Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.59K subscribers
28.4K photos
3.51K videos
95 files
11.9K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
Bugun Yangiyoʻl tumanida...

Haqiqat mahallasining Gulbahor va Ibrat koʻchalarida ichimlik suvida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi.

Bugun kun davomida Tuyaboʻgʻiz, Xalqobod, Qoʻshyogʻoch, Epkendi va Navbahor mahallalarida ijtimoiy yordamga muhtoj, nogironligi boʻlgan xonadonlardan xabar olindi va oziq-ovqat mahsulotlari, sovgʻalar yetkazib berildi hamda bayramona kayfiyat ulashildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍14👏3🔥1
Yaxshi koʻrsatgichlarga ega boʻlgan yoshlar yetakchilari taqdirlandi

Yangiyoʻl tumanidagi 64 nafar yoshlar yetakchilari tomonidan 2023 yil davomida mahallalardagi yoshlar bilan olib borgan amaliy ishlari yuzasidan yil yakuni boʻyicha yaxshi natijalarga erishgan, ish samaradorligiga ijobiy taʼsir etgan, faol mahalla yetakchilarining bir guruhi tuman hokimi O.Ataullayev tomonidan taqdirlandi.

Dastlab, tuman hokimi barchani yangi yil bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.

Shundan soʻng, yil yakuniga qadar yoshlar masalalariga oid bajarilgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Uchrashuv yakunida yoshlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍27🔥1
Yangi yil bayrami va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi

Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 30-dekabrdan 2-yanvargacha ketma-ket 4 kun dam oladi. SSV matbuot xizmati shu kunlari navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalari roʻyxatini eʼlon qildi. Yaʼni davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda aholiga xizmat koʻrsatadi.

— 207 ta tuman va shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari,


— 1074 ta oilaviy poliklinikalar,

— tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,

— ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,

— tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira oʻrinlari yaratilgan.

Yurtimiz boʻyicha 2835 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

Bundan tashqari, 229 ta tugʻuruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍5
Ezgu niyatli tashabbuskorlar

Yangiyoʻl tumani Shodlik mahallasi hududidagi kam taʼminlangan oilalarning 12 nafariga 4-sektor rahbari O.Saidov tomonidan 6 nafariga boʻlsa homiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Shu bilan bir qatorda tashabbuskor homiylar tomonidan 13 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga qishki kiyimlar va oʻyinchoqlar ham olib borildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍11👏1