Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.25K subscribers
25.6K photos
3.21K videos
74 files
11K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
Yangi massivlar qurish uchun investorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

Yangiyoʻl tumani Gulbahor shaharchasi hududida "Mening birinchi uyim" dasturi asosida 5 ga yer maydoniga koʻp qavatli turar joy binolarini qurish uchun yer maydoni tanlanib taklifi kiritildi.

Qurilishi rejalashtirilayotgan koʻp qavatli uylarning manzili bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O.Xakimov, Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari D.Adilov, Yangiyoʻl tumani hokimi U.Yalgashev ishtirokida Тurkiyalik investorlar tomonidan oʻrganildi.

Agar ushbu taklif hukumat darajasidagi rahbarlar tomonidan ma’qullansa loyiha asosida qurilish ishlari amalga oshiriladi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Sayyor qabul natilari

Kuni kecha Yangiyo'l tuman DMTT tomonidan o'tkazilgan sayyor qabulda tumanning davlat maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri hamda 20 ta tashkilot direktorlari soha bo'yicha murojaatlarini o'rganishdi.

Shuningdek, O'zbekiston bekati MFY aholisidan 10 nafar murojaatchilar ishtirok etishdi. 14-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotiga xodimlar va bolalar qabuli bo'yicha murojaatlar tushib, savollarga Maktabgacha ta'lim bo'lim tomonidan ijobiy javoblar berildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
ССВ огоҳлантиради: Пақилдоқлар болаларда бир умрлик оғир асоратлар қолдириши мумкин

Пиротехника воситалари шовқинидан қаттиқ қўрқиш туфайли руҳий бузилиш, сурункали асаб ва қон-томир тизими касалликлари ва қандли диабет келиб чиқиши мумкин. Ҳомилага зиён етиши эҳтимоли юқори.

👉 https://kun.uz/19565119

Kun.uz расмий канали
“Farzandimga kitob sovg‘a qilaman”

🔰Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiyo‘l tuman bo‘linmasi hamda Yangiyo‘l tuman Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda Yangiyo‘l tumani 13-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida kitob savdo yarmarkasi o‘tkazildi. Bu yarmarkada maktab ustozlari, o‘quvchilari va ota-onalar faol ishtirok etdishdi.

📚Kitob savdo yarmarkasiga bag‘ishlangan tadbirda o‘quvchilar kitob, uning inson hayotidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar aytishdi. Ota-onalar ham farzandlarini kitobxon bo‘lishi uchun qanday ishlarni amalga oshirayotganlari haqida gapirib berishdi.

👨‍🎓Yosh kitobxonlar o‘zbek va jahon adabiyoti xazinasidan saralab olingan asarlar, xususan, she’rlar, qissalar, ertaklar, afsona va rivoyatlar hamda zamonaviy adabiy jarayon bilan ham yaqindan tanishdilar.

✍️Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiyo‘l tuman bo‘linmasi

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Huquq va biz

YANGI MEHNAT KODEKSIDA NIMALAR O'ZGARDI

Yangi Mehnat kodeksining 105-moddasiga ko'ra, mehnat shartnomasiga xodimning holatini mehnat qonunchiligiga va mehnat haqidagi boshqa hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan, mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talablarini buzadigan, majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan, xodimni qonunga xilof harakatlarni, boshqalarning yoki xodim o'zining huquqlarini buzadigan, hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan, sha'niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro'siga putur etkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlarning kiritilishi o'z-o'zidan haqiqiy hisoblanmaydi.

Bu haqda Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi Nazokat Anarqulova batafsil so'zlaydi.

➡️
Batafsil bu yerda

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
📌 Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan oʻrtacha ish haqi miqdori oshirildi

➡️ 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn barobaridan oʻn ikki barobariga oshirilishi belgilangan.

➡️ Bunda, pensiya tayinlashda hisobga olingan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln. 240 ming soʻmdan yuqori boʻlgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.

➡️ Bugungi kunda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln. 240 ming soʻmdan yuqori boʻlgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS xabar yuborildi.

❗️ Eslatib oʻtamiz, pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarning Pensiya jamgʻarmasiga murojaat etish zaruriyati yoʻq.

🟢Hurmatli fuqaro!

Sizga tayinlangan pensiya miqdori oshganligi toʻgʻrisida ma’lumot olmoqchi boʻlsangiz, mazkur telegram bot orqali tekshirib koʻrishingiz mumkin:

👍Telegram bot manzili: https://t.iss.one/pensiyauzbot

🗣Batafsil 📞 (70) 6011409

Telegram

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Yangiyo'l tumani boʻlimi

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев энергия таъминотидаги муаммоларда соҳа мутасаддилари ва жойлардаги раҳбарларнинг масъулиятсизлиги ҳақида

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент: "Энергия ресурслари таъминотидаги бугунги вазият тармоқ ва ҳудуд раҳбарлари учун катта сабоқ бўлиши керак"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
❗️Yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar uchun:

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.Ramatov, «Oʻzbekneftgaz» raisi M.Abdullayev, «Issiqlik elektr stansiyalari» raisi F.Abduraxmanov, «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» raisi D.Isakulov, «Hududiy elektr tarmoqlari» raisi U.Mustafoyev, «Oʻztransgaz» raisi B.Normatov, «Hududgazta’minot» raisi B.Eshmurodovga «hayfsan» berildi.

Manba

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Forwarded from Kun.uz | Online
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliy gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Viloyat hokimlariga o‘n kun muddatda ushbu obyektlarga birma-bir borib ko‘rib, sharoit va aholiga xizmat sifatini yaxshilash, energiya sarfi va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha taklif berish topshirildi.

Bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit og‘ir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shug‘ullanishi kerakligi ta’kidlandi.

👉 @kunonline
Audio
#Dayjest

Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘
Yangiyoʻl tumani. Gulbahor shaharchasi hududida “Mening birinchi uyim” dasturi asosida 5 gektar maydonda koʻp qavatli turar joy binolarini qurish taklifi kiritildi.

🔘Ohangaron shahri. Shahar hokimi “An-Nur” shirinliklar korxonasida boʻlib, tadbirkor bilan Yangi yil bayramida xalqimiz dasturxonini arzon va sifatli qandolat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalari yuzasidan suhbatlashdi.

🔘Olmaliq shahri. Shaharda investitsiya mablagʻlari oʻzlashtirilishini taʼminlash, eksport salohiyatni oshirish, yangi investitsiyalarni jalb etish va qoʻllab-quvvatlashga tizimli yondoshilmoqda.

🔘Yangiyoʻl shahri. “TALL XAUSES” MCHJ tomonidan “Baxt” mahallasidagi avariya holatidagi barak uylar oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli turarjoylar qurilishi rejalashtirilmoqda.

🔘Ohangaron tumani. 2-sektor rahbari raisligida sektordagi mahallalar hokim yordamchilari tomonidan oʻtgan 11 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tuman prokurori tashabbusi bilan sektor xududidagi “Yilqichi” mahallasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan narxda oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tishkillashtirildi.

🔘Angren shahri. Shahar hokimining oʻrinbosari Mavluda Abdurahmonova hamda 3-sektor rahbari Abid Aripovlar “Yangi bogʻi surh” mahallasida boʻlib, xotin-qizlar tadbirkorlik markazini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ishlarini oʻrganishdi.

🔘Parkent tumani. Tuman hokimi “Navroʻz” hamda “Buloqboshi” mahallalarida boʻlib, hokim yordamchilari faoliyati bilan tanishdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH