Kadastr - Live
4.67K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#geodeziya #topografiya

Taxeometr - (bu yunoncha ταχύς, - "tez") masofani, gorizontal va vertikal burchaklarni o'lchash uchun geodezik vositadir. Takrorlanmaydigan teodolitlar sinfiga yaqin bo'lib, yerning topografik o'lchashda joylarni belgilash, nuqtalarining balandliklari va koordinatalarini aniqlash, trigonometrik tekislash, relef nuqtalarining koordinatalari va balandliklarini aniqlash va hokazolar uchun ishlatiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #aerogeodeziya #topografiya

◾️Республика аэрогеодезия маркази Жаҳон банки иштирокидаги “Кадастр ва кўчмас мулкни рўйхатга олиш тизимларини модернизация қилиш” инвестиция лойиҳасини бажармоқда.

Республикамиздаги ердан фойдаланувчиларнинг ер майдонларини хатловдан ўтказиш ишларини жадаллаштириш мақсадида DMCIII русумли аэрофотокамерадан фодаланилмоқда.

Олинган суратлардан Сирдарё, Жиззах, Фарғона, Наманган ва Андижон вилоятларида 1:10 000 ва 1:2000 масштабдаги ортофотопланларни яритиш мақсадида GPS қурулмаларидан фойдаланган ҳолда планли ва баландлик нуқталарини олиш ишлари олиб борилмоқда.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #Aerogeodeziya #topografiya

Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan bajarilayotgan geodeziya va topografiya ishlari.

Navoiy viloyatida jami 868 ta, shundan: 407 ta (GPS, toposiyomka, ortofotoplan ishlarida foydalaniladigan) triangulyatsiya punktlari va 461 ta (balandlik aniqlashda foydalaniladigan) nivelir belgilari tekshirildi.

450 ta (balandlik aniqlashda foydalaniladigan) nivelir koordinatalari aniqlandi.

(Andijon, Namangan, va Farg‘ona viloyatlari obyekti) Namangan viloyatining 6136 km2 (64 varaq) 1:25 000 masshtabli raqamli topografik kartalar yaratildi

Sirdaryo va Jizzax viloyatining 1:10 000 masshtabli raqamli ortofotoplanlarni yaratish maqsadida An-2 samolyoti va “DMC” III aerokamera yordamida aerosuratga olish ishlari bajarildi hamda 230 ta 1:10 000 masshtabli raqamli ortofotoplanlar yaratildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook