Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.6K subscribers
28.4K photos
3.51K videos
95 files
11.9K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
Маҳаллалардаги "еттилик тизими" фаолиятини янги ёндашувлар асосида ташкил этиш бўйича ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter
👍4
Topshiriq ijrosi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan joriy yilning 26-sentyabr kuni videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda Prezident mahalla boshqaruvi yangi yondashuvlar asosida tashkil qilinishini taʼkidlab oʻtdi.

Mutasaddilarga yangi tizimni yoʻlga qoʻyish, jumladan, mahalladagi muammolarni hal qilishga ilmiy va nodavlat tashkilotlarni ham jalb qilish, ularga alohida grantlar joriy etish, “mahalla yettiligi”ning amalda ishlaydigan aniq vazifalarini belgilash va boshqa tashkiliy-huquqiy masalalar yuzasidan qator topshiriqlar berildi.

Kuni kecha Yangiyoʻl tumani hokimi O.Ataullayev mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan 1-sektor hududidagi mahallalarning mahalla beshligi bilan uchrashdi.

Oʻtkazilgan yakkama-yakka suhbat davomida mahallaning muammolari, takliflari oʻrganildi.

➡️ Batafsil bu yerda

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍6😁2👏1
Onlayn

Yangiyoʻl tumani Gulbahor shaharchasidagi Gulbahor mahallasida ayni paytda “Xon atlas” festivali oʻtkazilmoqda
.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍9🔥1🥰1👏1💯1
Bildirish

Yangiyoʻl TET shuni maʼlum qiladiki, 35/6 kV Niyozbosh PS dan chiquvchi fider Said ota 6 kV yuqori kuchlanishli havo elektr tarmogʻida daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli Said-ota, Samarqand hamda Paxta MFY hududlarida 18:00 ga qadar elektr energiyasi xodimlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida uzilib turiladi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👎3
Serjilo “Xon atlas 2023” festivali

Xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, milliy qadryatlarimizni mazmunan boy etish maqsadida “Xon atlas” festivali bugun Yangiyoʻl tumanida keng masshtabda tantanali tarzda oʻtkazildi.

Dastlab tumanning barcha korxona va tashkilotlari, taʼlim muassasalari bilan milliy libosimiz xon atlaslarda Gulbahor shaharchasining markaziy koʻchasida yurish tashkil etildi.

Shundan soʻng, “Eng sochi uzun qiz” va “Bayramona osh” nominatsiyalariga start berildi.

Shular qatorida xotin-qizlar oʻrtasida “Xon atlas mening milliy libosim, koʻrkim” nomli milliy liboslar koʻrgazmasi namoyish etildi.

“Buvijonlarimiz oʻgiti barchaga ibrat” mavzusida ham milliy qadriyatlarni aks etgan mushoiralar oʻtkazildi.

5-sonli musiqa maktabining oʻquvchi yoshlari ishtirokidagi qoʻshiq va raqslari tadbirga oʻzgacha joziba berdi.

Tadbir yakunida nominatsiya gʻoliblari va ishtirokchilarga Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari Z.Mirgaziyeva hamda tuman hokimi O.Ataullayev tomonidan esdalik sovgʻalari berildi.
👍4🔥1👏1