Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.22K subscribers
25.7K photos
3.22K videos
75 files
11K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
Audio
#dayjest

Shanba - Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun. Dayjestimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritiladi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tomonidan limonchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarga subsidiya аjratildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Hokimlik tomonidan “Sabo” mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ko‘chma yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Bekobod tumani. Gʻalla agrotexnikasiga bagʻishlangan amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tibbiyot birlashmasi hududidagi 1 gektar maydonda “Tibbiyot bogʻi” barpo etish ishlari boshlab yuborildi.

🔘Bekobod shahri. Ishchi guruh tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida taʼlim muassasalarida ekilgan koʻchat va qalamchalar parvarishi oʻrganildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Umarjon Kamolov 40 sotixli yer maydonida 6 ta issiqxona tashkil etib, yangi ish oʻrinlari yaratdi.

🔘Qibray tumani. Arzonlashtirilgan yarmarkada kunlik istеʼmol va bayram dasturxoni uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlari savdosi yoʻlga qoʻyildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Yangibozor dehqon bozori maʼmuriyati va departament xodimlari tomonidan tuman markazidan olisda joylashgan "Buloqboshi", "Jalibel", "Qangli" mahallalari aholisi uchun koʻchma savdo yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Chirchiq shahri.Maxam-Chirchiq” AJ da statsionar kinetik turbinali gidroagregat loyihasi tajriba tariqasida ishga tushirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi kelayotgan hafta seshanba kuni - 20.12.2022 da boʻlishi kutilmoqda.

Bu haqda Xayrulla Nuriddinov “Menimcha” dasturida ma’lum qildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Hurmatli fuqarolar!

🚌“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati “D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilarni ishga taklif etadi!

Avtobus haydovchisi kasbida ishlang va:
* 15 kunlik ish smenasi;
* Kamida 5-6 mln so`m miqdorida oylik maoshi;
* Maxsus kiyim-bosh;
* Kafolatlangan mehnat ta`tili;
* Yashah joyi (yotoqxona);
* Ahil jamoada ishlash imkoniyatiga ega bo`ling.

📞 Jamoat transporti haydovchisi kasbida ishlash istagida bo`lganlar (71) 233-03-23 va (93) 505-03-23 telefonlari orqali murojaat qilishlarini so`raymiz.

_____________________________________________

Уважаемые граждане!

🚌 АО ”Tашшахартрансхизмат“ приглашает на работу водителей с водительскими правами категории” D"!

Работая водителем автобуса вы будете иметь:
* 15-дневную рабочую смену;
* Ежемесячную заработуюя плату не менее 5-6 млн. сумов;
* Специальную одежду-форму;
* Гарантированный трудовой отпуск;
* Mесто жительства (общежитие)
* Возможность работать в дружелюбной команде.

📞 В связи с этим просим всех желающих работать по профессии водителя общественного транспорта обращаться по телефонам (71) 233-03-23 и (93) 505-03-23.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OILA — MUQADDAS Ijtimoiy rolik

Ushbu lavhani diqqat bilan koʻring. Sizning Oilangiz muqaddas, uni koʻz qorachigʻingizdek asrang!

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
"Ayollar daftari" roʻyxatida boʻlgan 231 nafar xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratildi

Yangiyoʻl tumanida "Ayollar daftari"ning 2-toifasida roʻyxatda boʻlgan “Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan ehtiyojmand xotin-qizlarga imtiyozli kredit ajratish”da mas’ul etib hokim yordamchilari ham koʻrsatilgan.

Hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan tumandagi 231 nafar xotin-qizlar quyidagi yoʻnalishlarda oʻzini-oʻzi band qilgan.

🌱Issiqxona 19 ta
🐏Qoʻychilik 76 ta
🧵Tikuvchilik 99 ta
🐠Baliqchilik 3 ta
🤝Xizmat koʻrsatish 6 ta
🐓Parrandachilik 10 ta
🐝Asalarichilik 2 ta
🍇Uzumchilik 15 ta
🐎Yilqichilik 1 ta

Ushbu yoʻnalishlarni yoʻlga qoʻyish uchun hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan jami 4 757 738 326 (toʻrt milliard yetti yuz ellik yetti million yetti yuz oʻttiz sakkiz ming uch yuz yigirma olti) soʻm imtiyozli kredit ajratildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Imkoniyat, qulaylik va natija

Yangiyoʻl tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari podpolkovnik R.Abdusamatov homiyligida Umid mahallasida yashovchi 2-guruh nogironligi boʻlgan Muhayyo Azimbayeva kir yuvish moshinasi olib berildi.

Gulbahor mahallasining ichki yoʻllarini ta’mirlab, betonlash ishlari olib borilmoqda.

Saxovat mahallasi "Yangi turmush" koʻchasidagi yogʻingarchik va daladan tushgan tashlama suv koʻpayishi oqibatida avariya holatiga kelib qolgan koʻprikning qurilish ishlari boshlangan boʻlib, bugungi kunda ish jarayonlari davom etmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Yangiyoʻl tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi Asliddin Abduvaliyevning sohada amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan ma’lumoti.

➡️ Batafsil bu yerda tanishing

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
#shukuh

Yurtimizda yangi yilning bayramona shukuhi kezmoqda. Yangi yilning qorga belangan, betakror archasi alohida oʻringa ega. Bayram arafasida Toshkent viloyatining markaziy hududlarida oʻrnatilgan yangi yil archalarining manzillari bilan tanishtiramiz.

🔘Bo'stonliq tumani G'azalkent shahri Mustaqillik ko'chasi (hokimligi ro'parasida)

📍
Lokatsiya

🔘Parkent tumani Yoshlar bog
'i

📍
Lokatsiya

🔘Chirchiq shahri Madaniyat ko'chasi (Kimyogarlar madaniyat saroyi)

📍
Lokatsiya

🔘Olmaliq shahri “Oltin olma” xiyoboni hamda “Metallurg” madaniyat saroyi hovlisi

📍
Lokatsiya

🔘Qibray tumani Alisher Navoiy ko'chasi (markaziy stellaning yonida)

📍
Lokatsiya

🔘Ohangaron tumani nurobod qoʻrgʻoni (tuman hokimligi binosi oldidagi maydonda)

📍
Lokatsiya

🔘Quyi Chirchiq tumani Do'stobod shahri (tuman hokimlik binosining yonida)

📍
Lokatsiya

🔘Yangiyoʻl tumani Gulbahor shaharchasining markaziy qismida

📍
Lokatsiya

🔘Chinoz tumani Sharof Rashidov ko'chasi (hokimiyat binosining ro'parasida)

📍
Lokatsiya

🔘Piskent tumani Zahiriddin Muhammad Bobur ko'chasi (yangi istirohat bog'i)

📍
Lokatsiya

🔘Boʻka tumani A.Qodiriy koʻchasi (tuman hokimiyatining oldi tarafidagi maydonida)

📍
Lokatsiya

🔘Toshkent tumani Fayziobod mahallasi, Bogʻi eram koʻchasi (markaziy Madaniyat Saroyi oldida.)

📍
Lokatsiya

🔘Yuqori Chirchiq tumani Yangibozor, mustaqillik ko'chasi (Alisher Navoiy maydoni.)

📍
Lokatsiya

🔘Ohangaron shahar markaziy stadioni

📍
Lokatsiya

🔘Zangiota tumani, Oybek mahallasi, Oybek ko`chasi (markaziy madaniyat bog`i)

📍
Lokatsiya

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nilufar Normirzayeva
📚Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi №145-sonli qarori asosida “Ayollar daftari”ning 3-bosqichi shakllantirildi.

Yangiyoʻl tumanida 3-bosqich “Ayollar daftari” roʻyxatiga 4 171 nafar xotin-qizlar kiritilgan boʻlib, sektorlar kesimiga ajratganda

✏️1 sektor -1 106 ta
✏️2 sektor – 991 ta
✏️3 sektor – 994 ta
✏️4 sektor – 1 080 tani tashkil etadi.

1-toifa: “Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlar”-1085 nafar boʻlib, shu davrgacha ularning doimiy ishga joylashganlari 615 nafar,
vaqtinchalik jamoat ishlariga joylashganlari 66 nafar, kasb-hunarga oʻqitilganlar 73 nafar,
aholi tadbirkorligiga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan subsidiya ajratilib band qilinganlar 27 nafar boʻlib, ularning bandligi ta’minlanib kasb-hunarga oʻqitildi.

Bundan tashqari, 64 ta mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari tomonidan “Ayollar daftari”da turgan, ayollarga oʻz tadbirkorligini boshlash, oʻzini-oʻzi band qilish, uyda oʻtirib daromad manbaiga ega boʻlish maqsadida 158 nafar xotin-qizlarga subsidiya olish uchun tavsiyalar berildi.

Mustaqil ravishda ishga joylashganlar 146 nafarni tashkil etadi.

https://t.iss.one/normirzayeva_nilufar
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга ва Ўзбекистон халқига Мурожаатномаси бошланиш арафасида.

Скоро начнется Послание Президента Шавката Мирзиёева Олий Мажлису и народу Узбекистана.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Oliy Majlisga murojaat qiladi

❗️Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi MTRK teleradiokanallari, shuningdek, nodavlat telekanallar hamda Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirda namoyish etiladi.

Tadbir soat 11.00 boshlanishi belgilangan.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга ва Ўзбекистон халқига Мурожаатномаси бошланди.

Мурожаатноманинг жонли трансляциясини қуйидаги манбаларда:

"O'zbekiston 24", "O'zbekiston" (сурдотаржима билан), "Yoshlar", "Mahalla", "Madaniyat va ma'rifat", "O'zbekiston tarixi", "Sevimli", "Milliy", "Zo'r TV";
"Toshkent", "Dunyo bo’ylab", "Mening yurtim" (русча таржимаси билан);
"Foreign Languages", "UzreportTV" (инглизча таржимаси билан) телеканалларида;
Президент матбуот хизматининг Facebook'даги саҳифасида;
Президент матбуот хизматининг YouTube'даги каналида томоша қилишинг.

Началось Послание Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Олий Мажлису и народу Узбекистана.

Смотрите прямую трансляцию Послания:

на телеканалах "O'zbekiston 24", "O'zbekiston" (с сурдопереводом), "Yoshlar", "Mahalla", "Madaniyat va ma'rifat", "O'zbekiston tarixi", "Sevimli", "Milliy", "Zo'r TV";
"Toshkent", "Dunyo bo’ylab", "Mening yurtim" (с русским переводом);
"Foreign Languages", "UzreportTV" (с английским переводом);
на официальной странице пресс-службы Президента в Facebook;
на канале пресс-службы Президента в YouTube.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга ва Ўзбекистон халқига Мурожаатномаси бошланди.

Давлатимиз раҳбари мамлакатимиз миллий ривожланишнинг янги даврига дадил қадам қўяётгани, ҳаётимизнинг барча жабҳаларида улкан ўзгаришлар юз бераётганини таъкидлади.

“Беҳисоб шукур, бу йил аҳолимиз 36 миллиондан ошди. Ҳар йили сафимизга қарийб 900 минг янги авлод қўшилмоқда.

Ўзбекистон деб аталмиш катта ва иноқ оиланинг ҳар бир аъзоси тинч ва фаровон ҳаёт кечириши учун зарур шарт-шароитлар яратиш учун тинимсиз изланаяпмиз.

Якунига етаётган 2022 йил ғоят мураккаб ва синовли йил бўлди, десам, ҳар томонлама тўғри бўлади.

Ушбу даврда тўплаган тажрибамиз бир ҳақиқатни яққол исботлаб бермоқда: тараққиёт – фақат ва фақат жасоратли меҳнат орқали бўлади!”, - деди Президент.

Facebook|Instagram|Twitter
Давлатимиз раҳбари пандемия, дунёдаги чуқур иқтисодий ва сиёсий инқирозлар, зиддиятларга қарамасдан, халқимизнинг қаҳрамонларча меҳнати билан эришилган айрим ютуқларни айтиб ўтди. Жумладан:

- ялпи ички маҳсулот ҳажми илк бор 80 миллиард доллардан ошди (2018 йилда 52 миллиард доллар бўлган);

- иқтисодиётимизга шу йилнинг ўзида 8 миллиард доллар тўғридан-тўғри хорижий инвестициялар кириб келди, экспортимиз эса 19 миллиард долларга етди (2018 йилда 14 миллиард доллар бўлган);

- бу йил тарихимизда илк бор пенсия ва ижтимоий нафақалар миқдори минимал истеъмол харажатларидан кам бўлмаган даражага олиб чиқилди.

Президент иш ҳақи, пенсия ва нафақалар миқдорини, аҳоли жон бошига даромадларни ошириш сиёсати изчил давом эттирилишини таъкидлади.

Facebook|Instagram|Twitter