Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.48K subscribers
27K photos
3.39K videos
84 files
11.5K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
#Profilaktika_kuni

Bugungi yoshlar yuksak ma’naviyatga ega boʻlishi kerak

Yangiyoʻl tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari podpolkovnik R.Abdusamatov M.Ulugʻbek mahallasidagi 50-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda Mingbuloq mahallasidagi 52-umumiy oʻrta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida uchrashuv tashkil etdi.

Suhbat davomida davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar tushuntirilib, yoshlar ongiga salbiy ta’sir etuvchi gʻoya va takliflardan ehtiyot boʻlish kerakligi bugungi zamon talabi ekanligi alohida ta'kidlab o'tildi.

Mutloq "gʻolib boʻlib" yoshlar ongiga ruhiy va jismoniy zarba beruvchi taqiqlangan psixotrop dorilar iste’molidan saqlanish kerakligi videorolik orqali tushuntirib berildi.

➡️ Batafsil bu yerda

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
VORISLIK-NIMA BILASIZMI?

Vorislik
– shaxsning vafotidan keyin unga xususiy mulk asosda tegishli bo'lgan mol-mulkning, shuningdek meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ba'zi huquq va majburiyatlarning merosxo'rlarga o'tishidir.

Bu haqda batafsil Yangiyo'l tumani adliya bo'limi etakchi maslahatchisi N.Anarqulova ma'lumot berdi.

➡️ Batafsil bu yerda

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Yangiyo‘l tumandagi “Mumtoz servis Yangiyo‘l tumani” BSK tomonidan “Ahil” MFYdagi ko‘p kvartirali 23-uyning yerto‘la qismidagi issiqlik quvurlari taʼmirlandi (Foto)
__________________________________

Тошкент вилояти Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси: Янгийўл тумандаги “Mumtoz servis Yangiyo‘l tumani” БСК томонидан “Ahil” МФЙдаги кўп квартирали 23-уйнинг ертўла қисмидаги иссиқлик қувурлари таъмирланди (Фото)

🌐 www.toshvil-jko.uz

|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Yangiyoʻl tumani Obod mahallasida yashovchi Jahongir Mirzayev mahalladagi yoshlar yetakchisining va’dasiga ishonib Turkiya davlatidan qaytib keldi.

Xoʻsh, yoshlar yetakchisi va’daga vafo qildimi?

Haa, yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasiga asosan Jahongir bepul harbiy xizmatga borib keldi.

Hozirgi vaqtda esa "Perilla Food" korxonasida 25 nafar ishchi xodimlarga ish boshqaruvchi rahbar.

Ha aytgancha, bundan tashqari Jahongir Milliy gvardiyaga ham xujjatlarini topshirib qoʻygan, natijasini kutamiz.

Saxovatdan gapiramiz deb bong urayotgan yetakchi Azamxoʻjaning mahalladagi yoshlari ham yetakchidan minnatdor.

➡️ Bularning barchasi batafsil bu yerda

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Brifing

Joriy yil 1-oktabrga qadar aholi uchun elektr va gaz tarmoqlariga inson omilisiz avtomatlashtirilgan tarzda ulanish nuqtalarini tanlash tizimi yaratiladi.

2023-yil 1-martdan boshlab elektr va gazdan foydalanishdagi huquqbuzarliklar boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish va tegishli ma’lumotlarni “E – ma’muriy ish” tizimiga kiritish tartibi joriy etiladi;

Oʻzenergoinspeksiya 2023-yil 1-mayga qadar yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash hamda ularni onlayn rasmiylashtirish uchun barcha xodimlarni maxsus planshetlar bilan ta’minlanadi;

Bundan tashqari, mavjud elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamasi belgilangan me’yordan oshgan taqdirda, ularga yangi iste’molchilarni ulash qat’iyan taqiqlandi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Issiqxonada daromadlar turi ortmoqda

Yangiyoʻl tumani Darxon mahallasi Gʻalaba koʻchasida yashovchi Akbarali Safarov bolaligidan issiqxonaning daromad sirlarini oʻrganib, bugungi kunda asosiy yoʻnalishiga ega boʻlgan.

Oʻtgan yillar davomida pomidor, bodring, koʻkatlar, rediska kabi poliz mahsulotlarini ekib daromad olgan.

Bugungi kunda gulchilik yoʻnalishini ham kengaytirib, Oʻzbekiston bozorlari boʻylab sotishni yoʻlga qoʻygan.

Akbarali oʻz qiziqishlari safiga xonadonida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida "Vishinka" nomli qoʻziqorinlarni etishtirishni ham yoʻlga qoʻygan.

Xullas, izlagan imkon topar degan iboraga Akbaralining faoliyatini sizga qisqacha misol qildik.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятига ташрифини Баҳоуддин Нақшбанд мақбарасини зиёрат қилишдан бошлади.

Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Бухарскую область с посещения мавзолея Бахоуддина Накшбанда.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter