari Andijon viloyati, Marhamat tumani “Yoshlar kutubxonasi”da o’tkaziladi.

⚡️Finalda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kitobxon yoshlar quyidagi 5 ta shart bo’yicha o‘zaro bellashadilar.

1. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti;
2. “Tezkor savol-javob” sharti;
3. “Buyuk mutafakkir va adib” sharti;
4. “She’riyat” sharti;
5. “Kvest” sharti.


🏆Tanlovning respublika bosqichida 1-o‘rin g‘oliblari – Prezident sovg‘asi “Chazor” elektromobili, 2-o‘rin g‘oliblari – 75 mln so‘mdan, 3-o‘rin g‘oliblari – 50 mln so‘mdan, qolgan ishtirokchilar 10 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Final bosqichi 👉 ishtirokchilar ro‘yxati

#Yoshkitobxon #Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident sovg’asi o’z egasiga topshirildi

📚 Bugun, Andijon viloyatining Marhamat tumanida “Yosh kitobxon” tanlovi respublika final bosqichining 10-14 yosh toifasidagi g’olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏆G‘oliblarga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobili va pul mukofotlari topshirildi!

#Yoshkitobxon #Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning futbol va mini futbol bo’yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalariga aprel oyidan start beriladi.

16 yoshdan – 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida ishtirok etishlari mumkin.

1 – bosqich. Tuman/shahar saralash musobaqalari: aprel-may oylarida;

2 – bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari: iyun-iyul oylarida;

3 – bosqich. Respublika final bosqichi musobaqalari: avgust oyida bo‘lib o‘tadi.

#beshtashabbusolimpiadasi #dxxkubogi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎶Fortepianochilar, sahnaga yaqinroq keling!

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Mohir fortepianochi” tanlovining tuman-shahar bosqichi boshlanmoqda!

Tanlov professional va havaskorlar o‘rtasida 3 ta yosh toifasida o‘tkaziladi. Musobaqa 5 bosqichda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsad fortepiano san’atini yanada rivojlantirish, iste’dodlarni kashf etish va yosh musiqachilarning ijodini keng ommaga yetkazishdir.

Tanlovning tuman-shahar bosqichi 29-30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

#beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_kubogi

⚽️Katta maydonlarda — mahalla yoshlari

🏆 Yildan yilga yoshlar orasida "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqalariga bo‘lgan qiziqish, ishtiyoq va shijoat ortib bormoqda. Bu musobaqalarda qatnashish istagini bildirayotgan yoshlar sonining ortib borayotgani, tayyorgarlik darajasi hamda tashkilotchilik masalalarida yaqqol sezilmoqda.

Musobaqaning joriy yilgi mavsumi — Toshkent viloyati bosqichi final uchrashuvi — aynan shunday jo‘shqin kayfiyat va shiddatli bahslarga boy tarzda o‘tdi. Mahalla bosqichidan boshlab finalgacha yetib kelgan jamoalar viloyat birinchiligi va Respublika bosqichi yo‘llanmasi uchun chinakam professionallarga xos darajada jiddiy bahs olib borishdi.

⚽️Tomoshabinlar oddiy havaskor o‘yin emas, balki to‘liq shiddat, taktika va jamoaviy ruhga boy futbol uchrashuvlariga guvoh bo‘lishdi. Stadiondagi muhit, ishtirokchilarning fidoyiligi va muxlislarning yuksak qo‘llab-quvvatlashi har bir daqiqani unutilmas lahzaga aylantirdi.

🏅G‘oliblarni taqdirlash marosimi esa sport va estrada yulduzlari ishtirokida chinakam sport bayramiga aylanib ketdi.


#Beshtashabbusolimpiadasi #DXXKubogi

Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat chempionlari final sari!

🖐“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalariga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Bu nafaqat ishtirokchilar sonida, balki musobaqalarning yuqori saviyada o‘tkazilayotganidan ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Joriy yilgi musobaqalarda Toshkent viloyati bosqichi ham aynan shunday yuqori ruhda o‘tdi. Mahalla bosqichidan finalgacha yetib kelgan jamoalar final bosqichi yo‘llanmasi uchun jiddiy va professional darajadagi bahslarda maydonga tushishdi.

🏅G‘oliblarni taqdirlash marosimi estrada yulduzlari ishtirokida haqiqiy futbol bayramiga aylandi.

#BeshtashabbusOlimpiadasi #DXXKubogi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM