Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.51K subscribers
27.6K photos
3.43K videos
87 files
11.7K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
#bugunning_mavzusi

Ob-havoning keskin sovib ketishi kommunal sohalar vakillari va mahalliy mutasaddilar zimmasiga kechiktirib boʻlmaydigan qoʻshimcha vazifalar yuklamoqda. Barchaning diqqat-eʼtibori vujudga kelayotgan avariya holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish, joylarda elektr, gaz va issiqlik taʼminotini barqarorlashtirishga qaratilgan.

Qisqa satrlarda shu mavzuda soʻz boradi.

🔘Qibray tumani. Keskin sovib ketgan ob-havo tufayli elektr energiyasiga boʻlgan talabning ortishi natijasida yuzaga kelayotgan muammolar Qibray tumani elektr tarmoqlari korxonasi tezkor guruhi tomonidan bartaraf etilmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Chirogʻi oʻchgan xonadonlarni yorugʻlik bilan taʼminlash maqsadida tuman nurchilari yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish uchun astoyidil ishlashmoqda.

🔘Chirchiq shahri. Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli joylarda energiya taʼminotida avariya holatlari koʻpaymoqda. Chirchiq shahri elektr tarmoqlari korxonasi 24 soatlik rejimda faoliyat yuritmoqda.

🔘Zangiota tumani. “Fayz”, “Turkiston” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlovchi nasos agregatida yuzaga kelgan avariya tezkorlik bilan bartaraf etildi.

🔘Ohangaron shahri. “Qoʻrgʻon” mahallasida yuzaga kelgan nosozlik tufayli Ohangaron va Yangiyer koʻchalari elektrsiz qoldi, vaziyat tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.

🔘Boʻka tumani.Boʻka tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimiga qarashli mahalliy tarmoqlarda gaz bosimning pasayishi tufayli idora mutahassislari gazning mahallalararo toʻgʻri taqsimlanishini muntazam nazorat qilmoqdalar.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman gaz va elektr taʼminoti idoralari joylarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etish asnosida aholidan qoʻlbola elektr va isitish moslamalaridan foydalanmaslikni soʻrashmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bilasizmi

❗️ Yangi Mehnat kodeksiga koʻra, dastlabki sinov faqat xodimni ishga qabul qilish chogʻida belgilanishi mumkin. Xodim boshqa ishga oʻtkazilayotganda va boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilganda dastlabki sinov belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
🥕 Oʻzbekiston qiymati 10,9 mln. AQSH dollariga teng sabzi eksport qilgan

🏢 Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatga qiymati 10,9 mln. AQSH dollariga 61,2 ming tonna sabzi eksport qilgan.

📌 Sabzi eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,8 ming tonnaga koʻp.

Oʻzbekiston sabzi mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

🥕 Qozogʻiston – 26,7 ming tonna
🥕 Qirgʻiz R. – 26,7 ming tonna
🥕 Rossiya – 6,4 ming tonna

2022-yilning 10 oyida xorijga eng koʻp sabzi eksport qilgan hududlar:

🥕 Andijon viloyati – 21,1 ming tonna
🥕 Fargʻona viloyati – 8,9 ming tonna
🥕 Xorazm viloyati – 5,1 ming tonna

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Onlayn
Sessiya

Xalq deputatlari Yangiyo‘l tuman Kengashining VI chaqiriq navbatdagi LIII sessiyasi boshlandi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Yangiyo‘l tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri A.Xalikov Toshkent viloyati Xalq ta’lim boshqarmasini boshlig‘i A.J.Kamolovni 2022 yil 8 noyabr kunidagi 01-01/1-939-sonli hatiga asosan, Yangiyo‘l TXTB tasarrufiga kiruvchi 8,22,32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga direktorlarni tasdiqlash maqsadida nomzodlar bilan maʼruza qilmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#ЭЪЛОН

☝️ 2022 йил 13 декабрь куни соат 11:00да Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтади. Унда депутатлар томонидан Қонунчилик палатаси Кенгашининг навбатдаги йиғилишида кўриб чиқилиб тасдиқланган бир қатор қонун лойиҳалари муҳокама қилиниши режалаштирилган. Мажлис Қонунчилик палатасининг youtubeдаги канали орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилади.
___________________________________

13 декабря 2022 года в 11:00 состоится очередное пленарное заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса. В ходе заседания предусматривается обсуждение ряда проектов законов, рассмотренных и утвержденных на очередном заседании Кенгаша нижней палаты парламента. Заседание будет транслироваться в прямом эфире на YouTube-канале Законодательной палаты.

Facebook | Telegram | YouTube| Instagram| Veb-sayt| ParlamentTV
Onlayn
Sessiya

O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgust kunidagi 265-I-sonli Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, Yangiyo‘l tuman Tibbiyot birlashmasini, 2022 yilning X oyi mobaynida amalga oshirgan ishlari yuzasidan Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori S.Umirzoqov hisoboti tinglanmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Onlayn

Yangiyoʻl tumani markazidan uzoq masofada boʻlgan mahalla hududlaridagi aholiga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etish boshlandi.

Ayni damda 2-sektor hududining Olmazor mahallasi markaziy qismida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etilgan.

Mazkur hudud yaqinida istiqomat qiluvchi aholini yarmarka bozoriga taklif etamiz.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site