Kadastr - Live
4.57K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Bu_qiziq
Ushbu xarita Photoshop hamda Illustrator dasturlari yordamida yaratilgan bo'lib, Buyuk Podshoh boshqaruvidagi cho'lda joylashgan eng kuchli mamlakat Samarqand xaritasidir. Xaritani Avstriyalik taniqli fentezi-rassom Robert Altbauer yaratgan. U o'zining rasmlarini kompyuter o'yinlari va ilmiy fantastika romanlari uchun illustratsiyalar sifatida yaratdi. Ushbu xaritada u ingliz so'zlarini arab yozuviga moslagan holda tasvirlagan. Samarqandning mazkur noyob xaritasi bugungi kunda dunyoning eng chiroyli xaritalar safiga kiritilgan.
#Bu_qiziq

Avstraliyadagi bitta "Anna Krik" yaylovi Isroil davlatining umumiy maydonidan kattadir.

Anna Krik yaylovi dunyodagi eng katta ferma hisoblanadi. Uning umumiy yer maydoni 23 677 kvadrat kilometr, Isroil davlatining umumiy maydoni esa 22 145 kvadrat kilometrni tashkil etadi.

Mazkur yaylov 1863 yilda tashkil etilgan.

Manbaa: Adme.ru
#Bu_qiziq

O'lik dengizi dengiz sathidan pastroqda joylashgan.

Har yili O'lik dengizining sho'r suvlari 1 metrga tushadi. Hozirda O'lik dengizi dengiz sathidan 430 metr pastda joylashgan.
#Bu_qiziq

Futbol komandalari bir-birlariga qarshi Yerning ikkita yarim shahrida bir vaqtning o’zida maydonga tushishlari mumkin.

Braziliyadagi "Estadion Milton Korrea" stadioni "Zeran" (portugal tilidan-"katta nol") nomi bilan ham mashhur. Uning ikkinchi nomi ushbu maydonining qoq markazidan ekvator chizig‘ini ya'ni nol parallelini o'tgani uchun kelib chiqqan. Demak shuni aytish mumkinki ushbu maydonga tushgan raqib komandalari nafaqat o'z darvozalarini, balki alohida o'zlarining Yer yarim sharlarini ham himoya qilishadi.