Forwarded from Alisher Sadullaev
Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlari qoplab beriladi — yoshlar uchun #sakkizinchiimkoniyat
Hukumatning tegishli qarori bilan, “Yoshlar daftari”ga kirgan yoki bandligi ta’minlangani sabab undan chiqarilgan, xususiy tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh xodimlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab berilishi belgilangan.
Bugungi kunga qadar, ushbu tizim orqali 125 nafar yoshlarning kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlari kompensatsiya qilib berildi. Bu qariyb 146 million so‘mni tashkil etmoqda. Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun batafsil ma‘lumotlarni https://yoshlarportali.uz/oz platformasidan ushbu havola orqali topishingiz mumkin.
O‘z navbatida bu imkoniyat ham yoshlar uchun, ham ish beruvchi uchun muhim ahamiyatga ega, nazarimizda. Sababi yoshlar xususiy tashkilotga ishga kirgach o‘z ustida ishlab, kasbini mukammal darajada o‘rganishi uchun davlat unga imkoniyat beryapti. Xususiy tashkilotga esa bu hech qanday xarajat tug‘dirmaydi. Albatta, bundan davlat ham yutadi.
ℹ️ Yoshlar uchun yaratilgan yana yuzga yaqin imkoniyatlarni yoritishda davom etamiz. Quyida bugungacha ma’lumot berilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
1. Xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi;
2. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi;
3. To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun imkoniyat;
4. Prezident granti;
5. Talaba-yoshlar uchun soliq borasidagi imkoniyat;
6. Talaba-yoshlarning ijara to'lovlari qoplab beriladi;
7. Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi.
P.S.: Yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ko‘proq yoshlarga yetib borishi uchun ulashishda ko‘mak bersangiz, albatta, minnatdor bo‘lamiz!
@alisher_sadullaev