Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
2.57K subscribers
33.3K photos
4.39K videos
162 files
12.1K links
Shahar hokimligi Axborot xizmati

https://www.facebook.com/yangiyulshahar

https://www.youtube.com/@yangiyolshahar

https://twitter.com/yangiyolshahar

https:

Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятига ташрифини Баҳоуддин Нақшбанд мақбарасини зиёрат қилишдан бошлади.

Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Бухарскую область с посещения мавзолея Бахоуддина Накшбанда.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Ziyorat

TOSHKENT VILOYATI HOJILARI HAJ AMALINI ADO ETDILAR

Bu yilgi haj mavsumida oʻzbekistonlik hojilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga butun dunyo musulmonlarining havasi keldi.

Gap shundaki, yurtdoshlarimiz uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan, hammasi hojilar manfaatiga xizmat qiladigan, barcha sharoit yaratilgan joylarda ibodat qilishdi.

Xusuman, Toshkent viloyati hojilari ham zulhijja oyining sakkizinchi kunida haj amallarini bajarishga kirishib, oppoq ehromlarini bogʻlagan holda “labbayka” aytib, Mino vodiysi tomon yoʻl oldilar. Niyat bilan ehromga kirish, Arafotda turish va Baytullohni tavof qilish hajning farzlari sanaladi.

Bu yil Arafot va Muzdalifa Mino vodiylarida ham keng va qulay joylar hozirlashga erishildi va hojilarimizni haj amallarini mukammal ado etishiga asos boʻldi.

Yurtimiz ziyoratchilari arafa kuni erta tongdan hajning yana bir farzini bajarish maqsadida Arafot tomon yoʻl oldilar.

Hojilarimiz Arafot vodiysiga chiqqanlarida Allohdan, avvalo, oʻzlarining gunohlarini magʻfirat qilishni, dillariga tugib qoʻygan niyatlarini, yurtimizni samoviy, aroziy balolardan saqlashini soʻrab, chin dildan duolar qilishdi.

Hojilarimiz Arafot vodiysida kun botgunga qadar duo-yu tazarrularda boʻlib, Muzdalifa vodiysi tomon yoʻl oldilar. Ular Qurbon hayitining uchinchi kuniga qadar muborak joylarda toat-ibodatda bardavom boʻldilar, hajning shaytonga tosh otish, tavofi ifoza, qurbonlik qilish kabi qolgan ruknlarini ham toʻliq ado etdilar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter