Kadastr - Live
4.7K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #kadastr

190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

“Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yana-da takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5263-son, 22.10.2021 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Bunda:

amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqichma-bosqich to‘liq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha namunaviy shakldagi savolnoma (cheklist) to‘ldirilib, loyiha qabul qilingunigacha bo‘lgan bosqichlarda unga ilova qilinadi;

cheklist to‘ldirilmagan loyihalar adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaydi va ishlab chiquvchiga qaytariladi;

normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida aniqlangan korrupsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.

🔎 Qarorga ko‘ra, 2021 yilda amaldagi 190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi.

2022 yil 1 yanvardan ilmiy tashkilotlar va OTM vakillari hamda jismoniy shaxslar – mustaqil ekspertlar normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazishi mumkin.

❗️Ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ko‘rib chiqiladi.

📊 Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyati har olti oy yakunida baholanadi.

📌 Shunga ko‘ra, xodimlarni lavozim maoshlarining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mablag‘lari berish orqali rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

📋 Qaror bilan shuningdek, qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy taʼlim va davlat xaridlari sohalaridagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt