Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.21K subscribers
25.9K photos
3.24K videos
77 files
11.1K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
Мunosabat

📲 Yangiyoʻlliklar telegram kanali orqali "Yangiyul tumani Gulbog MFY Lazzat-2 koʻchasi Vodokanalga ish bor" murojaatiga rasmiy munosabat.

‼️Ushbu murojaat yuzasidan Yangiyoʻl tuman boʻlimi mas’ul hodimlari tomonidan oʻrganilib chiqilib nosozlik zudlik bilan bartaraf etilganligini ma’lum qilamiz.

"TOSHKENT SUV TAMINOTI"  MCHJ Yangiyoʻl tuman boʻlimi

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

https://t.iss.one/yangiyul_tuman
#axborot_siyosati

Axborot va matbuot sohasi vakillari bilan muloqotlarimiz muntazam davom etadi — Zoyir Mirzayev

🌐
BATAFSIL

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#кун_тартиби

"Давлат тизими ишлаётганини кўрсатиб берсангиз, одамларнинг кайфияти ўзгаради..."

Бугун матбуот ва ахборот соҳасида олдимизда ҳали қилиниши керак бўлган ишлар кўп. Шу мақсадда вилоятимиздаги соҳа вакиллари билан йиғилиб, айнан шу масалалар ҳақида фикрлашдик. Ахборот хизматлари учун шарт-шароитлар яратиш, даврий нашрлар фаолиятини тубдан яхшилаш, соғлом ахборот муҳитини барқарор ривожлантириш борасида кўплаб таклиф ва мулоҳазалар ўртага ташланди.

➡️Каналга уланиш: https://t.iss.one/Mirzayev_Zoyir

Facebook | Instagram
Audio
Dayjest⚡️

Hududlarda yoshlarni san’at, sport, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha besh tashabbus doirasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Quyida shu haqda.

🔘Olmaliq shahri. “Vasiylik kengashi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda 81 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining muammo va takliflari tinglandi.

🔘Ohangaron tumani. "Nurobod" MFY hokim yordamchisi koʻmagi bilan 20 dan ortiq ishsizlarning bandligi taʼminlandi.

🔘Piskent tumani. Murotalilik yoshlar yetakchisi yordami bilan 5 nafar yoshlar imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorligini boshladi.

🔘Qibray tumani. "Besh tashabbus olimpiadasi"ning sektor bosqichida stol tennisi bo‘yicha 68 ta mahalla a'zolari qizg‘in bahslarga kirishdi.

🔘Angren shahri. 46 ta mahalla fuqarolar yigʻinida sektor rahbari va yoshlar yetakchilari tomonidan "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalari oʻtkazilmoqda.

🔘Yangiyo'l shahri. “Sehrli shaxmat klubi” ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

🔘Bo'ka tumani. Stol tennisi va shaхmat bo’yicha 5 tashabbus olimpiadasi 2-mavsumining 3-sektor bosqichiga start berildi.

🔘Yangiyo'l tumani. 20 nafar yoshlarga subsidiya asosida motokultivator topshirildi.

🔘Toshkent tumani. "Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi bosqichi 2-21-oktabr kunlari o`tkazilshi rejalashtirilgan. Ayni damda musobaqalar davom etmoqda.

🔘Bo'stonliq tumani. Yoshlar stol tennisi, shaxmat va shashka oʻyinlarida oʻzaro bellashmoqdalar.

🔘Bekobod shahri. 4 ta yosh toifasidagi sportchilar mahoratlarini sinovdan o`tkazmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Stol tennisi, shaxmat, shashka musobaqalarining sektor bosqichi gʻolib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.

🔘Zangiota tumani. Mahalla bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan 486 nafar yigit-qizlar tuman bosqichi yo'llanmasi uchun o'zaro bellashdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Malika Isomova hokim yordamchisining tavsiyasi bilan "Hunarmandlar uyushmasi"ga aʼzo boʻldi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH
Mulohaza

"Insonlar seni xato anglaganlariga xafa bo‘lma. Chunki eshitganlari sening ovozing, xayolidan o‘tkazganlari esa o‘z tushunchalaridir".

Mavlono Rumiy

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Bildirish

Yangiyoʻl tumani Qirariq, Obod,  Samarqand, Said ota, Gʻalaba MFY hududlarida elektr ta’minotida 5-oktyabr kuni soat 10:00 dan 12:00 ga qadar elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Hududlar elektr ta’minotida yuzaga kelayotgan kuchlanish pasayish xolatlarini bartaraf etish maqsadida Doʻstlik PS da sozlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Yangiyoʻl tumani ETK

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

https://t.iss.one/yangiyul_tuman
#yer_nazorati
#infografika

⚡️Noqonuniy qurilishni koʻrganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari toʻgʻrisida ma’lumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

Kadastr agentligining Yangiyoʻl tuman boʻlimi

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

https://t.iss.one/yangiyul_tuman
TABIIY GAZ

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4840-sonli qaroriga asosan Yangiyoʻl tumanida bugungi kunga qadar rejalashtirilgan 40952 ta xonadondan 40822 tasiga gaz ta’minoti boʻlimi tomonidan zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalari (EGHU) oʻrnatildi.

Ayrim xonadonlarda hech kim yashamasligi, xonadon egalari boʻlimga murojaat qilmaganligi va hisobdon oʻrnatish uchun imkoniyat yaratib bermayotganligi natijasida hisobdon oʻrnatilmay qolib ketmoqda.

Agarda xonadoningiz Yangiyoʻl tuman gaz ta’minoti boʻlimidan roʻyxatdan oʻtgan va gaz toʻlov daftarchasi (knijka) mavjud boʻlsa lekin zamonaviy EGHU oʻrnatilmagan boʻlsa gaz ta’minoti boʻlimining quyidagi xodimlariga xabar berishingizni soʻraymiz.

ASKUG texniklari
Raximberdiyev Zoxid - 97-746-72-71
Avariya dispetcherlik xizmati - 70-602-26-95
Gaz ta’minoti boʻlimi boshligʻi
Toʻychiyev Umid - 99-871-01-80

⚠️  ASKUG tizimini joriy etish loyihasi yakuniga yetkazilgandan soʻng,  zamonaviy EGHU oʻrnatilmagan xonadonlar gaz ta’minotidan oʻchiriladi.
#Tezkor

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz uchinchi yalpi majlisini joriy yilning 7-oktabr kuni chaqiriladi. Bu haqda Senat Kengashida qaror qabul qilindi.

Qayd etilishicha, navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqiladi. “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi,Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

https://t.iss.one/yangiyul_tuman