Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.22K subscribers
25.9K photos
3.24K videos
77 files
11.1K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
#bilasizmi #huquqvaqti

⚡️Kadastr raqamidagi sonlar nimalarni anglatishini bilasizmi?

Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:

AA : VV : SS : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH,

➡️bunda: AA — mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️VV — mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilma (ma’muriy tuman, viloyat bo‘ysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️SS — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️EE — kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️FFFF — kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

➡️GGGG — yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

➡️NNN — bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli o‘nli son.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Махмудов Адхам
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun asoslar

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

▶️ yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);

▶️ binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

▶️ binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

▶️ binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;

▶️ ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;

▶️ qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

▶️ Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

‼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi. Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi?

Nogironlik pensiyalari qachon umrbod muddatga tayinlanadi?

📌 “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasi “b” bandiga muvofiq, nogironlik pensiyasi quyidagi holatlarda umrbod muddatga tayinlanadi:

- nogironligi boʻlgan 60 yoshdan oshgan erkaklarga;

- nogironligi boʻlgan 55 yoshdan oshgan ayollarga.

🔖 Nogironlik pensiyalari tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan shaxslarni ular nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda kasallik xulosasiga asosan umrbod muddatga ham tayinlanishi mumkin.

📲 Murojaat uchun tel: ☎️+998(70)601-14-09 

Yangiyoʻl tuman Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

Bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi

👨‍🦽Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida boʻlingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qoʻshib hisoblanadi.

____

#знаете_ли_вы

👨‍🦽Время нахождения на инвалидности I и II групп вследствие трудового увечья или профессионального заболевания засчитывается в стаж при назначении пенсии по возрасту и по случаю потери кормильца.

📞+998 (70) 601 14 09

Yangiyoʻl tuman pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (850 000 so‘m);

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari  (850 000 so‘m);

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#bilasizmi

Kimlarga ishga qabul qilishda dastlabki sinov qo'llanilmaydi?

Mehnat qonunchiligida quyidagi ko'rsatilganlarga nisbatan sinov muddati qo'llanilmaydi.

Bu haqda batafsil Yangiyo'l tumani YXKM bosh yuristkonsulti X.Murodjonov ma'lumot berdi.

➡️ Batafsil bu yerda

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#Bilasizmi

Endilikda “Mahalla bankirlari” tayinlanadi

Endi Markaziy bank raisi va uning o‘rinbosarlari hududlarga chiqib, joylardagi bank filiallarining mahallalardagi ishini yangicha yondashuv asosida tashkil qiladi. 2025-yil 1 fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.

Hududiy banklar hamda tuman hokimlari aholini tayyor biznes loyihalari bilan tanishtirib boradi, ularni amalga oshirish ko‘nikmalari o‘rgatiladi.

online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” va “soliq.uz” axborot tizimlari integratsiya qilinib, mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi kunlik tahlil qilib boriladi. Faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan rahbarlarga chora ko‘riladi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida

Mahalla raisining asosiy vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan. Bular; 👇

1. Mahalla obodligini ta’minlash, shu jumladan, «Obod mahalla”, «Obod ko‘cha”, «Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish, «Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

(Har oyda bir marotaba mahalladagi barcha ko‘chalarda ommaviy hashar uyushtiradi, kamida 2 ta ehtiyojmand oilalarning ta’mirtalab xonadonida qo‘ni-qo‘shnilarni jalb etgan holda, hashar tashkil etadi)

2. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib qilish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, to‘y-marosimlarni isrofgarchiliklarsiz ixcham o‘tkazilishini ta’minlash.

(Har chorakda bir marotaba madaniyat xodimlari, yozuvchi va shoirlarning aholi bilan milliy qadriyatlar va urf-odatlarni saqlash, to‘y-marosimlarni ixcham o‘tkazish bo‘yicha uchrashuvlari tashkil etilishini ta’minlaydi)

3. Mahallaga biriktirilgan davlat organlari vakillarini aholi muammolarini hal etishga safarbar etish va muammolarga yechim topishini ta’minlash.

(Fuqarolar yig‘inining Kengashida har oyda kamida 5 ta mahallaga biriktirilgan davlat organlari vakillarining mahallada amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborotini eshitib, muammolarni hal etishda ko‘maklashadi)

4. Mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari, ijtimoiy xodim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, mahallani har tomonlama rivojlantirishda ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

(Har haftada mahalladagi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari, ijtimoiy xodimlar hisobotini eshitadi va ularni har biri har oyda kamida 10 tadan muammoli masalalarni hal etishini nazoratga oladi)

5. Mahalla hududida qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, shu jumladan, ta’lim, tibbiy xizmat, sport, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.

(Har haftada bir marotaba mahalla hududidagi ta’lim tashkilotida o‘quvchilarning davomati, oilaviy poliklinikalarda (qishloq vrachlik punktlarida) aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat va patronaj hamshiralarining oilalarga tashrifi, sport tashkilotlarining aholi uchun ochiqligi, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari atrofining tozaligi hamda daraxtlarni parvarishlash holatini o‘rganadi)

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site