Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.23K subscribers
25.9K photos
3.23K videos
77 files
11.1K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.iss.one/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
Yoshlar festivali
Tinchlik ulugʻ ne’mat

"Tinchlik ulugʻ ne’mat" shiori ila 20-oktabr kuni Yangiyoʻl tumani Xalqobod mahallasida joylashgan Madaniyat uyida yoshlar festivali oʻtkaziladi.

Ertalab soat 9.00 dan dastlab "Qadring baland boʻlsin - ona tilim" tadbiri, salomatlik kuni munosabati bilan tibbiy koʻrik, oziq-ovqat yarmarkasi, sport musobaqalari, boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkaziladi.

Kunning ikkinchi yarmida "Hech kim e’tibordan chetda emas" targʻibot tadbiri va konsert dasturi oʻtkaziladi.

Kontsert dasturimizga (boshlanish vaqti soat 14.00) doimgidek taniqli san’atkorlar ishtiroki boʻladi. Bular: Avaz Oxun, Hamdam Sobirov va Via Marokand guruhi tashrif buyuradi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
🌶 9 oyda 8,3 ming tonna qalampir eksport qilingan

🏢 Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston 20 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,3 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

🌶 Qozogʻiston – 5,5 ming tonna
🌶 Qirgʻiz R. – 990 tonna
🌶 Rossiya – 685 tonna
🌶 AQSH – 219,4 tonna
🌶 Germaniya – 203,3 tonna

Xorijga eng koʻp qalampir eksport qilgan hududlar:

🌶 Surxondaryo viloyati – 2,2 ming tonna
🌶 Fargʻona viloyati – 1,4 ming tonna
🌶 Jizzax viloyati – 787 tonna

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (610-son, 18.10.2022 y.) qabul qilindi

🗓 Qarorga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023 yil 1 yanvarga qadar ishga tushiriladi.

❗️ Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

☑️ 2024 yil 1 yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

🗒 Davlat kadastrlarini yurituvchi vakolatli organlar 2022 yil oxiriga qadar o‘zlarining maʼlumotlar bazalari axborot tizimiga to‘liq integratsiya qilinishi taʼminlanadi.

Malaka shahodatnomasiga ega bo‘lgan kadastr muhandislari axborot tizimidan foydalanilganligi uchun har oyda BHMning bir baravari miqdorida to‘lov amalga oshiradi.

Ochiq maʼlumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boshqaruvi organlariga bepul, jismoniy shaxslar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa yuridik shaxslarga to‘lov evaziga taqdim etiladi.

📝 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi yer uchastkasi kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni foydalanuvchilar tomonidan bepul olish imkoniyati yaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali "НИХИда футбол стадионига 2та дом қуриб қўйишди. На канализацияси бор, на халқдан маслахат олишган!" deb yoʻllangan murojaatga qoʻyidagilarni ma’lum qilamiz.

Shu kunlarda Oʻzbekiston hududida jumladan Yangiyoʻl tumanida aholi soni oʻsishi natijasida uy-joyga boʻlgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda.

Yangiyoʻl tumanida uy-joyga boʻlgan ehtiyojmand aholi 3500 dan ortiq. Ularni uy-joy bilan ta’minlash uchun turar joy binolari qurilishi lozim.

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yer maydonlarida binolar qurilishi mumkin emas. Shu sababli imkon qadar aholi punkti ichidagi boʻsh yer maydonlari aniqlanib, oʻrganib chiqilib, PF-6186 farmoniga asosan arzonlashtirilgan namunaviy uy-joy binolari qurilmoqda.

Ahil MFYdagi boʻsh turgan yer maydoni stadion yonida boʻlib, ushbu stadiondan aholi tomonidan ancha yillardan boʻyon foydalanilmayapti, sababi teparoqda zamonaviy minifutbol maydoni mavjud.

Lavhadagi bochkalar bu oqava suvlarini qayta ishlab texnik toza suvga aylantiradigan zamonaviy "Ochistnoy" hisoblanadi.

Ushbu inshoot zamonaviy hisoblanib, barcha sanitar talablarga javob beradi. Shu sababli inshoot loyihaga kiritilgan.

Yangiyoʻl tuman Qurilish boʻlimi boshligʻi-tuman arxitektori A.Abdullayev

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat #Jarayon

Zoyir Mirzayev Zangiota tumani “Nazarbek” qoʻrgʻonidagi koʻprik qurilishining nima sababdan toʻxtab qolgani, ushbu obyekt buyurtmachisi – Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi hamda ushbu obyekt quruvchisi – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ koʻprik-qurilish tresti mutasaddilari keltirilgan vajlar asosli ekanligi boʻyicha tomonlar ishtirokida, joyida muhokama oʻtkazdi. Jarayonni lavhamizda tomosha qiling.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
She'riyat

Men kuchliman chamasi...

Yaxshi deyman hammasi,
Hech narsa bo’lmaganday…

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Onlayn

Tinchlik ulugʻ ne’mat

"Tinchlik ulugʻ ne’mat" shiori ila ayni damda Yangiyoʻl tumani Xalqobod mahallasida joylashgan Madaniyat uyida yoshlar festivalining tongi dasturlari boshlandi.

"Qadring baland boʻlsin - ona tilim" tadbiri, salomatlik kuni munosabati bilan tibbiy koʻrik, oziq-ovqat yarmarkasi, sport musobaqalari, boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazilmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida "Hech kim e’tibordan chetda emas" targʻibot tadbiri va konsert dasturi oʻtkaziladi.

Salomatligiga befarq boʻlmagan fuqarolar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtishmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site