Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.2K subscribers
26K photos
3.24K videos
77 files
11.1K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
Bilimdon oʻquvchilar qoʻllab-quvvatlanmoqda

Yangiyoʻl tumani 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab homiylari tashabbusi bilan oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini oshirish maqsadida, namunali oʻquvchilarga har chorak yakuni boʻyicha “Maktab stipendiyasi” berib boriladi.

2023-2024 oʻquv yilining birinchi chorak yakuni boʻyicha, 10-sinf oʻquvchisi Muazzam Abdurashidova barcha fanlardan yaxshi oʻzlashtirishi va namunali xulqi bilan stipendiyaga munosib deb topildi.

Bugun ertalabki saflanishda stipendiyani Xoʻjaobod MFY Yoshlar yetakchisi F.Ergashev taqdim etdi. Stipendiya har chorak yakuni boʻyicha namunali oʻquvchilarga berib boriladi.

Shu qatorda boshqa sinflardagi a'lo baholar olib, namunali koʻrsatgichga ega boʻlgan oʻquvchilarga ham “Faxriy yorliq”lar berildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Koʻp qavatli uylarning qahraton qish “qilichi”ga tayyorligi koʻrib chiqildi

Qishning qirovli kunlariga ham oz fursat qoldi. Yangiyoʻl tumani hokimi O.Ataullayev Navbahor va Shodlik mahallalaridagi koʻp qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyor holatda boʻlishi kerakligi yuzasidan biroz avval tegishli masʼullarga topshiriqlar bergan edi.

Ana shu topshiriqlar ijrosini tegishli masʼullar bilan koʻzdan kechirdi.

Bugungi kunda har ikki mahalladagi koʻp qavatli uylarning kirish eshiklariga maxsus purjinalar oʻrnatilib, eshiklarning asosiy qismi boʻyoqlandi.

Shuningdek, kirish yoʻlaklariga ham issiqlikni taʼminlash maqsadida kichik romlariga oynalar oʻrnatilmoqda.

Shodlik mahallasi Samarqand koʻchasidagi 30-sonli koʻp qavatli uyning tom qismi PQ-5118-son qarori ilovasiga muvofiq profnastil bilan yopilmoqda.

➡️ Batafsil bu yerda

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#qutlov

MUKOFOTLAR MUBORAK!

Prezident farmoniga ko‘ra, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun 

Bo‘ka tumanidagi 10-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori Salomova Ra’no Xayrullayevna II darajali «Salomatlik» ordeni bilan;

Yangiyo‘l tumanidagi 72-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori Raxmatullayeva Maxbuba Latifovna «Sog‘lom turmush» medali bilan mukofotlandi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Maʼnaviyat_marafoni

🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangiyo‘l tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamkorlikda "Biz bir boʻlsak yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!" g'oyasi asosidagi "Ma'naviyat marafoni" loyihasi doirasida "Assalomu aleykum" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tumandagi 10-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tdi.

📜  "Ma'naviyat marafoni" loyihasi doirasida "Al-Aziz Academy" oʻquvchilari ishtirokida Toshkent shahrida joylashgan "Adiblar xiyoboni"ga sayohat tashkil qilindi.

🏤 Shuningdek, "Milliy qadriyatlar" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tumanning 40 va 45-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etildi.

📌 Dunyoda har bir millat va xalqning o‘zligini anglashi va asrashi, sha’nini ulug‘lashida qadriyatlarning o‘rni beqiyos.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#ibrat

QASOS

Bir odam ikkinchisidan qasos olish maqsadida ilon sotib olishga qaror qilibdi.

Niyati shunday qilish ekanki – ilon oʻsha aybdorni chaqib olsin. Buning uchun u tunda, hamma uyquga ketgan paytda, hech kim koʻrib qolmasligi uchun ilon ovchisining huzuriga  boribdi.

Shosha-pisha duch kelgan ilonni tanlabdida pulini berib, uni qoʻyniga solib qoʻyibdi. Oʻch olish niyatini oʻzgalar koʻzidan maxfiy tutish maqsadida shu holida uyiga ravona boʻlibdi. U tez orada aybdor bilan uchrashib, uni ilonga chaqtirishni uyushtirishga umid qilibdi.

Biroq nasib qilmagan ekan, intizorlik bilan kutilgan uchrashuv choʻzilib ketibdi. Natijada alamzada odam rejasini amalga oshirishga payt poylab, qayerga borsa ham ilonni qoʻynida olib yurishga majbur boʻlibdi.

Va nihoyat ular uchrashgach odam oʻylaganini amalga oshiribdi. Qarshisidagi aybdor ogʻriqdan "dod” deb yuboribdi.
- Nega baqirasan? - deb soʻrabdi alamzada, - men yigʻlamayapman-ku!

- Sen nimaga yigʻlashing kerak? Ilon seni chaqmadi-ku! - deb qoʻlini  ushlagancha taʼna qilibdi aybdor.

- Nima?! Badanimni qaragin. Seni jazolash uchun ilonni yonimda olib yurganimda tanamni tishlayverib qay  ahvolga keltirdi. Yaxshiyamki zaharli emas ekan...

Shu soʻzlarni aytib alamzada odam koʻylagini ochib, yaralarini koʻrsatibdi. Aybdor unga tikilib oʻyga tolibdi.

- Nega indamaysan? - debdi  alamzada.

- Oʻylab qoldim. Birgina kichik qasos olishga oʻzingni shunchalik qiynashing shartmidi? Arzirkanmi shunga shuncha azoblanish? Endi oʻylanish navbati qoʻynida ilon olib yurgan  odamga kelibdi....

P. S.: Kimdandir alamzada boʻlib, buni ichimizda saqlab yursak, faqat va faqat oʻzimizga jabr qilamiz. Alamlarimiz qoʻynimizdagi ilonga aylanib qolmasin...

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Ertaga Nurafshon shahrida "Jurnalistlar bog‘i"ga tamal toshi qo‘yiladi. Shu munosabat bilan barcha jurnalist va blogerlarni hasharga chorlaymiz!

Bugun bo‘lajak bog‘ga ekiladigan ko‘chat, buta va anvoyi gullar uchun chuqurlar qazildi, tayyorgarlik taxt holatga keltirildi.

Tadbir bugun soat 09:00 da Nurafshon shahrida boshlanadi.

📍Lokatsiya

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Янгийўл туманида «Инсон» ижтимоий хизматлар маркази очилди
#9nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#yashil_makon

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nurafshon shahrida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazilib, “Jurnalistlar bogʻi” tashkil etildi.

Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi hamkorligida oʻtgan aksiyada 1000 nafarga yaqin jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari, norasmiy axborot agentliklari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Aksiya doirasida Nurafshon shahri stellasi atrofidagi koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan 6.8 gektar maydon jurnalist va blogerlar mehnati bilan obod etildi. Jarayonda hududning tuproq iqlim sharoitiga mos boʻlgan 6 ming 400 tup pavloniya, bagryanik, yasin va safora nihollari oʻtqazildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter