Yangiobod tumani hokimligi | Rasmiy kanal
7.38K subscribers
24.6K photos
2.14K videos
54 files
8.7K links
Download Telegram
So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi 10 barobarga ko‘paygan. 2023-yilning o'zida olib kirilgan avtomobillarning 35 %i elektromobil va gibridlardir.

Mamlakatimizda o'tgan yilning boshida elektromobillar soni 6 414 ta, ularni quvvatlash stansiyalari soni esa 79 ta bo'lgan bo'lsa, hozirga kelib elektromobillar 4,5 barobarga, quvvatlash stansiyalari esa 5 barobarga ortgan.

Ayni paytda bu boradagi zarur infratuzilma holati qanday?

Maxsus ilovalar va xaritalar ma'lumotlariga tayanilsa, respublika bo‘ylab avtoturargohlar, savdo majmualari, mehmonxonalar hamda ishlab chiqarish korxonalari hududlarida 377 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari o‘rnatilgan (7-fevral holatiga).

YUKSALISH HARAKATI
2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtgan videoselektor yigʻilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/yangiobod_press

🌍Web-site | Telegram | Facebook |Instagram| Twitter | Youtube
#Bilasizmi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumida qanday o’zgarishlar bo’ladi?

Endilikda yoshlar yetakchilari tanlov va loyihalarni mahalla yoshlariga qulay bo’lgan vaqtida o’tkazadi. Bu esa yoshlarning o‘qish yoki ishdan keyingi bo‘sh vaqtida ham mazkur loyihada ishtirok etish imkoniyati yaratadi.

Ma’lumot uchun, oldingi mavsumlarda loyihalar o‘tkazilish vaqti asosan tushgacha yoki tushdan keyingi vaqtlarga belgilangan. O‘qish va ishdagi yoshlar esa loyihalarda ishtirok etolmaslik holatlari kuzatilgan. Aynan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda shu vaqt masalasidan ko’p e’tirozlar kelgan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/yangiobod_press

🌍Web-site | Telegram | Facebook |Instagram| Twitter | Youtube
🥊Yangiobod tumani Barkamol avlod bolalar maktabi boks to'garagi a'zosi Sherbekov Shohruh Jizzax shahrida o'tkazilayotgan musobaqada muddatidan oldin g'alaba qozondi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/yangiobod_press

🌍Web-site | Telegram | Facebook |Instagram| Twitter | Youtube
KORRUPSIYANI BIRGALIKDA YENGAMIZ!

Hurmatli fuqarolar, siz kadastr yo‘nalishida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering!

Korrupsiya holatlari haqida ma’lumotlarni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash xizmatining +998 72-223-73-81 raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilib xabar qilishingiz mumkin.

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram IFacebook
Yangiobod tumanidagi kanal va ariqlarda betonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, tumanning Xo'jamushkentsoy SIU dagi "Sovot sarchashmasi", "Sovot sahovati", Adhamjon G'ofurjon", "Sovot Foods", "Do'smat Jer" fermer xo'jaliklari hududidagi 3,7 km uzunlikdagi tuproq o'zanli suv yo'llari hashar yo‘li bilan betonlashtirildi.

Shuningdek, qolgan tuproq o‘zanli ichki sug‘orish tarmoqlarida ham shu kabi betonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/yangiobod_press

🌍Web-site | Telegram | Facebook |Instagram| Twitter | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanning 1-sektori hududidagi 12-umumta'lim maktabida bo'lib, ta'lim muassasidagi muammolarni o'rgandi.

Tashrif davomida o'quvchilarning zamonaviy bilimlarga ega bo'ishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maktabning ichki imkoniyatlari, muammo va kamchiliklar ko'zdan kechirilib, ta'lim sifatini yanada oshirish va mavjud ayrim muammolarni hal etish yuzasidan maktab rahbariyati bilan suhbatlashildi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/yangiobod_press

🌍Web-site | Telegram | Facebook |Instagram| Twitter | Youtube