Kadastr - Live
4.7K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Tarixga_nazar

Xaritashunoslarning ish stoli (1923): 1923 yilda Zeiss kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan c-4 tipidagi yuqori aniqlikdagi fotogrammetrik baholash uchun optik qurilmasi 1938-1969 yillar oralig'ida 1:25 000 masshtabdagi xaritalarni yaratishda ishlatilgan. Hozirda u Turkiyaning kartografiya muzeyida saqlanadi.
#Tarixga_nazar

I-qism

Musulmonlar ko‘plab tarixiy kitoblarni arab tiliga tarjima qilishgan. Mazkur kitoblardan oldindan olingan bilimlarga ega bo‘lgan musulmon olimlari kartografiya sohasini jadal rivojlanishida sezilarli iz qoldirgan. Masalan, olimlar tomonidan tarjima qilingan kitoblarning aksariyat qismi Grek faylasuf olimlarining kitoblari bo‘lgani uchun, ular qatoridagi eng muhimlari «Almagest» hamda “Geografiya” kitoblari bo‘lgan. Yevropalik hamkasblari o‘rtasida mashhur bo‘lgan Lotin G‘arbining “T va O” kartlari ushbu soha rivojiga hech qanday taʼsir o‘tkazmagan.
813-833 yillarda Abbosiylar xalifasi al-Mamun hukmronligi davri Kartografiya sohasi rivojlanishiga katta taʼsir o‘tkazgan. U bir nechta geograflarga Yerdagi masofani Osmon meridian gradusiga moslagan holdan qayta o‘lchashi buyurgan. Mazkur buyruq greklar tomonidan foydalaniladigan milini yana-da aniqroq hisoblanib, hozirgi mil tushunchasiga asos solingan. Ushbu ishlar musulmonlarga yerning aylanasini yuqori aniqlikda hisoblashiga asos bo‘lgan.
Shuningdek Al-Mamun katta dunyo xaritasini tuzishni buyurgan bo‘lib, u xarita hozirgi kungacha yetib kelmagan, ammo ushbu xarita Ptolomey proyeksiyasida emas balki Marin Tirskiy proyeksiyasi asosida tuzilganligi aniqlangan.
Eski davrning ilk Globusi ham o‘rta asrlarda yaʼni IX asrda al-Mamun boshchiligidagi musulmon astronomlari tomonidan yaratilgan. Al-Mamunning eng taniqli geografi Muhammad al-Xorazmiy bo‘lgan.
IX asrda Sharq matematigi va geografi Xabbash al-Xosib qibla yaʼni Makka yo‘nalishini, sferik trigonometriya va kartografik proyeksiyalar usulidan foydalangan holda qutb koordinatalarini boshqa koordinata tizimlariga o‘tkazish ustida ish olib borgan. So‘ngra bu ish Abu Rayhon Beruniy tomonidan davom ettirilgan.
Abu Rayhon Beruniy 1025 yillarda teng azimutal, teng uzoqlikdagi sferik proyeksiyani birinchi bo‘lib izoh keltirgan olimdir.
#Tarixga_nazar

II qism

X asrning ikkinchi yarimida musulmon olami geografi Surob teng masofaviy to‘g‘ri burchaklar yoki silindrik proyeksiyadan foydalangan holda To‘g‘ri burchakli dunyo xaritasini yaratish bo‘yicha qo‘llanma “Geografik koordinatalar” nomli kitobni nashr qiladi.
Eng birinchi omon qolgan to‘g‘ri burchakli koordinatali xarita, XIII asrga tegishli bo‘lib u Hamdalla al-Mustafiy al-Kazvini tomonidan Suxrobning o‘rganish ishlariga asoslangan holda yaratilgan, mazkur xaritada chiziqlar o‘rtasidagi interval 10 gradusni tashkil etgan.
Ortogonal parallel chiziqlari 1 gradus intervalda bo‘lingan bo‘lib, ushbu karta Janubi-G‘arbiy va Markaziy Osiyo bilan chegaralangan.
#Tarixga_nazar

Tarixan, kadastr va kadastr ishlarining asoslari yerlarning chegaralari va ularning hududlarini ro'yxatga olish maqsadida amalga oshirilishi bilan bog'liq bo'lib, qadimgi Misrga (mil. Avv. 3000 y.) borib taqaladi. "Kadastr" atamasining o'zi Rim hukmdori Avgust davrida (mil. Avv. 27) paydo bo'lgan, yer uchun soliq yig'ishni ro'yxatga olish bo'limi - caputigum – aholini ro'yxatga olish - caputigum registrum. Vaqt o'tishi bilan, bu so'zlar bitta - kapitastrum va keyinchalik katastrum so'zlariga birlashgan.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Tarixga_nazar

Yer tuzuvchi kasbi-dunyodagi eng qadimiy kasbdir.

Tarixan insoniyat har doim yer tuzuvchilarga muhtojlikni sezgan, ayniqsa rivojlanishning muhim pallalarida. Yerning kelib chiqishi, uning o‘lchamlari, hosildorligi, yer maydonlarining narxlanishi har doim qiziq bo‘lib kelgan. Turli davlatlarni vujudga kelishi boshqa davlatlar bilan o‘zaro chegarani belgilab olish zaruriyati qator muammolarni keltirib chiqargan. Shuning uchun rivojlanishning har bir bosqichida yer bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun mutaxassislarga yaʼni yer tuzuvchilarga talab kelib chiqqan.

V-IV asrlardan boshlab Qadimgi Rimda - Rim yer tuzuvchilari yoki agrimensorlar tomonidan yer tuzish ishlari katta hajmda olib borilgan. Ular xalq orasida ko‘proq to‘g‘ri chiziqlar va burchaklarni belgilovchi odamlar sifatida tanilgan edi.
#Tarixga_nazar

Rasman “Geodeziya” (yunon tilidan "Yerni ajratish") XI asrning boshlarida mustaqil fan sifatida o‘rgana boshlangan. Geodeziyani fan sifatida birinchi bo‘lib Abu-Rayhon Beruniy geometriya va trigonometriyadan ajratgan holda o‘rgana boshlagan. Beruniy geodeziya bo‘yicha ilk darslikni 1025 yozdi va geografik kenglikni aniqlash uchun trigonometrik usuldan foydalanish fikrini olg‘a surdi.
#Tarixga_nazar

Ер тузиш соҳасида ишлаган буюк инсонлар

Давлат арбоби, Америка Қўшма Штатларининг биринчи президенти АҚШнинг "асосчиларидан бири", Америка президентлик институтининг асосчиси ДЖОРДЖ ВАШИНГТОН расмий равишда рўйхатдан ўтган биринчи Америкалик ер тузувчисидир. "Калпепер” графлигида ер тузувчи сифатида уч йил фаолияти даврида Дж. Вашингтон умумий майдони 65 минг акр (26,3 минг гектардан ортиқ) бўлган 200 дан ортиқ ер участкаларида ўлчов ишларини олиб борган. Армия қўмондони бўлганидан сўнг, у бир мунча вақт ўз қўли билан ҳудудларнинг режасини тузган.

БАТАФСИЛ
#Tarixga_nazar

Ер тузиш соҳасида ишлаган буюк инсонлар

Давлат арбоби, АҚШнинг биринчи Республикачилар партиясидан чиққан 16-президенти (1861-1865), Американинг миллий қаҳрамони Авраам Линколн Иллинойс штати ер тузувчиси бўлган.

БАТАФСИЛ
#Tarixga_nazar

Yer tuzish sohasida ishlagan buyuk insonlar.

AQShning Janubiy Dakota shtatida joylashgan Rashmor tog‘i mamlakatning asosiy turistik obektlaridan biri sanaladi. Granit tog‘ning bir tomonida AQSh tarixida muhim rol o‘ynagan to‘rt prezident –
Jorj Vashington, Tomas Jefferson,
Teodor Ruzvelt va
Avraam Linkolnning monumenti ishlangan.
Ularning barchasi Yer tuzish, geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug`ullanishgan.

1913 yilda Teodor Ruzvelt Braziliyaga ekspeditsiyada qatnashgan, uning vazifasi Amozonka irmoqlaridan birini, shubhali daryoni (Rio-da-Davida - port.) o'rganib chiqish va xaritalarda aks ettirish bo’lgan.

BATAFSIL