Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.24K subscribers
25.7K photos
3.22K videos
74 files
11K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
onlayn
sessiya

Kun tartibiga kiritilgan navbatdagi masala Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida, Yangiyo‘l tuman Sanitariya Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining 2023-yil va 2024 yilning birinchi choragida amalga oshirgan ishlari hamda 2024-yil uchun belgilangan dasturiy rejalari haqida boʻlib, unda Sh.Mirzakamalov - Yangiyoʻl tumani Sanitariya Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi maʼruza qildi.

Shundan soʻng, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida, O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Yangiyo‘l tuman bo‘limining 2023-yil va 2024 yilning birinchi choragida amalga oshirgan ishlari hamda 2024-yil uchun belgilangan dasturiy rejalari haqidagi hisobotni Sh.Abdug‘aniyev - O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Yangiyo‘l tuman bo‘limi boshlig‘i maʼruza qilmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈
onlayn
sessiya

Sessiya davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2024-yil 14-mart kuni Sayxunobod tumaniga tashrifi davomida hamda oʻtkazilgan yigʻilishida berilgan topshiriqlar boʻyicha 20-sonli bayon ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 228-son qarori ijrosi boʻyicha 2024-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Toshkent viloyat IIBB boshligʻi, 3-sektor rahbari general-mayor T.Aripov tumanda faoliyat yuritayotgan 4 ta sektor rahbarlarining hisobotini sessiya ishtirokchilari bilan eshitishi kun tartibiga kiritilgan.

Mazkur masalalar yuzasidan Yangiyo'l tuman 4 ta sektor rahbarlarining  maʼruzalari ham tinglandi.

Kanalga a’zo boʻlish
👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#rasmiy

TAYINLOV

💼 Egamberdiyev Shuhrat Iskandarovich Yangiyoʻl tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

📝 Sh.Egamberdiyev 1972-yilda Xorazm viloyati Bogʻot tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Tibbiyot fanlari nomzodi. Toshkent davlat Tibbiyot institutini 1995-yilda tugatgan. Mutaxassisligi kardioxirurg. Koʻp yillar davomida Ukrainaning Kiyev shahrida akademik Amosov nomidagi yurak qon tomir jarrohligi ilmiy tekshirish institutida malaka oshirib, faoliyat yuritgan.

Mazkur lavozimga tayinlovga qadar Sh.Egamberdiyev Xorazm viloyati koʻp tarmoqli Tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimida faoliyat yuritgan.

📲  Bogʻlanish uchun link @Shuhrat_Egamberdiyev

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasiga taklif etamiz! Yangiyoʻl tumani 2-sektor rahbari tashabbusi bilan yoshlarni, xotin-qizlarni va ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida joriy yilning 16-may kuni “Xalqobod” mahalla fuqarolar yigʻini binosida boʻsh…
Mehnat yarmarkasida boʻsh ish oʻrinlari mavjud 34 ta yirik korxona va tashkilotlar ishtirok etdi

Yangiyoʻl tumani 2-sektor hududida tuman prokurori tashabusi bilan bugun Sayxunobod tajribasiga binoan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada 34 ta yirik boʻsh ish oʻrinlari mavjud boʻlgan korxona va tashkilotlar 470 dan ziyod boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.

Boʻlib oʻtgan  mehnat yarmarkasida 180 nafardan ziyod  fuqarolar ishtirok etib, shulardan 35 nafari kasbga oʻqitishga jalb qilindi.

126 nafar fuqarolar boʻsh ish oʻrinlariga taklif etilib, fuqarolarga kreditlar olish, oʻzini-oʻzi band qilish bandlik yoʻnalishlarida  kerakli maslaxatlar berildi.

Shu munosabat bilan “Yoshlar daftari”da turgan 17 nafar yosh xotin-qizlarga oʻzini-oʻzi band qilish orqali subsidiya tariqasida “Yoshlar jamgʻarmasi mablagʻlari” hisobidan tikuv moshinalari topshirildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site