Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.21K subscribers
25.9K photos
3.24K videos
77 files
11.1K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Италия Республикаси Президенти Сержо Маттарелланинг музокаралари якунида Қўшма баёнот қабул қилинди. Давлат раҳбарлари ҳузурида қатор келишувлар имзоланди.

По итогам переговоров Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Итальянской Республики Серджо Маттареллы принято Совместное заявление. В присутствии глав государств подписан ряд соглашений.

#Mirziyoyev #tashrif #Italiya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Yoshlar_etakchilari_faoliyati

Tuyaboʻgʻiz mahallasi yoshlariga xomiylar tomonidan sport kiyimlari taqdim etildi.

Ozod mahallasida subsidiya asosida tikuv moshinasi olgan yoshlar xonadoni oʻrganildi.

Qoratepa mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun qishki kiyimlar tarqatildi.

Said ota mahallasida yashovchi yoshlar sportning milliy kurash musobaqasining viloyat bosqichida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Qirsadaq hamda Xonqoʻrgʻon mahallalarida yashovchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 3 nafar yoshlarga kontrakt pullari toʻlab berildi.

Yangiyoʻl tuman yoshlar yetakchilari tomonidan hashar tashkil etildi va “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishdi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Bilimdon oʻquvchilar qoʻllab-quvvatlanmoqda

Yangiyoʻl tumani 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab homiylari tashabbusi bilan oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini oshirish maqsadida, namunali oʻquvchilarga har chorak yakuni boʻyicha “Maktab stipendiyasi” berib boriladi.

2023-2024 oʻquv yilining birinchi chorak yakuni boʻyicha, 10-sinf oʻquvchisi Muazzam Abdurashidova barcha fanlardan yaxshi oʻzlashtirishi va namunali xulqi bilan stipendiyaga munosib deb topildi.

Bugun ertalabki saflanishda stipendiyani Xoʻjaobod MFY Yoshlar yetakchisi F.Ergashev taqdim etdi. Stipendiya har chorak yakuni boʻyicha namunali oʻquvchilarga berib boriladi.

Shu qatorda boshqa sinflardagi a'lo baholar olib, namunali koʻrsatgichga ega boʻlgan oʻquvchilarga ham “Faxriy yorliq”lar berildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Koʻp qavatli uylarning qahraton qish “qilichi”ga tayyorligi koʻrib chiqildi

Qishning qirovli kunlariga ham oz fursat qoldi. Yangiyoʻl tumani hokimi O.Ataullayev Navbahor va Shodlik mahallalaridagi koʻp qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyor holatda boʻlishi kerakligi yuzasidan biroz avval tegishli masʼullarga topshiriqlar bergan edi.

Ana shu topshiriqlar ijrosini tegishli masʼullar bilan koʻzdan kechirdi.

Bugungi kunda har ikki mahalladagi koʻp qavatli uylarning kirish eshiklariga maxsus purjinalar oʻrnatilib, eshiklarning asosiy qismi boʻyoqlandi.

Shuningdek, kirish yoʻlaklariga ham issiqlikni taʼminlash maqsadida kichik romlariga oynalar oʻrnatilmoqda.

Shodlik mahallasi Samarqand koʻchasidagi 30-sonli koʻp qavatli uyning tom qismi PQ-5118-son qarori ilovasiga muvofiq profnastil bilan yopilmoqda.

➡️ Batafsil bu yerda

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
#qutlov

MUKOFOTLAR MUBORAK!

Prezident farmoniga ko‘ra, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun 

Bo‘ka tumanidagi 10-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori Salomova Ra’no Xayrullayevna II darajali «Salomatlik» ordeni bilan;

Yangiyo‘l tumanidagi 72-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori Raxmatullayeva Maxbuba Latifovna «Sog‘lom turmush» medali bilan mukofotlandi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Maʼnaviyat_marafoni

🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangiyo‘l tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamkorlikda "Biz bir boʻlsak yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!" g'oyasi asosidagi "Ma'naviyat marafoni" loyihasi doirasida "Assalomu aleykum" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tumandagi 10-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tdi.

📜  "Ma'naviyat marafoni" loyihasi doirasida "Al-Aziz Academy" oʻquvchilari ishtirokida Toshkent shahrida joylashgan "Adiblar xiyoboni"ga sayohat tashkil qilindi.

🏤 Shuningdek, "Milliy qadriyatlar" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tumanning 40 va 45-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etildi.

📌 Dunyoda har bir millat va xalqning o‘zligini anglashi va asrashi, sha’nini ulug‘lashida qadriyatlarning o‘rni beqiyos.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site