Kadastr - Live
4.69K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati #xisobot

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganlik uchun qo‘llanilgan jarimalar to'g'risida ma'lumot infografikada

Telegram Instagram YouTube Facebook
​​#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati #xisobot

🔰Yer va kadastr nazorati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan:
📝Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha:
Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida respublika bo‘yicha jami 14 530 ta holatda 2 406,4 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

🔸Jumladan, 8 018 ta (658,6 gektar) holatda uy-joy qurish, 3 990 ta (252,8 gektar) holatda noturar joy qurish, 1 754 ta (712,1 gektar) holatda tomorqa sifatida foydalanish, 59 ta (268,4 gektar) holatda baliq hovuzlarini qurish, 122 ta (12,9 gektar) holatda tuproq karer qilish hamda 587 ta (501,6 gektar) holatda boshqa maqsadlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

🔸Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida:
14 915 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan, 2 602 tasi (796,5 gektar) bartaraf etildi;
yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 8 353 ta (1 157,9 gektar) taqdimnomalar kiritildi, 1 882 ta holatda sudlarga kiritilgan da’vo arizalariga asosan 220 ta (25,6 gektar) holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi, 982 ta (144,3 gektar) holat bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

♻️Huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun 4 928 ta (847,4 gektar) holat yuzasidan prokuratura organlariga ma’lumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.


Telegram Instagram YouTube Facebook
#yer_va_kadastr_nazorati

Respublikamiz bo‘ylab olib borilayotgan yer va kadastr nazorati ishlari Navoiy viloyati misolida.

Kadastr agentligining “Yer nazorati” bo‘limi boshlig‘i
Safarov O‘tkir Abdixomidovich.

🔹 Bugungi kunda Respublikamiz bo‘ylab yerimizni asrab avaylash, yer qonun buzilish holatlarini aniqlash bo‘yicha yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔸Birgina Kadastr agentligining Navoiy viloyati yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-dekabr holatiga viloyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilsak quyidagi raqamlarni ko‘rishimiz mumkin:

🌐 BATAFSIL...
#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati

🏢 Kadastr agentligi organlari tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 26 267 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.

Xususan:

📝 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 25 676 nafar shaxs;

📍yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 239 nafar shaxs;

🏗 o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 85 nafar shaxs;

sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora ko‘rmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etmaganligi uchun 12 nafar shaxs;

🏘 Tegishli ruxsat bo‘lmay, shuningdek tegishli organlar bilan kelishmasdan turib obyektlar qurganlik uchun 237 nafar shaxs maʼmuriy jazoga tortilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt