Kadastr - Live
4.57K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Kadastr #IT_texnologiya

📚Kadastr agentligi IT-texnologiyalar va axborot xavfsizligi bo‘limi xodimlari OBSEning Xalqaro dasturi doirasida Axborot xavfsizligi bir oylik o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi. Shu munosabat bilan axborot xavfsizligi bo‘yicha Xalqaro sertifikat ega bo‘ldi. Mazkur kurslar davomida “Softline Education”ning sertifikatlangan mutaxassislari tomonidan internet tarmoq tahdidlaridan himoyalanishning asoslari o‘rgatildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #mamuriy_bulim

🔰Joriy yilning uchinchi chorak yakuni bo‘yicha Agentlikning hududiy organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasiga ko'ra 23 993 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik holatlari aniqlanib, mazkur holat bo‘yicha ma’muriy ishlar Agentlikning hududiy organlari tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ma’muriy javobgarlikka tortilgan 23 993 nafar shaxsga nisbatan 6 284,1 mln.so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, 4 177,9 mln.so‘m undirgan.

📝Undiruv darajalari Xorazm viloyatida 100 %, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida 90% dan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati #xisobot

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganlik uchun qo‘llanilgan jarimalar to'g'risida ma'lumot infografikada

Telegram Instagram YouTube Facebook
​​#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati #xisobot

🔰Yer va kadastr nazorati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan:
📝Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha:
Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida respublika bo‘yicha jami 14 530 ta holatda 2 406,4 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

🔸Jumladan, 8 018 ta (658,6 gektar) holatda uy-joy qurish, 3 990 ta (252,8 gektar) holatda noturar joy qurish, 1 754 ta (712,1 gektar) holatda tomorqa sifatida foydalanish, 59 ta (268,4 gektar) holatda baliq hovuzlarini qurish, 122 ta (12,9 gektar) holatda tuproq karer qilish hamda 587 ta (501,6 gektar) holatda boshqa maqsadlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

🔸Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida:
14 915 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan, 2 602 tasi (796,5 gektar) bartaraf etildi;
yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 8 353 ta (1 157,9 gektar) taqdimnomalar kiritildi, 1 882 ta holatda sudlarga kiritilgan da’vo arizalariga asosan 220 ta (25,6 gektar) holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi, 982 ta (144,3 gektar) holat bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

♻️Huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun 4 928 ta (847,4 gektar) holat yuzasidan prokuratura organlariga ma’lumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.


Telegram Instagram YouTube Facebook
#Farmon_ijrosi #Oliy_majlis_qonunchilik_palatasi #Kadastr_agentligi

‼️Ayni damda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-sonli Farmonining ijro etilishi holati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi deputatlari tomonidan eshitilmoqda.

Yig‘ilishda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari M.Mirmaksudov Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot bermoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#vakansiya #elon #ishga_marhamat #kadastr

📣 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Xalqaro aloqalar va reytinglar bo‘limida mavjud bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

BATAFSIL

Telegram Instagram YouTube Facebook
KADASTR SOHASIDA KO’RSATILAYOTGAN DAVLAT XIZMATLARI SONI YANA BITTAGA KO’PAYDI

Joriy yilning 5 oktabr sanasidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko’chmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamenti 5-bandiga asosan kadastr pasportini olish hamda belgilangan tartibda ko’chmas mulkni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ariza beruvchining ixtiyoriga ko’ra bir vaqtda yoki alohida murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga ko’ra ob’yektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta so’rovnomaga asosan kadastr pasporti, ob’yektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, ko’chmas mulk davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi reyestrdan ko’chirma bir vaqtda berilishi yo’lga qo’yildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #haftalik_xisobot #axborot_xizmati

HAFTA DAVOMIDA KADASTR AGENTLIGI TIZIMIDA SODIR BO'LGAN ENG ASOSIY YANGILIKLARNI VIDEO LAVHA ORQALI BILIB OLISHINGIZ MUMKIN.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #Aerogeodeziya #Arc_GIS

📚Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Yer tuzish va kompleks loyihalash bo'limi xodimlarining bilim va malakalarini oshirish maqsadida tashkil qilingan o'quv-seminar darslarda TIQXMMI ning dotsenti A.Inomov ArcGIS dasturida shartli belgilar yaratish, atributni to'ldirish, qatlamlar bo'yicha ishlash, SASGIS saytidan rastrlarni yuklash va vektorlash, topologiya, toifalash hamda hisobot tayorlashning oson va tez bajariladigan usullarini o'rgatmoqda.
📜O'quv-seminar yakunida barcha tinglovchi xodimlarga SERTIFIKAT topshiriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Янгиликлар 24 | Кадастр ва рўйхатдан ўтказиш интеграциялашган ахборот тизими яратилди

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Sayyor_qabul

Respublika Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Abdushukur Abdullayev Jizzax viloyati Forish tumani madaniyat markazida kadastr bo‘yicha tuman aholisi muammolarini o‘rganish va joyida yechim topishini taʼminlash maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Batafsil lavhada.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #IT_texnologiyalari

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4996-son qaroriga muvofiq Kadastr agentligi O‘zbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portaliga quyidagi veb servislarni joylashtirdi:

📚“Maʼmuriy-hududiy birliklar va manzillar to‘g‘risidagi maʼlumotlar”;

📚“Ko‘chmas mulk, shu jumladan ularning konturlari va chegaralari to‘g‘risidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz)”.

💻Xozirda istagan odam mazkur maʼlumotlarga O‘zbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portali orqali ruhsat (dostup) olishi mumkin.

Havola

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #auksion #1023_xisobot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
20-dekabrdagi 1023-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi”ga asosan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududi boshqarma va tuman shahar bo‘limi hamda filiallari tomonidan “Yerelektron” tizimiga 88 552 ta 4 692 gektar yer uchastkalari kiritildi

📌 Shundan vakolatli organlar tomonidan:

🔷24 628 ta yer uchastkalari rad etildi;

🔷25 408 ta yer uchastkalari ko‘rib chiqilmoqda;

🔷39 133 ta yer uchastkalari bo‘yicha ijobiy xulosa berilib,
“E-Ijro auksion” orqali auksionga chiqarildi.

🚩Auksionga chiqarilgan 14 957 ta 1055,2 gektar yer uchastkalari auksionda sotildi.

Joriy yil 1-oktabr holatiga 20 462 ta yer uchastkalari auksionga sotuvga qo‘yilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook