Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.24K subscribers
26.3K photos
3.28K videos
80 files
11.2K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
Xonadonlarga bayramona kayfiyat ulashilmoqda

Yangiyoʻl tumani 1-sektor hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi xonadonlaridan tuman hokimi O.Ataullayev boshchiligida sektor rahbarlari va hokim oʻrinbosarlari bilan xabar olindi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda bayram sovgʻalari berildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
​​#ibrat

Barcha his-tuygʻular bir orolga dam olish uchun otlanishibdi. His-tuygʻular yaxshi dam olisharkan, orolda kutilmagan xabar tarqaldi: toʻfon yaqinlashayotgan emish va barchaga orolni tark etish tavsiya qilinibdi.

Bu qoʻqqis xabar barchani shoshirib quyib, hamma qayiklarga shoshilibdi. Hatto, shikastlangan qayiqlar ham tuzatilib ishga solinibdi.
Faqat Mehr ketishni istamasmish. Uning hali qiladigan ishlari bor ekan. Osmonda qora bulutlar suza boshlagach, u ham ketishi kerakligini tushunib yetibdi.

Baxtga qarshi, qayiqlarda boʻsh joy yoʻq edi. Mehr atrofga ilinj bilan alanglabdi. Shu payt Boylik qayiqda oʻtib qolibdi.
- Meni qayigʻingizga oling, Boylik, - deb iltimos qilibdi Mehr.
- Yoʻq, - deya javob beribdi Boylik, - qayigʻim qimmatbaho narsalar - oltin va kumushga toʻla. Senga joy yoʻq.

Birozdan keyin Manmanlik oʻtibdi. Mehp unga:
- Menga yordam ber, Manmanlik! Bir oʻzim qolib ketdim, meni oʻzing bilan olib ket, - deb qichqiribdi.
- Yoʻq, ololmayman. Qayigʻim iflos oyoqlaring tufayli bulgʻanishini istamayman! - deb javob qilibdi Manmanlik.

Soʻng Afsus oʻtibdi. Mehr undan ham madad soʻrabdi. Lekin ijobiy javob olmabdi:
- Ololmayman. Men xafaman. Yakka oʻzim qolishni hoxlayman.

Keyin Quvonch oʻtibdi. Mehr yana yordam soʻrab murojaat qilibdi. Biroq Quvonch shu qadar xursand ekanki, atrofga qarab, birovlarning gʻamini tuyolmas ekan.

Mehr tobora holdan toyib, umidsizlanib borardi. Shu on birov uni chaqiribdi:
- Kel, Mehr, men seni olib ketaman.

Mehr kim bu qadar olijanoblik qilganiga hayron boʻlib, qayiqqa sakrab chiqib olibdi va koʻngli xotirjam tortibdi.
Qayiqda oʻtirgach, Mehrning koʻzi Ilmga tushibdi. U hayratini yashirolmay, qiziqib soʻrabdi:
- Hech kim meni qayigʻiga olishni istamayotgan paytda kim meni mardlik qilib olib ketishga rozi boʻldi, Ilm?
- Umi? U Vaqt edi, - deb jilmaygancha javob beribdi Ilm.
- Nega Vaqt meni qayigʻiga olib, xavfsizligimni taʼminladi?
- Chunki faqat Vaqtgina sening buyukliging va nimalarga qodirligingni biladi. Faqat Mehr xotirjamlik va quvonch olib keladi, - deb tabassum bilan javob qilibdi Ilm.

Ha, farovonlikda mehrni pisand qilmaymiz. Obroʻyimiz borida ham mehr haqida unutamiz. Hatto, quvonch va gʻamda ham mehr yodimizdan koʻtariladi. Faqat vaqt oʻtishi bilangina mehrning muhimligini anglab yetamiz.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Zamonaviy qiyofada tosh mahsulotlari qayta ishlab chiqarilmoqda

Yangiyoʻl tumani Qirsadaq mahallasida joylashgan toshni qayta ishlash korxonasida 2023 yilda 31,2 mlrd. soʻmlik 9794,9 tonna tosh mahsulotlari ishlab chiqarilib, bundan 9,7 mlrd. soʻmlik mahsulotlar tashqi bozorga va 21,5 mlrd. soʻmlik mahsulotlar ichki bozorlarda sotilishiga erishilgan.

2022 yilda mazkur korxona 3753,2 tonna mahsulot ishlab chiqargan boʻlsa, 2023 yilda 9794,9 tonna, yaʼni oʻtgan yilgiga nisbatan 6041,7 tonna koʻp ishlab chiqarishga erishilgan.

Hozirda korxonada 70 dan ziyod ishchi xodimlar ishlab kelmoqda. 2023 yildagi eksport hajmi 790 ming dollarni tashkil etadi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Давлат_хизматчисига_тавсия

⚡️Айни дамда нима билан бандсиз?

Вақтни тўғри тақсимлаш — давлат хизматчиси фаолияти самарадорлигининг бош мезони.

Ҳурматли давлат хизматчиси, сиз ўз фаолиятингизда вақтни бошқара оляпсизми? Ушбу роликда сиз учун муҳим тавсиялар берилган.

◽️Барча давлат фуқаролик хизматчиларига томоша қилиш тавсия этилади.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |Murojaat
Bildirish

Yangiyoʻl TET shuni maʼlum qiladiki, 35/10 kV Navbahor PS dan chiquvchi fider Yangihayot 10 kV havo tarmogʻidagi 332-sonli transformatorda nosozlik kuzatildi.

Shu sababli Jambul va Shodlik MFY hududida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda.

Xodimlar tomonidan avariyani bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Tez orada elektr energiyasi qayta tiklanadi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Ижтимоий ҳимоя давлат жамғармаси ташкил этилади

Вазирлар Маҳкамаси “Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлигининг Ижтимоий ҳимоя давлат жамғармаси фаолиятини ташкил этиш тўғрисида” қарор қабул қилди.


Батафсил:
https://uza.uz/posts/553856

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram  | Facebook | Instagram | You Tubе
Bildirish

Yangiyoʻl TET shuni maʼlum qiladiki, Shodlik MFY hududida joylashgan 25-sonli 160 kVA quvvatli transformator nosoz holga kelganligi sababli 250 kVA quvvatlisiga almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu sababli 35/10 kV Qovunchi PSdan chiquvchi fider Kirda 10 kV yuqori kuchlanishli havo elektr tarmogʻi xodimlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida 19:00 dan 20:00 ga qadar oʻchiriladi. Natijada Saxovat, Shodlik hamda Ahil MFY hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#Mahallada_duv_duv_gap

🔰Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiyoʻl tuman boʻlinmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida "Maʼnaviyat mahalladan boshlanadi” mavzusida Qirariq, Obod, Samarqand, Said-ota, Gʻalaba, Yuksalish MFYlar aholisi bilan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-musiqiy tadbiri Said-ota MFYda joylashgan 1-son kasb-hunar maktabida tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiyoʻl tuman boʻlinmasi rahbari S.Tashmatova, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi rahbari N.Normirzayeva, Nuroniylar jamgʻarmasi tuman boʻlimi rahbari B.Xolmirzayev, Said-ota jome masjidi imom xatibi S.Jumanov, harbiy qism xodimi S.Turgʻunboyev hamda shoir Sh.Usmonovlar soʻzga chiqishdi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site