Kadastr - Live
4.66K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#BILASIZMI
Amerika Qo'shma Shtatlarida umumiy yer maydonining 22 % qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan bo'lib, uning atigi 13 % qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalaniladi. Qolgan qishloq xo'jaligi yer maydonlari esa avtomobil yo'llarini qurish uchun foydalaniladi.

Afrikada 16% tashkil etivchi qishloq xo'jaligi yerlarining 6 % ishlatiladi.

Yevropa mamlakatlarida 36 % tashkil etadigan ushbu yer maydonlarining 31 % dan foydalaniladi.

Ammo ayrim Osiyo mamlakatlarida esa buning aksidir. Qator Osiyo mamlakatlarida 24% yer maydonlari Qishloq xo'jaligi uchun ishlatiladi, vaholanki qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan yer maydonlari umumiy yer maydonining atigi 20% tashkil etadi.
Савдолар натижаси (21.04.2020)

Бугун 35 та мулк савдога чиқарилди. Шунингдек, бошланғич нархи 1 млрд.сўмлик 44 та мол-мулк 1,3 млрд.сўмга реализация қилинди.

6 та норуда фойдали қазилмаларни қазиш ҳуқуқи:
- Навоий вилоятидаги бошланғич нархи 8 млн.сўмлик Марварид участкаси учун 36 млн.сўм нарх тасдиқланди.

18 та тадбиркорлик учун ер участкалари:
- Фарғонадаги бошланғич нархи 100 млн.сўмлик ер участкаси учун 105 млн.сўм нарх тасдиқланди.

16 та уй-жой қуриш учун ер участкалари:
- Хоразмдаги бошланғич нархи 1,2 млн.сўмлик ер участкаси учун 43 млн.сўм нарх тасдиқланди.

Бундан ташқари, 3 та давлат мулки ижараси ҳамда 1 та кўчмас мулк учун савдолар муваффақиятли якунланди.

Манбаа : E-IJRO AUKSION
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Шавкат Мирзиёев: халқимизнинг олижаноб фазилатлари бугун янада кучлироқ жўш урмоқда

Шавкат Мирзиёев: лучшие человеческие качества нашего народа сегодня проявляются еще сильнее

#Mirziyoyev #videoselektor #pandemiya #Ramazon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Yer_kodeksi
Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
Савдолар натижаси (23.04.2020)

Бугун 34 та мулк савдога чиқарилди. Шунингдек, бошланғич нархи 4,9 млрд.сўмлик 77 та мол-мулк 5,1 млрд.сўмга реализация қилинди.

5 та бошланғич нархи 1 сўмлик бино:
- Тошкент вилоятидаги бўш турган бозор бино иншоотлари учун 39 млн.сўм нарх тасдиқланди.

6 та тадбиркорлик учун ер участкалари:
- Сурхондарёдаги бошланғич нархи 3,6 млн.сўмлик ер участкаси учун 23 млн.сўм нарх тасдиқланди.

37 та уй-жой қуриш учун ер участкалари:
- Қашқадарёдаги бошланғич нархи 611 минг сўмлик ер участкаси учун 8 млн.сўм нарх тасдиқланди.

Манбаа: E-IJRO AUKSION
#Yer_kodeksi

O‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:


1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;

2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari;

3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;

4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;

5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;

6) o‘rmon fondi yerlari;

7) suv fondi yerlari;

8) zaxira yerlari.