Toshkent viloyati Yoshlari
2.48K subscribers
8.03K photos
1.56K videos
39 files
3.72K links
Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasining rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon
#Yuqori_Chirchiq

“Mirobod” MFYda yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Mirobod mahalla yoshlar yetakchisi Salohiddin Otajonov yoshlar muammolari va qiziqishlari bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv ko‘tarinki kayfiyatda o'tdi.

Yig'ilgan yoshlar o'z takliflari, istaklari, turli g'oyalari bilan fikr almashishdi. Imkoniyati cheklangan, nogironligi bor, ko'zi ojiz talantli yoshlarimiz ham davra minbarida baralla o'z iste'dodlarini namoyon qilishdi.

Yoshlarni uyg'ota oladigan muhit yaratilgani tufaylimi, ijroga qiziquvchan ko'plab yoshlar laparlar kuylar hamda zamonaviy estrada yo'nalishida jonli ijrolar qilishdi. Doira, gitara, tor cholg'ulari bilan madaniy hordiq olib, vaqtni mazmunli o'tkazishdi. Bu yoshlar oqshomi tadbirda Yuqori Chirchiq tuman madaniyat bòlimi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, yurtimiz bo‘ylab buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligi nishonlanmoqda!

👳🏻‍♂️ O'rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining yirik namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil, 14-fevralda Andijonda tug'ilgan.

🔹 Bobur Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qoldirgan boʻlsa, “Boburnoma” asari jahonning mashhur tarixnavis olimlari tomonidan bugungi kunga qadar yuksak e'tirof etiladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
#Mashrab_mahalla_yoshlari

🏓Joriy yilning 13 fevral kuni Quyi Chirchiq tumani "Mashrab" mahalla yoshlar yetakchisi hamda 10-maktab jismoniy tarbiya o'qituvchisi bilan hamkorlikda yoshlarining bo'sh vaqtini mazmunli va samarali o'tkazish hamda iqtidorlilarini aniqlash maqsadida sportning tennis turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

🥇"Mashrab" mahalla ko'chalari orasidan jami 12 nafar yosh musobaqada ishtirok etdi. 2003 yilda tug'ilgan G'oyibnazar faxrli 1-o'rinni egallab musobaqaning keyingi bosqichiga yo'llanma oldi va mahalla yetakchisi tomondan taqdirlandi. G'olib bo'lgan ishtirokchi tuman miqiyosida estalik sovg'a bilan taqdirlandi.
Tayinlov

Abbosova Mehrinoz Nosirjon qizi
- O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Mehrinoz Abbosova shu vaqtga qadar “Respublika yosh ijodkorlar kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti raisi lavozimida ishlab kelgan.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Mehrinoz Abbosovani yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#tayinlov

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from Alisher Sadullaev
​​Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlari qoplab beriladi — yoshlar uchun #sakkizinchiimkoniyat

Hukumatning tegishli qarori bilan, “Yoshlar daftari”ga kirgan yoki bandligi ta’minlangani sabab undan chiqarilgan, xususiy tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh xodimlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab berilishi belgilangan.

Bugungi kunga qadar, ushbu tizim orqali 125 nafar yoshlarning kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlari kompensatsiya qilib berildi. Bu qariyb 146 million so‘mni tashkil etmoqda. Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun batafsil ma‘lumotlarni https://yoshlarportali.uz/oz platformasidan ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

O‘z navbatida bu imkoniyat ham yoshlar uchun, ham ish beruvchi uchun muhim ahamiyatga ega, nazarimizda. Sababi yoshlar xususiy tashkilotga ishga kirgach o‘z ustida ishlab, kasbini mukammal darajada o‘rganishi uchun davlat unga imkoniyat beryapti. Xususiy tashkilotga esa bu hech qanday xarajat tug‘dirmaydi. Albatta, bundan davlat ham yutadi.

ℹ️ Yoshlar uchun yaratilgan yana yuzga yaqin imkoniyatlarni yoritishda davom etamiz. Quyida bugungacha ma’lumot berilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
1. Xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi;
2. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi;
3. To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun imkoniyat;
4. Prezident granti;
5. Talaba-yoshlar uchun soliq borasidagi imkoniyat;
6. Talaba-yoshlarning ijara to'lovlari qoplab beriladi;
7. Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi.

P.S.: Yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ko‘proq yoshlarga yetib borishi uchun ulashishda ko‘mak bersangiz, albatta, minnatdor bo‘lamiz!

@alisher_sadullaev
#жараён
#Оҳангарон_туман

Оҳангарон тумани "Илғор" маҳалла ёшлар етакчиси Зоҳиджон Ғаффоров ташаббуси билан қизлар ўртасида спортнинг волейбол тури бўйича "Умид ниҳоллари" мусобақаси ташкил этилди.

Мусобақада 27-умумий ўрта таълим мактабининг битирувчи синф қизлари ғолибликни қўлга киритди.
“Zakovat” stipendiyasi kimlarga beriladi?

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 21 yanvarda “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Keling, yuqoridagi savol javobini quyidagi YouTube havola orqali blib olamiz

🎥
https://youtu.be/5fL6XDacZG4

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡Sizda g‘oya bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? Startapingiz uchun investitsiya kerakmi? Unda bu aynan siz uchun!

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sizni yoshlar tadbirkorligi va innovatsion rivojlanishini qo‘llab - quvvatlashga qaratilgan "Yoshlarning 100ta ilg‘or g‘oyalari” tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.

Buning uchun Siz:

www.fursatloyiha.uz sayti orqali onlayn ariza yuboring;
loyihangiz biznes-rejasining taqdimotini tayyorlang;
o‘z loyihangizni ekspertlar guruhi oldida himoya qiling;

100ta g‘oliblardan biri bo‘lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Sizning g‘oyangizning kelajagi bor!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#жараён
#ёшлардаги_имкониятлар
#қулайлик_ва_шароитлар

Ўрта Чирчиқ туманида ёшлар билан ишлаш борасидаги тажрибалар "Ўзбекистон 24" телеканалининг Ахборот 24 дастурида
Forwarded from yoshoila.uz platformasi
Oilaning mustahkam bo'lishi uchun eng zarur narsa nimaligini bilasizmi? Bu sog'lom oilaviy muloqotdir.

Oiladagi muloqot turmush o'rtoqlarning oila uchun muhim bo'lgan ma'lum maqsadlarga erishishini, shuningdek ma'naviy yaqinligini ta'minlaydi.

Muloqot jarayoni barcha muammolarning yechimi bo'lib, unda yosh er-xotin:
-samimiy va mazmunli ma'lumot almashadilar;
-dardlashadilar;
-bir-birlarini yanada yaxshiroq tushunadilar;
-o'zlarini intellektual va ahloqiy jihatdan boyitadilar.

Yosh juftliklar o'rtasidagi ma'naviy va sog'lom muloqot oilaning mustahkam bo'lishi garovidir.

yoshoila.uz - mustahkam oila sari dadil qadam!

Telegram sahifamiz @yoshoila_uz 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Вилоятимиздаги Ёшлар ишлари агентлигининг маҳаллалардаги ёшлар етакчилари ташаббуслари билан ташкил этилган ёшлар фестиваллари "Ёшлар" телеканалининг "Янги давр" кўрсатуви нигоҳида