Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
2.59K subscribers
33.3K photos
4.37K videos
161 files
12K links
Shahar hokimligi Axborot xizmati

https://www.facebook.com/yangiyulshahar

https://www.youtube.com/@yangiyolshahar

https://twitter.com/yangiyolshahar

https:

Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Download Telegram
#bilasizmi #subsidiya

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨‍💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#Bilasizmi

❗️Isteʼmolchilar ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari lozim.

💰To‘lovning shartnomada belgilangandan kechiktirilgan har bir kuni uchun — yuridik shaxslar 0,4 foiz, jismoniy shaxslar esa 0,1 foiz penya to‘laydilar. Ammo bu ko‘rsatkich jami kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshmasligi lozim.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#Bilasizmi

Ko'p kvartirali uylar yerto'lasida qaysi faoliyat turlari bilan shug'ullanish mumkin emas?  

🚫 Ko'p kvartirali uyning yerto'lasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug'ullanishga yo'l qo'yilmaydi:

▫️uyni
qurishda o'tiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00 dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar;

▫️kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, shuningdek, gaz ballon, kimyo vositalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli bo'lgan boshqa moddalar va materiallar bor bo'lgan mahsulotlarni sotuvchi do'konlar;

▫️o'z ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qo'llovchi kimyoviy tozalash xonalari;

▫️10 tadan ortiq ish o'rniga ega bo'lgan poyabzal tikish va ta'mirlash ustaxonalari;

▫️hammomlar va saunalar;

▫️aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan so'zlashuv punktlari va telegraf;

▫️jamoat hojatxonalari;

▫️marosimlar bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatish muassasalari;

▫️sanoat korxonalari faoliyatining barcha turlari;

▫️uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki ko'paytirishga mo'ljallangan joylar;

▫️jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyixa asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);

▫️yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish.

Bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas.

Bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno.

⚠️ Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishi mumkin emas.

📁 Bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#bilasizmi #huquq

⚡️Yer uchastkasini oldi-sotdi qilish mumkinmi ?

HA !

- Agar yer uchastkasi sizga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

YO‘Q !

- Yer uchastkasi sizga meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

Bugungi kunda qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bo‘sh yer uchastkalarini auksion shakldagi elektron savdolarda mulk huquqi asosida sotib olish mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Mol-mulk va yer solig'i o'z vaqtida to'lanishi lozim


Batafsil infografikada👆

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram | 🔖 Web-site