Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
2.57K subscribers
33.3K photos
4.39K videos
162 files
12.1K links
Shahar hokimligi Axborot xizmati

https://www.facebook.com/yangiyulshahar

https://www.youtube.com/@yangiyolshahar

https://twitter.com/yangiyolshahar

https:

Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Download Telegram
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Baxt" hamda "Navro‘z" mahallalari hududida chiqindilar to‘planib qolganligi to‘g‘risida murojaat yo‘llangan edi. Hozirda ushbu murojaat tegishli mas'ullar tomonidan nazoratga olingan. Mazkur hududlarda to‘plangan chiqindilar olib ketilib, joylarda obodonlashtirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar
#bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish, transport vositalari tirbandliklarining oldini olish, bojxona postlarining oʻtkazuvchanligini oshirish maqsadida

➡️Oʻzbekiston Respublikasining “Gʻishtkoʻprik”, “S.Najimov” va “Navoiy”;

➡️Qozogʻiston Respublikasining “Kazigurt”, “Atameken” va “Qaplanbek” chegara bojxona postlarida qurilish-bunyodkorlik va modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan 2022-yil 1-dekabrdan “Navoiy” (Oʻzbekiston) – Kaplanbek (Qozogʻiston) chegara bojxona postlarida yuk va yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati;

2023-yil 15-fevraldan Qozogʻistonga chiqish yoʻnalishida “S.Najimov” (Oʻzbekiston) – “Kazigurt” (Qozogʻiston), “Sirdaryo” (Oʻzbekiston) – “Atamaken” (Qozogʻiston) oʻtkazish punktlarida yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati vaqtincha cheklangan.

Natijada, aksariyat fuqarolar va yengil avtotransport vositalari haydovchilari “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti orqali harakatlanmoqda va tirbandliklar kuzatilmoqda.

Hozirda mazkur yoʻnalishda “Yallama” (Oʻzbekiston) – “B.Konisbayev” (Qozogʻiston) chegara bojxona posti tunu kun faoliyat koʻrsatmoqda.

Shuningdek, “Malik” (Oʻzbekiston) – “Sirdaryo” (Qozogʻiston), “Oqoltin” (Oʻzbekiston) – “Selinniy” (Qozogʻiston) chegara oʻtkazish punktlari orqali esa kunning yorugʻ vaqtida yengil avtotransport vositalarida hamda piyoda holda harakatlanish mumkin.

“Gʻishtkoʻprik” (Oʻzbekiston) – “Jibek Yoʻli” (Qozogʻiston) chegara bojxona postlari orqali esa piyodalarning harakatlanishlari tavsiya qilinadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Учқун Тиллаев, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист:

— Давлатимиз ёшларга катта эътибор бериб келмоқда. Улар эртанги кунимиз эгалари. 30 апрель куни референдум бўлиб ўтиши кутиляпти, шахсан мен бунга бефарқ эмасман. Барча ёшлар ҳам фаол иштирок этади, деган ниятдаман.

@menbefarqemasman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🌴 Yangiyo‘l shahar hokimi F.Mirzayev boshchiligida Toshkent viloyatidan keltirilgan mevali daraxt ko‘chatlari sektorlar kesimida har bir mahalla raislariga tarqatildi. Ayni damda mahallalarda aholi hamda mahalla faollari tomonidan ko‘chatlar ekilib, hududlarda obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📍Web-site |📥 Instagram |🌐 Twitter
Forwarded from Mirzobek Xasanov (murotovich)
2 йил-у 2 ой.

Бу давр ичида Янгийўл шаҳар ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари сифатида қилинган ишларни сарҳисоб қилиб ёзсам, дафтар ҳам тўларкан.

Шунчаки, мен билан 34 нафар меҳрибонлик уйи тарбияланувчиларига уй берилишида ёнма-ён турганларга, ижтимоий химояга муҳтож оила фарзандларининг ўқув шартномалари тўлаб берилишида елиб-югурган етакчиларга (агентлик ходимларига ҳам), бемор ва операцияга муҳтож ёшларга ёрдам берилишида иштирок этган масъулларга, ёшларимизнинг спорт мусобақаларида иштирок этиши ёрдам қўлини чўзган ҳомийларга, шулар қаторида барча-барчага - раҳмат, борингизга шукр дейман.

2 йил-у, 2 ой давомида Сизлар билан ишлаганимдан бағоят ҳурсандман.
Келгусида ҳам бирга ишлаш насиб қилсин.

Янгийўл шаҳри халқига эса мени ўз фарзандидек қабул қилиб, раҳбар сифатида шаклланишимга кўмак берганингиз учун миннатдорчилик билдираман.


@mirzobek_xasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Prezident farmoni bilan 1-apreldan, pensiya va nafaqalar miqdori, 1-maydan, mehnatga haq to‘lash miqdorlari oshirilmoqda.

Ushbu o‘zgarish yuzasidan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Yangiyo‘l shahar bo'limi yetakchi inspektori N.Kayumova ishtirokida brifing.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📍Web-site |📥 Instagram |🌐 Twitter
#targʻibot

Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukronalik, uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Tinchlikni saqlaydigan omillardan biri – toʻgʻri tafakkur. Zero, toʻgʻri fikrlash barchani har-xil buzuq eʼtiqodlardan, notoʻgʻri yoʻllarga kirib qolishdan asraydi. Odamlar orasida begona yot gʻoyalar tarqalishini oldini oladi.

Diniy qoʻmitaning Yangiyo'l shahar boʻlimi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiyo'l shahar boʻlinmasi bilan hamkorlikda shahar 2-kasp hunar  maktabida “Jaholatga qarshi - maʼrifat” shiori ostida “Islom tinchlik dini” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida maʼnaviyati yuksak, har qanday yot gʻoyalarga chap bera oladigan, oʻzining mustahkam eʼtiqodi va milliy qadriyatlarini mustahkam tutib, undan ogʻishmay yashaydigan xalqni hech qanday kuch yenga olmasligi, jaholatga qarshi faqatgina maʼrifat bilan kurashmoq darkorligi uqtirildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangiyo'l shahar bo'linmasi.
#iftorlik

Avval xabar berganimizdek, muborak Ramazon oyi munosabati bilan joylarda ro'zadorlar, ijtimoiy ko'makka muhtoj va daftarlarda turuvchi fuqarolar va ularning oila a'zolari uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda.

Xususan, bugun "Baxt" mahallasida shahar hokimligi hamda “Mahalla” hayriya jamoat fondi shahar bo‘linmasi tomonidan mazkur mahallada yashovchi aholiga, ro‘zadorlarga va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila a'zolariga iftorlik dasturxoni yozildi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📍Web-site |📥 Instagram |🌐 Twitter
Forwarded from Янгийул СУВОКОВА (Rixsibayeva_D🐼)
Ёмғир ёғишига қарамай масъул ҳодимлар томонидан Олтинобод мфй ҳудудидаги носозликлар таъмирланмоқда.

Таъмирлаш ишлари якунига етгандан сўнг ичимлик сув таъминоти тикланади.

Маълумот учун:

☎️+99870-606-02-14(диспетчер)
     +99897-871-53-13(телеграм)

✍️"ТОШКЕНТ СУВ ТАЬМИНОТИ"  МЧЖ Янгийўл шахар бўлими ижро назорати бўлими

@yangiyulsuvsoz