Kadastr - Live
4.47K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#uchrashuvlar_2020
Joriy yilning 24 yanvar kuni Koreya Respublikasining “LG-LX konsortsiumi“ vakillari bilan ilk uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuv Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan "Ko'chmas mulkni ro'yxatdan o’tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash" loyihasi doirasida bo'lib o'tdi. Ushbu loyihaning maqsadi eng ilg’or xalqaro tajribaga asoslangan KMKROʼIАT (“Koʼchmas mulk va kadastrni roʼyxatdan oʼtkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi”) uchun zamonaviy web-yechimlarni ishlab chiqish, davlat hokimiyati organlarining xabardorlik darajasini oshirish hamda ma'muriy qarorlarni qabul qilish jarayonining asosliligini ta’minlashdir. Uchrashuv davomida tomonlar KMKROʼIАT tizimini tatbiq etish va loyihaning kelgusi rejalari haqida atroflicha suxbatlashdilar.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
#uchrashuvlar_2020
DUSHANBE SHAHRIDA DAVLATLARARO CHEGARANI DEMARKATSIYA QILISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON-TOJIKISTON MUZOKARALARI BO‘LIB O‘TDI
2020-yilning 28-31-yanvar kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida o‘zaro chegaraning demarkatsiya qilishning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. Joylarda O‘zbekiston-Tojikiston chegara chizig‘ini aniqlashtirish bo‘yicha dala tipografik-geodiziya ishlarini amalga oshirishni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Muzokaralar konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tdi.
Tadbir yakuniga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi.
#uchrashuvlar_2020
Ўзбекистон Республикаси Давергеодезкадастр қўмитаси томонидан Жаҳон банки иштирокида амалга оширилаётган “Кадастр ва кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказиш тизимини модернизациялаш” инвестицион лойиҳаси доирасида жорий йилнинг 27 феврал куни Давергеодезкадастр қўмитасида «Smart Gov Consulting Eurasia» компанияси мутахассислари томонидан қўмита ва унинг таркибий тузилмаларини институционал ривожлантириш тадқиқотлари бўйича якуний тақдимот ўтказилди. Ушбу тақдимотда Ишларнинг жорий ҳолатининг таҳлили ҳақида ҳисобот ва статистика ҳисоботи ва таҳлили, бухгалтерия ҳисоби, йиллик ҳисоботни самарали бошқариш соҳасида ташаббусларни ишлаб чиқиш ва амалга ошириш, институционал ривожлантириш, стратегик ва бизнес режалаштириш, статистик ҳисоботни такомиллаштириш бўйича хисоботлар кўриб чиқилди ва яқин келажакда мазкур тақдимотда келтириб ўтилган масалаларни амалда тадбиқ этиш кўзда тутилган.