Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati
2.94K subscribers
28.2K photos
2.42K videos
59 files
9.61K links
Download Telegram
🤝 Yangiobod obodligi - barchamizning ishimiz!

Yangiobod tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Maqsad - tumanimizni yanada ko'rkam, toza va farovon qilish.

Obodonlashtirish ishlari doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:
* Ko'chalar, xiyobonlar va parklarni tozalash
* Daraxtlar va gullarni parvarishlash
* Ariqlarni tozalash va tartibga keltirish
* Yo'l chetlarini begona o'tlardan tozalash
* Binolarning tashqi ko'rinishini yaxshilash
* Yoritish tizimini takomillashtirish
* Chiqindi maydonchalarini tartibga keltirish

Obodonlashtirish ishlarida tuman Obodonlashtirish boshqarmsi, korxonalar, tashkilotlar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda.

Biz barchamiz Yangiobodning obodligiga o'z hissamizni qo'shishimiz kerak.
Unutmang, Yangiobod obodligi - barchamizning ishimiz!

Kanalga ulanish👇👇👇 @yangiobod_press
1
#Yangiobod_tumani
#Tezkor

❗️Chiqindilarni duch kelgan joyga tashlamang: 2025-yil 1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshadi.

1 avgustdan O‘zbekistonda bazaviy hisoblash miqdori (BHM) oshadi - 1 BHM 412 000 so‘mni tashkil etadi. Shu munosabat bilan jarimalar miqdori ham oshadi.

• Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash - 412 000 so‘mdan
• Barglar, shoxlar va chiqindilarni yoqish - 1 236 000 so‘mgacha
• Daraxtlarni noqonuniy kesish - 10 mln so‘mdan 20 mln so‘mgacha
• Baliq ovlashda huquqbuzarliklar - 8 dan 12 million so‘mgacha
• Ekologiya inspektorlari ishiga to‘sqinlik qilish - 2 mln so‘mdan 4 mln so‘mgacha

Kanalga ulanish👇👇👇 @yangiobod_press
#Yangiobod_tumani
#TakroriyEkinlar

🌾 Yangiobodda takroriy ekinlar holati nazoratga olindi
📝 Yangiobod tumanida takroriy ekinlarning rivojlanishini o'rganish maqsadida viloyat va tuman mutasaddilari "Athamjon G'ofurjon" fermer xo'jaligida bo'lishdi.

Viloyat fermerlar kengashi mutaxissisi M.Qo'ldoshev, tuman hokimi o'rinbosari A.Nazarqulov va tuman fermerlar kengashi raisi A.Sharipov ishtirokida o'tgan o'rganish davomida fermerlar bilan muloqot o'tkazilib, ularga zarur tavsiyalar berildi.


Kanalga ulanish👇👇👇 @yangiobod_press
1
#Yangiobod_tuman
#Dolzarb_90_kun

📚 "Dolzarb 90 kun-90 imkoniyat" uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti o‘tkazildi

Jizzax viloyati Yangiobod tumani 1-umumta'lim maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan yozgi ta'til davrida o‘quvchi-yoshlarning ilm-ma'rifatga yo‘naltirish bo‘yicha tayyorlangan "Dolzarb 90 kun-90 imkoniyat" uslubiy qo‘llanmasining taqdimoti o‘tkazildi.


🎁 Taqdimotda qo‘llanmaning zamonaviy pedagogika talablari asosida yaratilganligi va o‘quvchilarning intellektual, ijodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta'minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlandi. Tadbir so‘nggida "Dolzarb 90 kun" dasturini amalga oshirishda mas'ullarga foydalanish uchun ushbu kitoblar tarqatildi.

Kanalga ulanish👇👇👇 @yangiobod_press
#Yangiobod_tumani
#O‘quv_seminari

Joriy yilning 29-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining direktorlari va maktab amaliyotchi psixologlari ishtirokida ta'lim tashkilotlarida bolalarning xavfsizligini ta'minlash, ularning huquqlari va shaxsiy daxlsizligini himoya qilish, shuningdek, pedagoglar tomonidan jismoniy, psixologik va emotsional zo'ravonlikni oldini olish maqsadida o'quv seminari tashkil etildi.

🔵 Seminar ishtirokchilariga Vazirlar Mahkamasining "Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini aniqlash, zo'ravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2025-yil 14-iyuldagi №440-sonli qarorining mazmun-mohiyati yetkazildi

Kanalga ulanish👇👇👇 @yangiobod_press
1👍1
Меҳнат дафтарчасини рақамлаштириш нима?

☝️ Бу – қоғоз шаклидаги меҳнат дафтарчасидаги меҳнат фаолияти ҳақидаги маълумотларни электрон шаклга ўтказиш жараёни.

Меҳнат дафтарчасини рақамлаштиришни нима афзалликлари бор?

1⃣ Иш фаолиятингизни рақамли тизимда юритиш ва маълумотларингизни хавфсиз сақлаш имконини беради (қоғоз шаклдаги меҳнат дафтарчалари йўқолиши ёки яроқсиз ҳолатга келиши мумкин)

2⃣ Пенсия тайинлашда меҳнат стажи автоматик аниқланади ва фуқароларнинг ортиқча вақт сарфи тежалади.

3⃣ Давлат хизматларидан тез ва осон фойдаланиш имконини беради.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
1
Ўзбекистон халқига Халқлар дўстлиги куни муносабати билан байрам табриги

Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X