Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.25K subscribers
25.7K photos
3.21K videos
74 files
11K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
Onlayn

Yangiyoʻl tumani Markaz mahallasida ham ommaviy obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi ekoaksiyada tumanda "Ayollar daftari", "Temir daftari"da roʻyxatida boʻlgan ayollar va oilalarga kuchlar jamlanib tomorqalari ekinga tayyorlanmoqda, daraxt shoxlari butalanib oqlanmoqda, chiqindilardan tozalanmoqda, uy-joylari taʼmirlanmoqda.

Bugungi jarayonlarda Mudofaa vazirligi harbiylari ham faol ishtirok etishmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Onlayn

Yangiyoʻl tumani Qoʻshtepa mahallasida qurulayotgan mahalla guzari hamda yoshlar sayilgohida ayni paytda obodonlashtirish, tartibga keltirish ishlari faol yoshlar yetakchilari va mahalla ahli bilan olib borilmoqda.

Transport, yoʻl va kapital qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari B.Sultonov va tuman hokimi U.Yalgashev mazkur manzilda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib oʻz tavsiyalarini bermoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Onlayn

Yangiyoʻl tumani 4-sektor hududining Shodlik mahallasidan oʻtgan asosiy qatnovda boʻlgan 4k-758г avtomobil yoʻlida tuman Avtomobil yoʻllardan foydalanish UK xodimlari tomonidan asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
❗️Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi

“Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmonga koʻra:

🔸2023-yil 1-apreldan pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi.

🔸2023-yil 1-apreldan Oʻzbekiston hududida:

▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 soʻm;

▫️yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 soʻm;

▫️nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 747 000 soʻm;

▫️mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 747 000 soʻm;

▫️1941–1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 296 000 soʻm;

▫️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 soʻmdan) 747 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 747 000 soʻm;

▫️zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm;

▫️ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 535 000 soʻm;

▫️oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm;

▫️boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 198 000 soʻmdan qoʻshiladi;

▫️boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 535 000 soʻm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.

🔸Shuningdek, 2023-yil 1-maydan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

🔸 2023-yil 1-maydan Oʻzbekiston hududida:

▫️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 soʻm;

▫️bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 soʻm etib belgilandi.

Yangio'l tumani Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi bo'lim boshlig'i R.S.Gulamov

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
“Tanishing yangi kitoblar"

🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangiyo‘l tuman bo‘linmasi, hamda tuman Xalq ta‘limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Kitobxonlik kuni” doirasidagi “Tanishing yangi kitoblar" mavzusida tadbir o’tkazildi.

❇️ Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun hech kimdan qo‘rqmaydi. Kattalarni behurmat qilmaydi. Uning bilimi bor, ilmi bor. Mana nima uchun kitob o‘qinglar deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni bilasiz.

❇️Tadbirda tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda tuman Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi
ishtirok etdi.

❇️Tadbirga kelgan maktab o’quvchilarining yod olgan she’rlari va musiqiy chiqishlari kayfiyatni yanada yuqori bo’lishiga turtki bo’ldi. Qolaversa ma’sul xodimlar tomonidan tayyorlangan savollarga javob bergan yigit-qizlar esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati