Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.3K subscribers
25.4K photos
3.19K videos
72 files
10.9K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
#Dayjest

Yaqinda viloyat hokimi raisligida hududdagi xalq taʼlimi tizimi faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan muloqotda tizimdagi kamchiliklar roʻy-rost bayon etilib, ayrim XTB mudirlari va maktab direktorlarini lavozimidan ozod etish tavsiya qilindi.

Bugun taʼlim muassasalarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etib, taʼlim sifatini oshirish masalalariga bagʻishlangan muhokamalar boʻlib oʻtmoqda. Quyidagi dayjestimiz shu haqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. 34-umumtaʼlim maktabi direktori oʻrinbosari taʼlimni isloh qilish borasida oʻz taklifini bildirdi.

🔘Olmaliq shahri. Hokim oʻrinbosari va Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri raisligida 19-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazildi.

🔘Piskent tumani. Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Otabek Sultonbekov tumandagi maktablarda boʻlib, taʼlim samaradorligi, bitiruvchi yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlari, pedagog kadrlar salohiyati va maktablarning reyting darajasini tahlil qildi.

🔘Bekobod tumani. 21-maktabning oʻquv tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari taʼlim muassasasini qizil toifadan chiqarishga harakat boshlanganini aytdi.

🔘Angren shahri. 40-umumtaʼlim maktabi direktor oʻrinbosari taʼlim masalalariga bagʻishlangan yigʻilish yuzasidan munosabat bildirdi.

🔘Qibray tumani. Hudud rahbari boshchiligida oʻtgan yigʻilishda oʻquvchilarning oliy taʼlimga kirish koʻrsatkichlari aniq raqamlar asosida tahlil qilinib, ayrim rahbarlarga ogohlantirish berildi.

🔘Toshkent tumani. 12 va 22-umumtaʼlim maktabi direktorlari omma oldida taʼlim sifatini koʻtarishga vaʼda berishdi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri rahbarligida mavjud vaziyat tahlil qilinib, oliy taʼlimga kirish darajasi eng past boʻlgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter