Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
2.59K subscribers
33.2K photos
4.36K videos
161 files
12K links
Shahar hokimligi Axborot xizmati

https://www.facebook.com/yangiyulshahar

https://www.youtube.com/@yangiyolshahar

https://twitter.com/yangiyolshahar

https:

Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest
#03_10_2022

Toshkent viloyatida "Temir daftar",  "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bo‘yicha hafta davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/yangiyulshahar
Audio
#Dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, qisqa satrlarda bugun hududlarda mazkur sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishtiramiz.

🔘Chirchiq shahri. Shaharda joylashgan jismoniy tarbiya va sport universitetining 1100 talabaga moʻljallangan 9 qaqatli yotoqxonasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

🔘Qibray tumani. Joriy yil "Obod qishloq" davlat dasturi doirasida "Taraqqiy" va "Birlik" mahallalarida jami 15 mlrd 524 mln. soʻmlik ishlar amalga oshiriladi.

🔘Piskent tumani. Piskent aylanma yoʻlining Birlik mahallasidan Mingtepa mahallasiga qadar oʻtgan qismida taʼmirlash ishlari boshlandi.

🔘Toshkent tumani. Hasanboyda eski bino oʻrnida yangi 500 oʻrinli 3-qavatli Maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilindi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman masʼullari bunyod etilayotgan Prezident maktabida boʻlib, u yerdagi qurilish-taʼmirlash ishlari holatini koʻzdan kechirishdi.

🔘Chinoz tumani. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Investitsiya dasturlari asosida bir qator obyektlarda qurilish va taʼmirlash jarayonlari jadal davom etmoqda.

🔘Yangiyoʻl shahar. Shahar hokimi F. Mirzayev "Yangi hayot" mahallasi hududida tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uylarning holati, qurilish sifatini oʻrgandi.

🔘Boʻstonliq tumani. “Tashabbusli byudjet” loyihalari asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

🔘Boʻka tumani. Ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday? Mutasaddilar bu jabhada olib borilayotgan ishlarni oʻrganishdi.

🔘Bekobod shahar. "Sirdaryo" mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida koʻp qavatli uylarning mavsumga tayorgarlik holati, ichki yoʻllar hamda infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha ishlar koʻzdan kechirildi.

🔘Olmaliq shahar. Shaharda yana bir xususiy klinika faoliyat boshladi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Toshkent viloyatida har bir hafta kuniga nom berilgan. Jumladan shanba qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar, "Yashil makon" loyihasi bilan izchil shugʻullanadigan kun sifatida eʼlon qilingan.

Bu borada viloyatda qanaqa ishlar amalga oshirilmoqda? Bugungi qisqa xabarlarda shu haqda.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Hudud rahbari Ixtiyor Qosimov tumandagi paxta korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirib, tegishli mas'ullar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi.

🔘Yangiyo'l shahri. Yangiyo‘l shahar dehqon bozoriga sayohat

🔘Bo'ka tumani. Bir guruh deputatlar paxta yig'im-terimida ishtirok etishdi.

🔘Chirchiq shahri. "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Chirchiq shahriga 27 ming tup mevali va manzarali daraxtlar ekilishini jadal tashkil etilmoqda.

🔘Toshkent tumani. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, Aholi bandligiga komaklashish markazi, Ekologiya bolimi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🔘Zangiota tumani. Aholini arzon narxlarda qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida zahira yaratilmoqda. Bugungi kunda 886 tonna kartoshka, 121 tonna piyoz, 325 tonna sabzi, 163 tonna guruch zahirasi yaratish rejalashtirilgan.

🔘Qibray tumani. Qibray tumanidagi "Munisaid" ma'suliyati cheklangan jamiyatda tumanda faoliyat yurituvchi 50 nafar fermer xotin-qizlar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba – hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganilib, muhokama qilinadigan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kun sifatida belgilangan. Qisqa xabarlarda olib borilayotgan ishlarga nazar tashlaymiz.

🔘Boʻka tumani. Nizomiddin Abbosov rahbarligida ijro intizomi hamda murojaatlar bilan ishlash boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Ishsiz ayollar bandligini taʼminlash maqsadida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida 21 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi.

🔘Ohangaron tumani.Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi 100 nafar xotin-qizlar uchun sayohat tashkil etildi.

🔘Ohangaron shahri. 100 nafar xotin-qizlarYangi Oʻzbekiston” bogʻida bo‘lishdi.

🔘Zangiota tumani. Oʻrta ovul” hududida hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan xotin-qizlar madaniy hordiq chiqarishdi.

🔘Qibray tumani.Temir qadam-Artikova Shohista” fermer xoʻjaligi rahbari Shohista Artikova imkoniyatlardan unumli foydalanib, yiliga 250 mln. soʻm daromad olmoqda.

🔘Parkent tumani. “Boyqozon” mahallasidagi imkoniyati cheklangan fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi.

🔘Boʻstonliq tumani. 14 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirildi.

🔘Piskent tumani. Tekstil korxonasi 800 ta ayolga ish taklif etdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Keksalar va ayollar Samarqandga sayohat qilishdi.

🔘Chinoz tumani.Oʻrinboy hoji” fermer xoʻjaligi dala shiyponida “Xalqaro qishloq ayollari” kuni munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

🔘Bekobod tumani. Hokim o‘rinbosari jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tanqidiy tahlil qildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH
#Dayjest

Dushanba – hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganilib, muhokama qilinadigan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kun sifatida belgilangan. Qisqa xabarlarda olib borilayotgan ishlarga nazar tashlaymiz.

🔘Yoshlar ishlari agentligi. Toshkent viloyati Yoshlar ishlari agentligi rahbari Miraziz Mirsultonovning maʼlum qilishicha, viloyat agentligi yoshlarni zamonaviy kasblarga yoʻnaltiradigan yangi loyihani ishga tushirmoqda.

🔘Ohangaron shahri. Ayollar daftari”da turuvchi 50 nafar xotin-qizlar Buxoro shahriga sayohatga yuborildi.

🔘Oqqorgʻon tumani. 29 mahalladagi ayollar faollariga soʻngi rusumdagi planshetlar topshirildi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida navbatdagi “hokimlik soati” yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Boʻka tumani. Tuman hokimligida “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi bajarilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilindi.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga tadbirkorlik koʻnikmalarini shakillantirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilindi.

🔘Qibray tumani. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻgʻil-qizlarningning 651 nafariga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amaliy yordam berildi.

🔘Bekobod tumani. “Farhod”, “Beshyuz” va “Saryuz” mahallalarida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar oʻrtasida huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.

🔘Piskent tumani. Joriy yilning 3-choragida Piskent tumani hokimligi Vasiylik kengashi tomonidan “Yoshlar daftari”dagi 108 nafar yoshga kontrakt toʻlovlari hamda moddiy yordam va davolanish harajatlari uchun jami 346 mln 576 ming soʻm mablagʻ toʻlab berilgan.

🔘Zangiota tumani. Zangiota tumani Madaniyat saroyida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔘Chinoz tumani. Mahallalardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan yordamlarning haqqoniyligi oʻrganildi.

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni

🔘Oqqoʻrgʻoʻn tumani. “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan oʻgʻil-qizlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib boʻlgan mahalla yoshlari shahar bosqichida ishtirok etadi.

🔘Yangiyoʻl tumani. 87 nafar doimiy daromadga ega boʻlmagan, ishsiz yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezervi uchun 6 mln. 467 ming 600 soʻmdan, jami 569 mln. 148 ming 800 soʻm badal pullari toʻlab berildi.

🔘Boʻstonliq tumani. “Qoʻshqoʻrgʻon” mahallasi hokimi yordamchisi oʻtgan 9 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.

🔘Olmaliq shahri. 4-maktabda jurnalistika sohasi boʻyicha yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔘Chinoz tumani. Hokim yordamchilari tashabbusi bilan "Yovvosh" va "Ehtirom" mahallasidagi 4 nafar fuqaroga kredit asosida issiqxona qurib berildi.

🔘Boʻka tumani. Korxona-tashkilot rahbarlari 44 ta mahallada faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.

🔘Angren shahri. Hududdagi ixtisoslashtirilgan 34-sonli maktab-internatida “Barmoqlarda olam tafti” nomli koʻrik-tanlov oʻtkazildi.

🔘Bekobod shahri. “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan
oʻgʻil-qizlarga amaliy yordam koʻrsatildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Guliston” mahalla fuqarolari yigʻinida jami 30 nafar fuqaroga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yetakchilar va yoshlar bilan muloqot kuni

🔘Olmaliq shahri. “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi doirasida sportning “Yengil atletika” turi boʻyicha musobaqalarning shahar bosqichi oʻtkazildi.

🔘Bekobod tumani. Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalangan Sitora Egamqulovaga Bekobod shahrida joylashgan koʻp qavatli turar joydan barcha sharoitlarga ega boʻlgan xonadon ajratildi.

🔘Boʻka tumani. Tumandagi 44 ta mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazilib, 9 oylik faoliyat sarhisob qilindi.

🔘Yangiyo'l shahri. "Temir daftar", “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga subsidiya asosida zarur asbob-uskunalar berildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman Sardorlar Kengashi aʼzolari uchun seminar-trening oʻtkazilib, bugun yurtimizda yosh avlodga qaratilayotgan eʼtibor hamda kelgusida qilinishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida oʻzaro fikr almashildi.

🔘Angren shahri. “Kimyogar” stadionida ish boshlagan Angren shaxmat klubiga yangi shaxmat doskalari sovgʻa qilindi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar maktabida 400 dan ortiq yoshlar bilim olish bilan bir qatorda kasb-hunar sir-sinoatlarini ham oʻrganishmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Boʻston” mahallasida joylashgan “Imom Sulton” maqbarasida tuman hokimi va uning mahallalardagi yordamchilari ishtirokida mevali va manzarali koʻchatlar ekildi.

🔘Oqqo‘rgʻoʻn tumani. “Guliston” mahallasida endi yangi kutubxona bunyod etiladi. Respublika koʻrik-tanlovida yoshlar yetakchisi Azamat Namozov mahallasi uchun 2000 dona kitob yutib oldi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘
Ohangaron shahri. Shahar hokimligining navbatdagi yigʻilishida qishloq xoʻjalik mahsulotlari zahiralarini yaratish, “Yashil makon” davlat dasturi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

🔘Bekobod tumani. Bekobod tumani hokimligi masʼullari yangi haftani ijro intizomini tahlil qilish bilan boshladilar.

🔘Chinoz tumani.Kattatepalik” mahalla fuqarolar yigʻinida xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlash markazining ochilish marosimi oʻtkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi U.Atemov raisligida tumanda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Davlatimizning yoshlarga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrligi “Guliston” mahallasida istiqomat qiluvchi Sarvinoz Ashirova hamda Sevinch Abduvaliyeva misolida yana bir bor oʻz ifodasini topdi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimi hamda sektor rahbarlarining mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi.

🔘Bo’ka tumani. Tuman hokimi Nizomiddin Abbosov boshchiligida ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash ahvoli muhokama qilindi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi boshchiligida boʻlib oʻtgan navbatdagi “hokimlik soati”da kommunal qarzdorliklarni undirish, “Yashil makon” dasturi, tashkilotlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, shuningdek, qurilish, bunyodkorlik ishlarining borishi tahlil qilindi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba — viloyat hokimligida hamda hududlarda, korxona va tashkilotlarda ijro intizomining ahvolini oʻrganish va muhokama qilish kuni. Shuningdek, mazkur sanada “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlab, muammolar oʻrganiladi va amaliy yordam koʻrsatiladi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Bugun tuman hokimi rahbarligida oʻtkazilgan “Hokimlik soati”da kun tartibiga kiritilgan bir qator dolzarb masalalar ijrosi tahlil qilindi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan 3-sonli tayanch maktabida davra suhbati oʻtkazildi.

🔘Olmaliq shahri. Soʻfi Olloyor mahallasi hokim yordamchisi Eldor Nazarov xatlov jarayonida oʻzini oʻzi band qilish istagini bildirgan fuqarolar bilan xonadonbay ishlab, ularga amaliy koʻmak bermoqda.

🔘Ohangaron tumani. “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash orqali oʻz daromadlariga ega boʻlishlarini taʼminlashda tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi amaliy natijalarga erishmoqda.

🔘Ohangaron shahri. “Orzu” mahallasida yashovchi Dilnoza Tuygʻunovaning oilaviy ahvoli oʻrganilib, unga amaliy yordam beriladigan boʻldi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Hudud rahbari tegishli masʼullar bilan birga “Yangibogʻ” mahallasidagi gaz va elektrga doir muammolarni oʻrgandi.

🔘Zangiota tumani. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan hokim yordamchilari tavsiyasi asosida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” roʻyxatida turuvchi fuqarolarning 21 nafariga subsidiya ajratildi.

🔘Parkent tumani. Tuman hokimi olis hudud hisoblangan “Yangi Sanganak” mahallasi ahli bilan uchrashdi.

🔘Qibray tumani. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish borasidagi vazifalar ijrosida sezilarli natijalar kuzatilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Shanba - Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun. Dayjestimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritiladi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tomonidan limonchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga subsidiya

🔘Yangiyoʻl shahri. Hokimlik tomonidan “Sabo” mahallasida arzonlashtirilgan koʻchma oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Bekobod tumani. Gʻalla agrotexnikasiga bagʻishlangan amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tibbiyot birlashmasi hududidagi 1 gektar maydonda viloyat tibbiyot xodimlari tomonidan “Tibbiyot bogʻi” barpo etish ishlari boshlab yuborildi.

🔘Bekobod shahri. Ishchi guruh tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida taʼlim muassasalarida ekilgan koʻchat va qalamchalar parvarishi oʻrganildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Umarjon Kamolov 40 sotixli yer maydonida 6 ta issiqxona tashkil etib, yangi ish oʻrinlari yaratdi.

🔘Qibray tumani. Arzonlashtirilgan yarmarkada kunlik istеʼmol va bayram dasturxoni uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlari savdosi yoʻlga qoʻyildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Yangibozor dehqon bozori maʼmuriyati va departament tomonidan tuman markazidan olis hududlarda joylashgan "Buloqboshi", "Jalibel", "Qangli" mahallalari aholisi uchun koʻchma savdo yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Chirchiq shahri.Maxam-Chirchiq” AJ da statsionar kinetik turbinali gidroagregat loyihasi tajriba tariqasida ishga tushirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘
Yangiyoʻl shahri. Navbatdagi muloqotda sektor rahbarlari hudud yoshlarining bandlik, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun kredit va yer olish kabi turli murojaatlariga javob berishdi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar sektor rahbarlarining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 17 nafar yoshga bir marotabalik moddiy yordam va shaharda oʻtkazilgan “Hokim kubogi” musobaqalarida qatnashib, oʻrin olganlarga sovgʻalar topshirildi.

🔘Chinoz tumani. “Yovvosh” mahallasilik Toʻrabek Parmonov, Maftuna Toʻlaganova hamda Bibigul Pirmatovalar mahalladagi hokim yordamchisining koʻmagida oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini boshladilar.

🔘Toshkent tumani. Mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan oʻtkazilgan xatlov davomida aniqlangan vaqtincha ishsiz hamda oʻzini oʻzi band qilish uchun hunar egallagan ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimining yoshlar vakillari bilan bu galgi uchrashuvi odatdagidan noanʼanaviy shaklda oʻtdi.

🔘Nurafshon shahri. Yangi tizim asosida hududlarni mahallabay rivojlantirish imkoniyati “Chigʻiriq” mahallasidagi hokim yordamchici Odiljon Ataullayev faoliyatida ham aks etmoqda.

🔘Parkent tumani. Tuman hokimi Shohrux Shoahmedov Zarkent qishlogʻidagi uch mahallaning hokim yordamchilari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Taraqqiyot” mahallasining ichki koʻchalari “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida asfaltlashtirilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘Statistika boshqarmasi. Oʻtgan yilning yanvar-noyabr oylarida shaxsiy fuqarolik obyektlaridagi qurilishlar jami bunyodkorlik ishlari hajmining 21,7 foizini tashkil etib, bu boradagi oʻsish koʻrsatkichi 104,7 foizga yetdi.

🔘Olmaliq shahri. Shahardagi 12 ta mahalla fuqarolar yigʻini idorasi uchun yangi binolar bunyod etilishi belgilangan boʻlib, ayni paytda “Ramazon” mahallasi binosi qurilishi jadal olib borilmoqda.

🔘Parkent tumani. Zarkent qishlogʻidagi “Davlatobod” mahalla fuqarolar yigʻini uchun yangi idora binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

🔘Ohangaron tumani. Oʻtgan 2022-yilda tumandagi 7 ta maktabga yangi qoʻshimcha binolar qurilib, 5 ta maktab kapital taʼmirdan chiqarildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Tumandagi 15 ta mahalla idorasi binosini yangidan qurish rejalashtirilgan boʻlib, masʼullar pudrat tashkilotlari bilan ularni tez va sifatli bunyod etish yuzasidan maslahatlashib oldilar.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shaharning “Nov” mahallasi “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgan boʻlib, Oybek nomli koʻchaning 2,1 kilometr qismi asfaltlandi.

🔘Bekobod tumani. Tumanning eng olis hududlaridan boʻlgan “Dehqonobod” mahallasida 5,5 mlrd soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan oʻrganildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi gemodializ boʻlimi, Ayollar reabilitatsiya markazi hamda 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabi foydalanishga topshirildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tumandagi 8-umumtaʼlim maktabining davlat dasturi asosida ajratilgan 12 mlrd soʻm mablagʻ hisobidan barpo etilgan 330 oʻrinli yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH