Kadastr - Live
4.7K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#kadastr #dunyo_yozuvlari #manaviyat_va_marifat

📚Bugungi kunda eng keng tarqalgan yozuv turi lotin alifbosiga asoslangan yozuvlardir va ulardan dunyoning 42,8 foiz aholisi foydalanadi.

🈯️Xitoy iyerogliflaridan 1,6 mlrd kishi, yaʼni dunyo aholisining 20,5 foizi foydalanadi. Lekin tarqalish miqyosi boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamaydi. Hind yozuvidan ham deyarli shuncha aholi foydalanadi, buning katta qismi Hindistonning oʻziga toʻgʻri keladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#Kadastr #manaviyat_va_marifat

TAVSIFNOMA

📝Tavsifnomaning zaruriy qismlari:
🔷Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
🔷ismi, otasining ismi, familiyasi; tug‘ilgan yili;
🔷millati; partiyaviyligi;
🔷ma’lumoti; lavozimi;
🔷ilmiy darajasi va unvoni;

📑Hujjat nomi (Tavsifnoma).
🔖Matn.
🖊Imzolar, sana, muhr.

📒Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, ya’ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.

📕Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi.

📗Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi.

📙Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda “halol”, “topshiriqlarni vaqtida bajaradigan”, “mehnatsevar”, “talabchan”, “tashabbuskor”, “tezkor”, “intizomli” kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig‘ilishida tasdiqlangan bo‘lsa shu yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasiga havola bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa (yoki bo‘linma) boshlig‘i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo‘natiladi. Tavsifnomalarning “ishlab chiqarish tavsifnomasi”, “Tavsifiy tavsiyanoma”, “xizmat tavsifnomasi” kabi turlari mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #manaviyat_va_marifat

Qiziquvchanlik

Qiziquvchanlik odamning tabiatiga xos. Ayniqsa, bolalar haddan tashqari qiziquvchan boʻladi. “Osmon nega koʻk?”, “Nimaga yomgʻir yogʻadi?”, “Nimaga barglar sargʻayadi?” kabi savollarni yogʻdirib tashlaydi. Aniqlanishicha, bola besh yoshgacha oʻta soʻrovchan boʻladi. U shu orqali olamni idrok etadi.

Ammo, Glebning fikricha, bola maktabga borgach, savollardan koʻra javoblar muhimroq ekanini anglaydi va undagi yuqori qiziquvchanlik soʻnadi. Buyuklarda esa bu xususiyat bir umr saqlanib qoladi.

Savol berishdan charchamang. Javob qidirish insonni olgʻa yetaklaydigan muhim jihatdir.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #manaviyat_va_marifat

Mustaqil fikrlash

Kishining tafakkuri oshgani sari oʻz qarashlari shakllanadi. Bu juda ahamiyatli. Biroq baʼzida uning salbiy taʼsiri ham kuzatiladi. Odam boshqa xil fikrlarga eʼtibor bermay qoʻyadi.

Glebning fikricha, ijodiylik uchun turli koʻz qarashlariga ega boʻlish, masalaga har tomonlama yondasha olish zarur.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt