Kadastr - Live
4.62K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Тўғридан-тўғри эфир: Кадастр тизимини ислоҳ қилиш бўйича амалга оширилаётган ишлар, бу борада аҳолига яратилаётган қулайлик ва жорий этилаётган тартиблар

Facebook орқали томоша қилиш

YouTube орқали томоша қилиш

Спикерлар: Ҳамид Бақоев - вилоят “Ермулккадастр” давлат корхонаси ахборот-таҳлил бўлими бошлиғи, Элмир Иззатов - вилоят “Ермулккадастр” давлат корхонаси ер тузиш ва топография бўлими бошлиғи, Абдукарим Тойиров - вилоят ер ресурслари ва давлат кадастри бошқармаси ердан фойдаланиш ва уни муҳофаза қилишни назорат қилиш шўъбаси бошлиғи, Рустам Астанов - вилоят ер ресурслари ва давлат кадастри бошқармаси ҳуқуқшуноси, Акобир Асадов - “Ермулккадастр” давлат корхонаси Бухоро шаҳар филиали бошлиғи

Аъзо бўлинг:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube
#kun_tarixi
23-May. Ozarbayjon Ekologiya va Tabiiy resurslar Vazirligi ishchilari kuni. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2007 yil 16 maydagi farmoyishi bilan Ozarbayjon Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi xodimlari kuni professional bayram sifatida belgilangan. 23 may ushbu bayram kuni sifatida tanlandi, chunki 2001 yil shu kunda Prezidentning 485-sonli qarori bilan mamlakat hukumatidagi tarkibiy islohotlarga muvofiq Ozarbayjon Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi tashkil etildi. Ozarbayjonda mamlakat aholisi e'tiborini ekologiya va atrof-muhit muammolariga jalb qilish maqsadida 23 may ekologiya va tabiiy boyliklar kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kunda ko'pincha turli xil tadbirlar bo'lib, ular odamlarni o'z vatanlari va umuman sayyora tabiatiga ehtiyot bo'lishga undaydi.
Biz ushbu bayram bilan Ozarbayjonlik xamkasblarimizni muborakbod etamiz.
Forwarded from МЕНИНГ УЙИМ
Жавоб: Уй-жойларни қурган тадбиркорлик субъектларига (кўчмас мулк эгасига) сотиб олиш истагини билдирган ҳолда шахсни тасдиқлайдиган ҳужжатингиз билан мурожаат қиласиз ва белгиланган тартибда уй-жойни тўлиқ ёки бўлиб тўлаш (ипотека, кредит) олди-сотди шартномаси шартлари асосида сотиб олишингиз мумкин.

Саҳифаларимизга обуна бўлинг: 👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram
Davyergeodezkadastr qo'mitasining instagramdagi sahifasiga @ygk_uzb a'zo bo'ling.
Davyergeodezkadastr qo'mitasining youtubedagi UZKADASTR YGK sahifasiga a'zo bo'ling.
#hafta_sarxisobi

ҲАФТАНИНГ ЭНГ МУҲИМ ЯНГИЛИКЛАРИ

1. O'zbekistonda yaylov yerlarini havodan elektr manbai olgan holda sug'orilishi qanday amalga oshirilishini bilasizmi? Yoxud O'zbekistondagi ilk gibrid turdagi muqobil energiya.

2. Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг бугун, 19 май куни бўлиб ўтган ялпи мажлисида “Ўзбекистон Республикасининг маъмурий-ҳудудий тузилиши тўғрисида”ги қонун лойиҳаси иккинчи ўқишда қизғин муҳокама этилди.

3. КАДАСТР ҲУЖЖАТЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШ, ЕР АЖРАТИШДА ТОПОСУРАТГА ОЛИШ КАБИ ХИЗМАТЛАРНИ ХУСУСИЙ СЕКТОРГА ЎТКАЗИЛИШИ МУҲОКАМА ЭТИЛДИ.

4. Давлат кадастрлари, геодезия ва картография миллий марказида KPI тизими жорий этилди.

5. Андижонда пластик карта шаклидаги кадастр паспорти берилиши бошланди.

6. ТОМОРҚА ЕР ЭГАЛАРИ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ КООПЕРАТИВЛАРИГА СУБСИДИЯЛАР БЕРИЛАДИ.

7. Давергеодезкадастр қўмитасига биринчи чоракда нечта ишсиз ёшлар ишга қабул қилинди?

8. Rossiya Federatsiyasining Davlat royxatiga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati, Davyergeodezkadastr hamda Davlat soliq qo’mitalari ishtirokida videokonferensiya bo’lib o’tdi.
#kun_tarixi
25-May.
Dunyoning ko'plab mamlakatlari uchun 25 may Xalqaro bedarak yo'qolgan bolalar kuni hisoblanadi.
1979 yil shu kuni, uyga qaytayotganda, olti yoshli amerikalik maktab o'quvchisi Evian Peyts g'oyib bo'ldi, uni butun dunyo qidirdi, ish keng rezonansga ega bo'ldi, ammo qidiruv muvaffaqiyatsiz tugadi. Ushbu voqeadan 4 yil o'tgach, AQSh Prezidenti Ronald Reygan 25 mayni Yo'qolgan bolalarning milliy kuni deb e'lon qildi. 1997 yilda yo'qolgan va ekspluatatsiya qilingan bolalarni qidirish xalqaro markazi (ICMEC) tashkil etildi.
Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko'ra, sayyorada millionlab bedarak yo'qolgan bolalar bor va har yili ular soni ko'paymoqda. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlarining ma'lumotlariga ko'ra, har yili Yevropada 70 mingdan oshiq voyaga yetmaganlar, Rossiyada 55 mingga yaqin va AQShda 800 mingga yaqin bola yo'qoladi. Bu raqamlar rasmiy ma'lumotdir, norasmiy ravishda ancha yuqori.
Forwarded from ANDIJON KADASTR
Хурматли фуқаролар Андижон вилояти "Ермулккадастр" давлат корхонасининг худудий филиаллари томонидан кадастр хужжатларини тайёрлашда қандай қулайликлар яратишилиши хохлаган бўлар эдингиз?
Anonymous Poll
50%
Узоқ йиллар мобайнида низоси йўқ уй-жойларга худудий ҳокимликлардан ерга бўлган хуқуқни олишда
19%
2018 йил 1 январгача қурилган уй-жойларга лойиха хужжатларини талаб этмаслик
32%
Моддий имконият оғир бўлган фуқароларга кадастр хужжати учун бўлган тўловни 3 ой бўлиб-бўлиб тўлаш
#kun_tarixi
26-May. 1972 yil Germaniyaning Myunxen shahrida yangi "Olimpiastadion" stadioni ochildi. Stadionning o'zi 1972 yilda (1936 yildan keyin) Germaniya mezbonlik qilgan Olimpiya o'yinlari boshlanishi uchun maxsus mo'ljallangan va qurilgan. Uning qurilishi to'rt yil davomida amalga oshirildi(1968-1972). Olimpiada mehmonlarini 69256 kishiga (57 456 o'ringa, 11,800 o'ringa va 100 nogironlarga mo'ljallangan) sig'adigan ulkan sport majmuasi kutib oldi. "Olimpiastadion" joylashgan Olimpiya bog'i stendlari va bir qismi temir simlardan va akril oynadan yasalgan ulkan chodir bilan qoplangan edi. Bugungi kunda nafaqat stadion maydonida futbol uchrashuvlari, balki boshqa sport turlari bo'yicha turli musobaqalar o'tkazilmoqda. Va "Olimpiastadion" Myunxenning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biridir. Afsonaviy stadion joylashgan "Olimpiapark" go'zal zonasida har doim sayyohlar ko'p.
#Tarixga_nazar

I-qism

Musulmonlar ko‘plab tarixiy kitoblarni arab tiliga tarjima qilishgan. Mazkur kitoblardan oldindan olingan bilimlarga ega bo‘lgan musulmon olimlari kartografiya sohasini jadal rivojlanishida sezilarli iz qoldirgan. Masalan, olimlar tomonidan tarjima qilingan kitoblarning aksariyat qismi Grek faylasuf olimlarining kitoblari bo‘lgani uchun, ular qatoridagi eng muhimlari «Almagest» hamda “Geografiya” kitoblari bo‘lgan. Yevropalik hamkasblari o‘rtasida mashhur bo‘lgan Lotin G‘arbining “T va O” kartlari ushbu soha rivojiga hech qanday taʼsir o‘tkazmagan.
813-833 yillarda Abbosiylar xalifasi al-Mamun hukmronligi davri Kartografiya sohasi rivojlanishiga katta taʼsir o‘tkazgan. U bir nechta geograflarga Yerdagi masofani Osmon meridian gradusiga moslagan holdan qayta o‘lchashi buyurgan. Mazkur buyruq greklar tomonidan foydalaniladigan milini yana-da aniqroq hisoblanib, hozirgi mil tushunchasiga asos solingan. Ushbu ishlar musulmonlarga yerning aylanasini yuqori aniqlikda hisoblashiga asos bo‘lgan.
Shuningdek Al-Mamun katta dunyo xaritasini tuzishni buyurgan bo‘lib, u xarita hozirgi kungacha yetib kelmagan, ammo ushbu xarita Ptolomey proyeksiyasida emas balki Marin Tirskiy proyeksiyasi asosida tuzilganligi aniqlangan.
Eski davrning ilk Globusi ham o‘rta asrlarda yaʼni IX asrda al-Mamun boshchiligidagi musulmon astronomlari tomonidan yaratilgan. Al-Mamunning eng taniqli geografi Muhammad al-Xorazmiy bo‘lgan.
IX asrda Sharq matematigi va geografi Xabbash al-Xosib qibla yaʼni Makka yo‘nalishini, sferik trigonometriya va kartografik proyeksiyalar usulidan foydalangan holda qutb koordinatalarini boshqa koordinata tizimlariga o‘tkazish ustida ish olib borgan. So‘ngra bu ish Abu Rayhon Beruniy tomonidan davom ettirilgan.
Abu Rayhon Beruniy 1025 yillarda teng azimutal, teng uzoqlikdagi sferik proyeksiyani birinchi bo‘lib izoh keltirgan olimdir.
#Soha_Ilgori
Умирзаков Хамид Шодмонқулович - 1960 йил 16 Ноябрда Жиззах вилояти Ғаллаорол туманида туғилган. Ёшлик даврлардан шижоатга тўла бўлган инсон 1998 йилдаёқ ушбу сохада ўз фаолиятини Ғаллаорол туман ер муносабатлари ва кучмас мулк кадастр бўлимида бош мухандис сифатида бошлаган. Сўнг 2005 йилдан Ер тузиш ва кўчмас мулк кадастр Давлат корхонасида «Бир ойна бўлими» бошлиғи бўлиб 2015 йилга қадар фаолият юритган. 2015 йилдан 2016 йилга қадар Ер тузиш ва кўчмас мулк кадастр Давлат корхонаси бошлиғи лавозимида ишлаган. Сўнгра 2017 йилга қадар Ер тузиш ва кўчмас мулк кадастр Давлат корхонаси ишлаб чиқариш бўлими мутахассиси сифатида фаолият юритган. 2017 йилдан хозиргача Жиззах вилояти “Ермулккадастр” давлат корхонаси Ғаллаорол тумани филиали “Ишлаб чиқариш” бўлими мутахассиси сифатида фидокорона фаолият юритиб келиоқда. 22 йиллик фаолият мобайнида соха ривожи учун ўз хиссасини камтарона қўшиб келмоқда.
Forwarded from Times.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💵 Қоғоз пуллар — инфекция ташувчиси бўлиши мумкин. Пластик карта орқали тўлов қилинг!

〰️〰️〰️〰️

💵 Бумажные денежные купюры могут быть разносчиком инфекции. Платите картой!

Анимация: Стопкоронавирус рф

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники