#Yer_kodeksi
Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari;
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
6) o‘rmon fondi yerlari;
7) suv fondi yerlari;
8) zaxira yerlari.

Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi.
Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish yer uchastkalarini berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlarda, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida ko‘rsatiladi.
Yerlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazishning belgilangan tartibini buzish bunday o‘tkazish faktlarini g‘ayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etishga asos bo‘ladi.

Yer tuzish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organining topshirig‘iga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq Davyergeodezkadastr qo‘mitasining organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari tasdiqlanganidan keyin naturaga (joyning o‘ziga) ko‘chirilib, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer uchastkalarining chegaralari belgilangan namunadagi marza belgilari bilan ajratiladi.
Ichki xo‘jalik yer tuzish turi loyihalarining amalga oshirilishi ustidan yer tuzishning tarkibiy qismi bo‘lgan mualliflik nazorati olib boriladi.
Yer tuzish tartibida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.
Yer tuzish tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan, tarixiy-madaniy va boshqa yo‘nalishda tekshirishlar hamda izlanishlar olib borish nazarda tutiladi.

Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan taʼminlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
Yer monitoringini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yer uchastkasi bo‘linadigan va bo‘linmaydigan bo‘lishi mumkin.
O‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan va yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin bo‘lgan yer uchastkasi bo‘linadigan yer uchastkasi hisoblanadi.
Foydalanish maqsadiga ko‘ra mustaqil yer uchastkalariga bo‘linishi mumkin bo‘lmagan yer uchastkasi bo‘linmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi.

🔸Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga keladi.
🔸Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning — diplomatiya korpusi xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiluvchi va yashash uchun guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi ularga uy-joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇
Telegram Instagram YouTube Facebook