Kadastr - Live
4.7K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_anjuman #Sevimli #zamon

“Кадастр ва кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказиш интеграцион ахборот тизими” ҳақида Замон лавҳаси.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot #hudud #my5

Ҳозирга қадар 65 фоиз қишлоқ хўжалиги ер майдонларидан фойдаланувчилар тўғрисидаги маълумотлар давлат рўйхатидан ўтказилиб онлайн геопорталга киритилди.

Мирсаид Мирмаксудов
Кадастр агентлиги директор ўринбосари

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #matbuot_anjuman #dastur

Қишлоқ хўжалиги ер майдонлари ва ердан фойдаланувчилари тўғрисидаги маълумотларни жамловчи дастурнинг ишлаш жараёни

Каримжонов Азизжон Одил ўғли
Геоинфоком давлат унитар корхонаси бош мутахассиси

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #matbuot_anjuman #dastur #geoportal

Қишлоқ хўжалиги ерларини Геопорталда акс эттириш.

Зокиров Шерзодбек Нишонбоевич
Кадастр агентлиги бош мутахассиси.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #Geoportal #matbuot_anjuman

🌐 Jahon bankining qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida ishlab chiqilgan “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi” orqali Respublika bo‘yicha soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 93 487 ta fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi qishloq xo‘jaligi yerlarini joriy yilning 1 mayidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi birinchilardan bo‘lib o‘z hududida 100 foizlik natija qayd etib viloyadagi fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi qishloq xo‘jaligi yerlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini yakuniga yetkazdi.

Shu munosabat bilan ushbu topshiriqni bajarishda o‘z bilim va salohiyatlarini ayamasdan sidqidildan mehnat qilgan tuman (shahar) bo‘lim va filial rahbarlari hamda ko‘chmas mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi xodimlariga agentlik nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjuman

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan "Davlat kadastrlarini yuritish holati va uning ahamiyati" mavzusida matbout anjumani o'tkazildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #matbuot_anjuman

Айни дамда Ўзбекистон Миллий матбуот марказида РЕСПУБЛИКАДА ЕР РЕСУРСЛАРИНИ ҲАТЛОВДАН ЎТКАЗИШ БЎЙИЧА БАЖАРИЛАЁТГАН ИШЛАР мавзусида матбуот анжуман бўлиб ўтмоқда.

Унда Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги тасарруфидаги Республика Аерогеодезия маркази директори А.Омонов бошчилигида оммавий ахборот воситаларига мавзу юзасидан маълумот ва тушунтириш берилмоқда.

🟢 Матбуот анжуманини УзрепортТВ телеканали ҳамда YouTube платформаси орқали жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#matbuot_xizmatlari #trening #seminar ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЙЎЛИДА

⚜️Адлия вазирлиги, Давлат хизматлари агентлиги ва БМТ Тараққиёт Дастурининг Европа Иттифоқи томонидан молиялаштирилаётган “Ўзбекистоннинг қишлоқ ҳудудларида давлат хизматларини тақдим этишни такомиллаштириш ва маҳаллий бошқарув даражасини ошириш” қўшма лойиҳаси доирасида ДХА ва Кадастр агентлиги, Соғлиқни сақлаш, Қурилиш ҳамда Мактабгача таълим вазирликларининг жамоатчилик билан алоқалар бўйича мутахассислари учун тренинглар ташкил этилди.

⚜️Уч кун давом этувчи мазкур тренингларда:
▪️«Public Service Hall (Адлия уйлари)» тақдимоти, мақсад/қадрият/брендлаш, коммуникация ва маркетинг, хизмат сифати менежменти масаласида;

▫️"Story telling" форматида маълумот тайёрлаш;

▪️Жамоатчилик билан алоқалар(PR)даги янги инструментлар (усуллар)га оид;

▫️Ҳалқаро платформалар учун матнлар тайёрлаш юзасидан тушунчалар берилмоқда.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot

Jizzaxdagi yangi qurilayotgan uylar nega buzib tashlandi?

Batafsil lavhada👆
​​#matbuot_anjumani #DIQQAT_ELON

❗️❗️❗️KADASTRDA MATBUOT ANJUMANI

🔷2021-yilning 29-oktabr kuni soat 15:00 da Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining "Toshkent viloyatida amalga oshirilgan xatlov ishlari yakuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 08-iyundagi PF-6243-son "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🔷Matbuot anjumanida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.Payziev va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i J.Ahrorovlar boshchiligida filiallar rahbarlari hamda masalaga aloqador mutasaddi tashkilotlardan vakillar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
🔷Ushbu matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari hodimlari hamda blogerlarni taklif etamiz!

🏢Manzil: Nurafshon shahar, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 33 uy, Ipoteka banki majlislar zali

📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (99) 087-64-18

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #matbuot_anjumani

Ayni damda ""Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoni ijrosi, sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari" mavzusida Adliya Vazirligi, Bosh prokuratura hamda Kadastr agentligi mas'ullari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Anjumanda Kadastr agentligi Metodologiya boshqarmasi boshlig'i B.Nishonov so'zga chiqib Yer munosabatlarida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib o'tdi.
#Kadastr #Matbuot_anjumani #Davlat_kadastrlari_palatasi #Surxondaryo_viloyati

Hurmatli fuqarolar, jurnalist va blogerlar

📌Joriy yilning 04-noyabr kuni soat 10:00 da Surxondaryo viloyati matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan "Kadastr tizimida Yer nazorati yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Madaniy meros obyektlari yerlarini muhofaza qilish" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

👉 Ushbu matbuot anjumanlariga jurnalistlarni va blogerlarni taklif qilamiz.

📍Manzil: Termiz shahri Barkamol avlod ko‘chasi 30-uy

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #matbuot_anjumani

📢 27-dekabr, dushanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar:

🔰 Matbuot anjumani

● Mavzu: Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish yuzasidan vazifalar ijrosi hamda birinchi marotaba yaratilgan O‘zbekiston Milliy atlasi xususida

● Vaqti: 16:00

● Ishtirok etadi: Kadastr agentligi mutasaddilari

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #matbuot_anjumani

📢 Ayni damda Birinchi marotaba yaratilgan O‘zbekiston Milliy atlasi taqdimotiga bag'ishlangan matbuot anjuman o'z ishini boshladi.

Matbuot anjumanni O'zbekiston24 hamda UzreportTV telekanallari orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.
#Kadastr #Matbuot_anjumani #Xorazm_viloyati

📣Jurnalistlar va blogerlar uchun Matbuot anjumani tashkil etiladi!

Joriy yilning 11- yanvar kuni soat 10:00 da Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda onlayn tizimining afzalliklari" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📍Manzil: Istiqlol ko‘chasi 14-uy Kadastr agentligining Xorazm viloyat boshqarmasi majlislar zali.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Matbuot_anjumani #Surxondaryo_viloyati

📣Jurnalistlar va blogerlar uchun Matbuot anjumani tashkil etiladi!

Joriy yilning 12 - yanvar kuni soat 10:00 da Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan "O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g‘risida" 728-sonli qonuni mazmun-mohiyatini to‘g‘risida mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📍Manzil: Surxondaryo viloyati Matbuot uyi

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman


2021 йил ва 2022 йилнинг ўтган даврида (1 июнь ҳолатига) республика бўйича ер участкасини ўзбошимчалик билан эгаллаш билан боғлиқ 24 511 та ёки 5 164,7 гектар (2022 йилда 7 618 та ёки 2 623,5 гектар) ҳолат аниқланди.

Агентлик органлари томонидан берилган ёзма кўрсатмалар асосида 11 228 та ҳолатда 3 050,5 гектар (46%) майдондаги қонунбузилишларни ихтиёрий бартараф этилиши таъминланди.

Ўзбошимчалик билан эгалланган майдонларни қайтариш, ноқонуний қурилмаларни буздириш ҳақида судларга 11 637 та ёки 1 456,5 гектар (2022 йилда 2 757 та ёки 427,2 гектар) даъво аризалари киритилди.

Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
Атабек Аллаберганов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman

Ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаш ҳолатлари бор, ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш ҳолатлари бор. Бу иккала тушунчани бир-биридан фарқлаб олиш керак.

Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаси
— қонунчиликда белгиланган тартибда ажратилмаган (реализация қилинмаган), шу жумладан, берилган (реализация қилинган) ер участкасининг чегаралари ваколатли органлар томонидан натурада (жойнинг ўзида) белгиланмаган, ер участкасига бўлган ҳуқуқни тасдиқлайдиган ҳужжатлар берилмаган ҳолда фойдаланилган ер участкаси.

Ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш – ер участкаларини ажратиб бериш ҳужжатларида белгилангандан бошқа мақсадда фойдаланиш ёки белгиланган муддатларда фойдаланмаслик дегани.

Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
Атабек Аллаберганов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman

Ер ва кадастр назоратини автоматлаштириш, коррупция ҳолатларини олдини олиш мақсадида ерга оид ҳуқуқбузарликларни аниқлашдан бартараф этилгунга қадар мониторингини юритувчи “E-YER NAZORAT” автоматлаштирилган ахборот тизими амалиётга жорий этилди.

Кадастр агентлиги бошқарма бошлиғи
Мурод Файзуллаев

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt