#rasmiy
Tayinlov
📌 Amriyeva Madina Supabayevna
Toshkent viloyati Yangiyo'l shahar Yoshlar Ishlari Agentligi rahbari etib tayinlandi.
✅ Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug'ulgan ma'lumoti oliy.
🔖 Bugungi kunga qadar shahar hokimiligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha bosh mutaxasis lavozimida ishlagan.
Kanalga ulanish:↙️
👉@yangiyulshahar

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali "9-maktab yerini yarmini brovga berib yuborilganligi" to‘g‘risida murojaat kelib tushgan edi.
Ushbu murojaat yuzasidan rasmiy munosabat
Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar
✉️Telegram |🌐Youtube |📱Facebook

👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yangiyo‘l shahar "Sabo" mahallasi hududida qurilgan 1 ta 7 qavatli uyning qurilishi yakuniga yetmaganligi va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga ushbu uylar hali topshirilmaganligi to‘g‘risidagi postga rasmiy munosabat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi
PQ-5216-sonli qaroriga asosan Yangiyo‘l shahri, Sabo MFY, 10-uydan 18 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yangi, 1-xonali (har biri 31,8 kv.m) xonadonlar ajratilgan.
Shahar hokimligi va “HOUSE SILVER” MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 2 mlrd. 808 mln. so‘m mablag‘ evaziga 18 ta (har bir xonadon uchun 156 mln. so‘mdan) xonadonlar qurib bitkazildi.
Bitta xonadon bozor narxi 182 mln. so‘mga baholangan bo‘lib, har bir xonadon uchun quruvchi tomonidan 26 mln. so‘m, jami 468 mln. so‘m o‘z yonidan harajatlar qilingan.
Postda ko’rsatilgan qurilishi tugallanmagan xonadon “HOUSE SILVER” MChJ va fuqarolar o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, subsidiya asosida qurilayotgan xonadon bo’lib, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga berilgan xonadonlarga aloqasi yo’q.
Ushbu rasmdagi xonadon “Кушербаевга мурожаат” kanalida 26 noyabr kuni e’lon qilingan bo‘lib, Sabo mahallasida qurilayotgan uylarda ikki xonali xonadonda ishlar to‘htab qolganligidan shikoyat qilgan.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga faqatgina bir xonali xonadonlar 2022 yilning 12 noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi, shahar sektor rahbarlari va faollari, blogerlar ishtirokida tantanali ravishda topshirilgan.
Bunda har bir xonadon egalari shahar hokimligi tomonidan televizor, muzlatkich, gaz plitasi, divan, kiyim shkafi, xontaxta, ko‘rpacha, idish tovoq (komplektda barcha jixozlar – 6 tadan), gilam (5x3 xajmda) bilan ta’minlandi.
Shuningdek, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 202(2)-moddasida yolg'on axborot tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilganligini eslatib o'tamiz.

👍8
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Rasmiy_bayonot
Toshent viloyati hokimligi tomonidan ota-onalarning iltimosiga koʻra, anomal ob-havo tufayli yuzaga kelgan murakkab shart-sharoit tahlil qilindi, ota-onalar kengashi vakillari bilan maslahatlashildi.
Xususan, kelayotgan besh kunlikda ham hudud anomal ob-havo taʼsirida boʻlishi haqidagi mutaxassislarning bildirgisi muhokama qilindi.
Shulardan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyatida Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oʻrta-maxsus taʼlimi muassasalarida oʻqishlar 23-yanvardan boshlanishi haqida qaror qabul qilindi.
Oʻz navbatida, viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarning boshlanish sanasi har bir oʻquv yurtining ichki imkoniyat va shart-sharoitidan kelib chiqib, rektorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
✉️ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Rasmiy #Ogohlik
⚡️Joriy yilning 14-18-fevral kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 14-16-fevralda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Shu yilning 14-18-fevral kunlari kutilayotgan kuchli yogʻingarchilik sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan, viloyatimizning Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraladi.
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

👏2
#Rasmiy
“Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!”
Joriy yilda Navroʻz bayrami mazkur bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruh va yuksak saviyada nishonlanadi
Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.
🌐BATAFSIL

👍1
#Rasmiy_munosabat
‼️Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Олмос мфй. Ахил кўчасида бир фирма сув қувурлари ўтказмоқда..." deb yo‘llangan murojaat yuzasidan munosabat.
"Toshkent suv ta’minoti“ MCHJ Yangiyo‘l shahar bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi.
⭕️ Ushbu murojaat Yangiyo‘l shahar hokimi o‘rinbosari A.Usmonov hamda hudud mas’ul xodimlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 iyul 2019 yil PQ–4409 sonli Qaroriga asosan, ushbu ko‘chaning ichimlik suv quvurlarini yangilash ishlari olib borilayotgan vaqtda pudratchi tashkilot “Corporate Solutions Consulting Limited & Engineering Consultants Groups & Diamond Network Ltd“ tomonidan quvurlar uzib yuborilgan bo‘lib, hozirda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi va ichimlik suv ta’minoti tiklanganligi ma’lum qilinadi.
☎️Murojaat uchun: +998706060214 (dispetcher)
✍️“TOSHKENT SUV TAʼMINOTI“ MCHJ Yangiyo‘l shahar bo‘limi

YANGIYOʻL SHAHRIGA HOKIM TAYINLANDI
Bugun Xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tanqidiy-tahliliy nutq soʻzladi.
Viloyat hokimi oʻz soʻzida Yangiyoʻl shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qilingan ishlar, mavjud kamchiliklar, reja-maqsadlarga toʻxtaldi.
➖Shaharda eng ogʻriqli masala elektr energiyasi taʼminoti boʻlsa, ushbu maqsadlar uchun davlatimiz rahbari tomonidan 9,5 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.
➖Investitsiya dasturi doirasidm oʻtgan yili 10 ta korxona ishga tushgan, afsuski, bu yilga kelib, shundan 5 tasi faoliyat koʻrsatmayapti.
➖ Hokim yordamchilari 2469 nafar fuqaroni ishga joylashishiga koʻmak bergan. Lekin, bu potensialga nisbatan kam. Ayniqsa, “Turkiston”, “Mustaqillik” va “Navroʻz” mahallalarida bu boradagi vaziyat qoniqarsiz.
➖ Investitsiya jalb qilish borasida shaharda oqsoqlik bor. Ikkita eksportyor korxona yaqinda faoliyatini toʻxtatdi, nega shunday boʻldi- birov qiziqmadi, yelka tutmadi tadbirkorga. Bu boradagi reja 13 foizga bajarilgan, xolos.
➖ “Samarqand” va “Baxt” mahallalarida 2021-yili boshlangan qurilish-taʼmirlash ishlari hali yakuniga yetmagan, chala. Umuman, 2021-yil uchun “Obod mahalla” dasturida belgilangan qurilishlar atigi 37 foiz bajarilgan, xolos.
➖ “Yangi bogʻ” mahallasida koʻp qavatli uy qurib foydalanishga topshirilishi kerak edi. Fuqarolar pulni toʻlab qoʻygan. Uy hali chala, qurilish toʻxtab qolgan. Nega deputatlar, jamoatchilik jim? Mojaro yuzaga kelguncha kutamizmi? Bunday holatga endiyam befarq qarash gunoh
➖Yangiyoʻl shahrida boʻladigan sayyor qabul eng ogʻir oʻtadi. Bu yerning xalqi shunchaki shaxsiy masalalar bilangina kelmaydi. Mahalla, shahar hududiga oid dangal masala chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketish katta muammo.
➖ Yangiyoʻl shahrini chiqindilardan tozalash boʻyicha ommaviy safarbarlik boʻlmasa, bir martaga tozalab olinmasa, boʻlmaydi. Uch kun, besh kun, qancha vaqt ketsa ham qilamiz buni. Murojaatlarning 47 foizi shu chiqindi masalasi.
➖ Sobiq hokim Farhod Mirzayev yomon ishlamadi. Uyiga bormay, sogʻligʻiga qaramay ishlaganiga guvohman. Katta tajribasi bor edi. Lekin, bitta inson aravani torta olmaydi. Shahar faollari birikmasa, ish yurmaydi. Bu holat barchaga saboq boʻlishi kerak.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Viloyat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Alovitdin Xusnitdinovich Inagamov
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga asosan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
A. Inagamov 1980-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2009-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ➖ soliq va soliqqa tortish amaliyoti.
Lavozimga tayinlangunga qadar, Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Djurayev Rovshan Kaxramonovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati
Yangiyo‘l shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Djurayev Rovshan Kaxramonovich Yangiyo‘l shahar Gʻaznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
✨Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram

👍8❤2
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Rasmiy
#Tayinlov
Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.
Dastlab, yigʻilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari viloyat va tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.
Shundan soʻng, Hoshimov Shuhrat Oʻrozaliyevich Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Maʼlumot oʻrnida: Sh. Hoshimov 1976-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator masʼul lavozimlarida ishlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
#Tayinlov
Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.
Dastlab, yigʻilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari viloyat va tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.
Shundan soʻng, Hoshimov Shuhrat Oʻrozaliyevich Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Maʼlumot oʻrnida: Sh. Hoshimov 1976-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator masʼul lavozimlarida ishlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy
#tayinlov
📌 G‘oyibnazarov Bobur Sobir o'g'li — Yangiyo‘l shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi.
🔹 G‘oyibnazarov Bobur — 1992-yil Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tugʻilgan.
✅ Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar B.G‘oyibnazarov Yangiyo‘l shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi yetakchi mutaxassisi lavozimida faoliyat olib borgan.
✨ Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram | 🔖 Web-site

👍22👏3⚡1❤1🔥1
#rasmiy
#tayinlov
Abdullayev Abdulhay Qahramon o'g'li - Toshkent viloyati kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo'yicha yagona direksiyasining Yangiyo'l shahar va Yangiyo'l tumaniga biriktirilgan mas'ul vakil lavozimiga tayinlandi.
Abdulayev Abdulhay - Toshkent viloyati Yangiyo'l shahrida tug'ilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar A.Abdullayev Yangiyo'l shahar hokimining o'rinbosari Investitsiyalar, sanoat va savdo bo'limi boshlig'i bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat olib borgan.
✨ Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram | 🔖 Web-site
👍9👏3⚡1🔥1
#rasmiy
📌 Sherov Rustam Nabijonovich -- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiyo‘l shahar bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi.
🔹 R.Sherov -- 1983-yil Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan.
✅ Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Sherov Rustam Nabijonovich Yangiyo‘l tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida faoliyat olib borgan.

👍16🔥2⚡1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#LIVE
#Rasmiy
Ayni paytda Xalq deputatlari Yangiyo`l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda hududdan saylangan deputatlar, shahar huquq-tartibot organlari, hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari, faollar qatnashmoqda.
Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan.
Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda. Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi tanqidiy-tahliliy nutq so‘zlamoqda.
Xususan, viloyat hokimining Sultanov Dilshod Shuxratovichni shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi. So`zga chiqqanlar bu borada o`z fikr-mulohazalarini bildirib o`tmoqda.
Sessiya ishi davom etmoqda
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube 📸 Instagram✅ Facebook 🕊 Twitter

👍6👏2❤1🏆1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Rasmiy
Toshkent viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safariga doir axborot
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida boʼlib turibdi. Bu yerda savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish borasida bir qator manfaatli uchrashuvlar oʼtkazilmoqda.
Muzokara va muloqotlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ikki xalq oʼrtasidagi doʼst-birodarlikni mustahkamlashga qaratilgan oqilona siyosati yuksak ijobiy samara berayotgani qayd etildi. Bugun birgina Toshkent viloyatida 700 dan ortiq Xitoy kapitali ishtirokidagi qoʼshma korxona faoliyat yuritmoqda, ularda oʼn minglab vatandoshimiz mehnat qilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasida Zoyir Mirzayev Shandun provintsiyasi tadbirkorlari bilan muloqot qildi. Muzokaralarda sanoat, qurilish, maishiy xizmat koʼrsatish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari xususida soʼz bordi. Shuningdek, aholi dam olish maskanlari, xiyobon va istirohat bogʼlarini qayta tiklanuvchi energiyaga oʼtkazish, "Xitoy tajribasi" asosida qayta jihozlash borasida tomonlar fikr almashdilar.
Muzokaralarda Shandun provintsiyasi ilmiy-ommabop tadqiqotlar assotsiatsiyasining bosh kotibi Su Chjitszyun, «Sky Success International Investment Co.» i «Sky Asia International Investment Limited» kompaniyasi direktori Sun Xayfen, «Zhongru Ke Xinda Construction Group Co.» qurilish kompaniyasi bosh direktori Gao Szyunxay singari 10 dan ortiq taniqli tadbirkor ishtirok etdi.
Toshkent viloyati hokimligi va «Beijing China sciences runyu environmental technology co ltd» kompaniyasi oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga koʼra, Yangiyoʼl shahrida qiymati 120 million АQSh dollari boʼlgan chiqindini qayta ishlash zavodi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushsa, kuniga 800 tonna chiqindi yoqish orqali ishlaydigan elektr stantsiyasi aholiga xizmat koʼrsatishni boshlaydi.
Mazkur loyihani kelgusida yanada kengaytirib, kunlik quvvatini 4 ming tonna chiqindini zararsiz yoqish, elektr energiyasi ishlab chiqarish koʼzda tutilmoqda. Yaratilayotgan ish oʼrni 150 nafardan ortiq. Stantsiya toʼliq quvvat bilan ishga tushganida, sarmoyaviy miqdori 400 million АQSh dollariga yetishi kutilmoqda.
Vakillarimiz bugun kunning ikkinchi yarmida Аnxoy provintsiyasi Xefey shahriga joʼnab ketishdi. U yerda ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishuv, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy muzokaralar oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

👍3
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Rasmiy #Oфициально
Azamat Mirzayev Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi
Toshkent viloyati hokimligida faollar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Majlisda viloyatda qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi mavjud holat tahlil qilindi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Mirzayev Azamat Egamberdiyevichni Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlash haqidagi qarori o‘qib eshittirildi. Azamat Mirzayev tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
________
Азамат Мирзаев назначен прокурором Ташкентской области
В хокимияте Ташкентской области состоялось видеоселекторное совещание с участием актива области. На совещании рассматривалось положение дел в столичном регионе относительно обеспечения верховенства закона.
Также на видеоселекторном совещании был рассмотрен организационный вопрос. Присутствующим было зачитано решение Генерального прокурора Республики Узбекистан о назначении Азамата Эгамбердыевича Мирзаева прокурором Ташкентской области. Азамат Мирзаев до этого назначения работал на должности прокурора Навоийской области.
В работе совещания принял участие и выступил с речью Генеральный прокурор Республики Узбекистан Нигматилла Юлдашев.