Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
7.72K subscribers
17K photos
2.94K videos
9.49K links
Yangihayot tuman hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali

Murojaatlar uchun: https://www.facebook.com/groups/913490212564477/
Download Telegram
#tumanimiz_faxri

🙍‍♂️ Abduqodir Tilayverganov – 18 yosh, U tumanimizdagi 333-umumta'lim maktabida o'qiydi.

🥋 Sportning boks va armwrestling turlari bilan 1 yildan beri shug'ullanib keladi. Qisqa muddatda bir qancha musobaqalarda qatnashib, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan.

🥊 Xususan, boks bo'yicha "Ruslanboxing" 1-ochiq sport klubida 1-o'rinni, sportning yozgi biatlon sport turi bo'yicha o'z jamoasi bilan 1-o'rinni qo'lga kiritgan. Shuningdek, o'tgan yili armwrestling bo'yicha tumanda o'tkazilgan musobaqada faol ishtirok etib, tashakkurnoma bilan, joriy yil esa shu sport turi bo'yicha musobaqada g'olib bo'lib, diplom bilan taqdirlandi.

👮‍♂️ Abduqodirning maqsadi – harbiy bo'lish va sport bilan muntazam shug'ullanib, g'oliblikni qo'lga kiritish.

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Photo
#Tumanimiz_faxri

🙎‍♂️ Umarbek Alisherbekov — 285-umumta'lim maktabining 2-sinf o'quvchisi. 4 yoshidan beri sportning o'zbek jang san'ati bilan muntazam shug'ullanib kelmoqda.

🥋 Qozog'istonda o'tkazilgan jahon chempionatida 3-o'rinni egallab, 2022-yil o'tkazilgan respublika chempionatida "O'zbekiston chempioni" shohsupasiga ko'tarilgan. Shuningdek, 2 karra Toshkent shahar chempioni bo'lgan.

🎯 Maqsadi — barcha musobaqalarda g'olib bo'lish va ota-onasining ishonchini oqlash.

***

🙎‍♀️ Shahrizoda To'rayeva 285-umumta'lim maktabining 1-sinf o'quvchisi bo'lib, 2 yildan buyon o'zbek jang san'ati bilan shug'ullanib keladi.

🥇 Qisqa vaqt ichida bir qancha yutuqlarga erishgan. Xususan, 2015-yilda tug'ilganlar o'rtasida o'tkazilgan nayzani nishonga otish yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston kubogida 1-darajali, 7-17 yoshlilar o'rtasida tashkil etilgan Toshkent shahar ochiq chempionatida 2-darajali diplom bilan taqdirlangan. Shuningdek, yaqinda Qozog'istonda o'tkazilgan jahon chempionatida 1-o'ringa sazovor bo'ldi.

📌 Orzu-maqsadlari ulkan jajji sportchilarimizning o'qish va sportdagi faoliyatlariga omad tilaymiz!

Тelegram | Facebook | Instagram |YouTubeWeb-site
#tumanimiz_faxri

🙍‍♀ Sabina Ilyasova 284-maktabning 3-sinf o'quvchisi. U sportning badiiy gimnastika turi bilan 2 yildan beri shug'ullanib keladi.


🤸 Hozirda bir qancha tanlovlarda qatnashib, sovrindor bo'lgan. Xususan, 2005–2019-yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida o'tkazilgan "Little stars" ochiq turnirida, "Yangi yil ertagi" shiori ostida o'tkazilgan "Hokim kubogi" Respublika ochiq turnirida 1-o'rinni qo'lga kiritgan. Shuningdek, "Billur yulduzlari" Respublika ochiq turnirida ham g'olib bo'lgan.

Sabina kelajakda figurali uchishni ham o'rganishni maqsad qilgan. Qahramonimizning keyingi o'qish va sportdagi faoliyatiga omad tilaymiz!

Тelegram |Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
#Tumanimiz_faxri

👩‍💼 Marjona Karimova tumanimizdagi 300-umumta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi. U 6 yildan beri sportning o'zbek jang san'ati turi bilan shug'ullanib keladi.

🥋 Marjona sportchi o'rtoqlariga havas qilib, sportga qiziqqan va muntazam shug'ullanishni boshlagan. Hozirgi kunga qadar bir qator musobaqalarga qatnashgan. Xususan, 2007-2008-yil tug'ilgan yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Toshkent shahar chempionatida va O'zbekiston chempionati musobaqasida 46 kg vazn toifasida 1-o'rinni egallagan. Xalqaro "Jang san'ati" assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan xalqaro turnirda 2-o'rinni qo'lga kiritgan.

😊 Marjona 1-darajali qora belbog' sohibasi. Uning maqsadi — jahon chempioni bo'lish. Maqsadi sari dadil odimlayotgan Marjonaga niyatlar ijobatini tilaymiz!

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tumanimiz_faxri

🙎🏻‍♂️ Abdulloh Ahmadjonov — tumanimizdagi 59-umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi. 3 yildan beri sportning karate WKF turi bilan shug'ullanib keladi.

🥋 Hozirgi kunga qadar bir qancha musobaqalarda ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olgan. Xususan, Toshkent shahrida o'smirlar va kattalar o'rtasida o'tkazilgan "Chempionlar kubogi" musobaqasida va Milliy gvardiya Toshkent shahar Qo'riqlash boshqarmasi boshlig'i kubogida 63 kg vazn toifasida 1-o'rinni qo'lga kiritgan. Shuningdek, Toshkent shahar profi karate klubi musobaqasida 15-16 yoshlar o'rtasida 2-o'rinni, "WKF karate Toshkent-2023" ochiq turnirida 1-o'rinni egallagan.

🏆 Abdulloh kelajakda uchuvchi bo'lishni niyat qilgan bo'lsa-da, karate bilan shug'ullanishni to'xtatmoqchi emas. Uning sportdagi maqsadlaridan biri — jahon chempioni bo'lish. Umidli sportchimizning kelajakdagi o'qish va faoliyatiga omad tilaymiz!


🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tumanimiz_faxri

🥋 Javohir Bozorov – G'arbiy Osiyo chempioni

🏆 Qirg'izistonning Issiqko'l hududida bo'lib o'tgan shaxmat sport turining standart yo'nalishida Javohir Bozorov oltin medalni qo'lga kiritdi.

📌 Yosh shaxmatchimiz 9 turdan 7.5 ochko jamg'arib, 12 yoshli o'g'il bolalar o'rtasida G'arbiy Osiyo chempioni bo'ldi.

🙂 Javohir, uning oilasi va ustozlarini yorqin g'alaba bilan tabriklaymiz! Yangihayot tumani shunday umidli o'g'loni borligidan faxrlanadi!

***

🥋 Жавохир Бозоров — чемпион Западной Азии

🏆 Жавохир Бозоров завоевал золотую медаль в стандартном направлении турнира по шахматам, прошедшем в Иссыккульском районе Кыргызской республики.

📌 Юный спортсмен собрал 7,5 очков в 9 турах и стал чемпионом Западной Азии среди 12 летних мальчиков.

🙂 Поздравляем Жавохира, его родителей и наставников с яркой победой. Янгихаётский район гордится своим одаренным юным жителем!

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tumanimiz_faxri

Xasan va Xusan Raximovlar tumanimizdagi 329-umumta'lim maktabida ta'lim oladi. Ular 11 yildan buyon sportning turon yakka kurash turi bilan shug'ullanib kelmoqda.

🏆 Ikkalasi ham bir qancha musobaqalarda qatnashib, g'oliblikni qo'lga kiritgan. Xususan, Qozog'istonda o'tkazilgan "Open Asian Cup" musobaqasida 27 kg vazn toifasida 1-o'rinni egallashgan. Xasan 2006-yilda tug'ilgan sportchilar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida 2-o'rinni, Toshkent shahar saralash chempionatida 1-o'rinni qo'lga kiritgan.

📌 Xusan "Nippon kempo" yapon qo'l jangining Toshkent shahar chempionatida va jiu-jitsu sport turida 42 kg vazn toifasida 1-o'rinni egallagan. Xasan va Xusanga turon yakkakurash federatsiyasi tomonidan 1-sport darajasi (qizil belbog') berilgan.

😊 Egizaklarning asosiy maqsadi — jahon chempioni bo'lish. Ularga niyatlari ijobatini tilaymiz!

***

Хасан и Хусан Рахимовы учатся в 329-й общеобразовательной школе нашего района. Они занимаются единоборствами с 11 лет.

🏆 Оба участвовали в нескольких конкурсах и побеждали. В частности, они занял 1-е место в весовой категории 27 кг на «Открытом Кубке Азии», проходившем в Казахстане. Хасан занял 2-е место на чемпионате Узбекистана среди спортсменов 2006 года рождения и 1-е место на отборочном чемпионате Ташкента.

📌 Хусан занял 1-е место на чемпионате Ташкента по японскому рукопашному бою «Ниппон Кэмпо» и джиу-джитсу в весовой категории 42 кг. Хасан и Хусан были награждены 1-м спортивным разрядом (красный пояс) Туранской федерацией боевых искусств.

😊 Главная цель близнецов – стать чемпионами мира. Желаем им исполнения желаний!

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tumanimiz_faxri

🙍‍♂ Abdumalik Xolxo'jayev — tumanimizdagi  
332-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi.


🎼 U 5 yildan buyon gitara musiqa asbobini chalish bilan shug'ullanib keladi. 2021- yil Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Respublika ko'rik-tanlovining Toshkent shahar saralash bosqichida va "Qalb" respublika iqtidorli yosh ijrochilar onlayn tanlovida 2-o'rinni qo'lga kiritgan.

🏆 "Sonyashnyuk" Ukraina xalqaro xayriya fondi tomonidan 7 ta davlat o'rtasida o'tkazilgan "Soul" onlayn festivalida 2-darajali diplom bilan taqdirlangan. Shuningdek, 13-18 yosh toifasida o'tkazilgan "Yosh iqtidorlar—2023" tanlovida 2-o'ringa loyiq ko'rilgan.

👨‍💻 Abdumalik kelajakda kiberxavfsizlik sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishni niyat qilgan bo'lsa-da, biroq gitara chalish bilan shug'ullanishda davom etmoqchi. Uning kelgusi o'qish va ishlariga omad tilaymiz!

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tumanimiz_faxri

🧑‍💻 Samandar Soxibov — 332-umumta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi.

🥋 U sportning o'zbek jang san'ati bilan 4 yildan buyon shug'ullanib keladi.

🏆 14-17 yoshlar o'rtasida o'tkazilgan "Ethno sport-2023" festivalida 1-o'rinni, 14-15 yoshlilar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritgan.

🥇 Shuningdek, "Prokuror kubogi" musobaqasida qatnashib, 14-15 yoshlilar o'rtasida 1-o'ringa sazovor bo'lgan.

Maqsadi — Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lib, dunyo tan olgan mashhur sportchi bo'lish.

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tumanimiz_faxri

🎉 CHEMPIONLIK MUBORAK !!!

🥋 Joriy yilning 17-19-noyabr kunlari sportning TAEKWONDO turi boʻyicha “ASIAN CUP - 2023” xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.

🏆 Quvonarlisi, unda tumanimizdan ham yosh sport vakillari ishtirok etib, chempionlikni qoʻlga kiritishdi.

♻️ Xususan, Umid Kamolov murabbiyligi ostida 7 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bir guruh sportchilar:

▫️ Tillabekova Muxlisa;
▫️ Rustamov Muhammadqodir;
▫️ Rahmatullayev Abdurahim;
▫️ Gʻayratov Samandar;
▫️ Abdusattorov Muhammadrayim;
▫️ Sobitxonov Abdulloh faxrli 1-, 2,-3-oʻrinlarni egallashdi.

😊 Jajji sportchilarga jahon chempionatlarida ham gʻolib boʻlib, Vatanimiz bayrogʻini balandlarga koʻtarishlarini tilab qolamiz.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
#tumanimiz_faxri

🥋 Qurbonova Iroda – 14 yosh. U 3 yildan buyon sportning Oʻzbek jang sanʼati turi bilan muntazam shugʻullanib kelmoqda.

🏆 Iroda sport bilan shugʻullanishiga koʻp boʻlmagan boʻlsada, koʻplab yuqori oʻrinlarga, shu jumladan, ikki karra Oʻzbekiston chempioni boʻlishga ulgurgan. Hozirda Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun saralash bosqichidan oʻtmoqda.

♻️ Maqsadi — barcha musobaqalarda gʻolib boʻlish va ota-onasining ishonchini oqlash.

😊 Quvonarlisi, u kelajakda nafaqat mohir sportchi, balki Vatanimiz tinchligiga posbon boʻlib, ichki ishlar xodimi boʻlishni ham niyat qilgan.

🔹 Yutuqlar sari dadil odimlayotgan Irodaga niyatlar ijobatini tilaymiz!

Тelegram | Facebook | Instagram |YouTube | Web-site
#Tumanimiz_faxri

🥋 Babasaidova Mubina — 15 yoshda. 285-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi. 4 yildan buyon sportning TAEKWONDO WT turi boʻyicha muntazam shugʻullanib kelmoqda.

🏆 Qisqa vaqt ichida koʻplab yutuqlarga erishgan. Xususan, 2 karra Respublika, 3 karra Toshkent shahar chempioni boʻlgan. Qozogʻistonda oʻtkazilgan “Shymkent Cup” turnirida 5 marotaba 1-oʻrinni egallagan. Jahon hamda Osiyo chempionatida esa faxrli 3-oʻrinni egallab, sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.

♻️ Kelajakdagi maqsadi — Olimpiada oʻyinlari gʻolibi boʻlib, ota-onasining ishonchini oqlash.

🥳 Mubinaning oʻqish va sportdagi faoliyatiga omad tilaymiz!

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
#Tumanimiz_faxri

🥋 Elmamatov Muhammadjon — 15 yoshda. Tumanimizdagi 8-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi. 10 yildan buyon sportning KARATE WKF turi bo‘yicha muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

🙎🏻‍♂️ Muhammadjon 7 karra Respublika, 1 karra jahon chempioni bo‘lgan. Xususan, Qozog‘istonda o‘tkazilgan "Astana Open" turnirida 1- va 2 -o‘rinlarni, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqalarda birinchi hamda 3-o‘rinlarni egallagan.

🥇 Tumanimizning "Navqiron" mahallasida yashovchi sportchimiz hozirda 100 dan ziyod medallar sohibi.

🔰 Uning maqsadi — yoshlar olimpiadasiga ishtirok etib, g‘oliblikka erishish.

Тelegram | Facebook | Instagram |YouTube | Web-site
#Tumanimiz_faxri

📌Rahimberdiyev Behruz - 15 yoshda. Yangihayot tumanida istiqomat qiladi. 8 yildan buyon sportning qo‘l jangi turi bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

🥳Behruz 3 karra respublika va 1 karra Osiyo chempioni bo‘lgan. Xususan, Rossiyaning Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempionatida 1-o‘rinni, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda o‘tkazilgan nufuzli turnirlarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

🔶Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u shu vaqtga qadar 80 dan ortiq medalni qo‘lga kiritgan. Ularning aksariyati esa oltin va kumush medallar.

Kelajakdagi maqsadi - Olimpiada o‘yinlari g‘olibi bo‘lib,  yurt bayrog‘ini balandlarga ko‘tarish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tumanimiz_faxri

🥋 Ikromov Sardor - 18 yoshda. "Yangihayot tumani sport maktabi" o‘quvchisi. 8 yildan buyon sportning qo‘l jangi turi bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

🏆 Sardor 4 karra Respublika, 1 karra Osiyo va 1 karra jahon chempioni hisoblanadi. Xususan, u 2024-yilning 10-14-oktabr kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionatida 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, sportchimiz Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ham 1-o‘rin sohibi bo‘lgan.

🥇 Sardor shu vaqtga qadar 50 dan ortiq medalni qo‘lga kiritgan. Ularning aksariyati esa oltin va kumush medallar.

🌐 Kelajakdagi maqsadi— UFC chempioni bo‘lish va yurtimiz bayrog‘ini yanada yuksaklarga ko‘tarish.

Тelegram | Facebook | Instagram |YouTube | Web-site
#Tumanimiz_faxri

🧍🏻‍♀️ Agisheva Liliana — 12 yoshda. Tumanimizning "Viqor" mahallasida istiqomat qiladi. 5 yildan beri sportning Taekwan-do (ITF) turi bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

🥋 Liliana 4 karra respublika va 1 karra jahon chempioni hisoblanadi. Xususan, u 2024-yilning 1-7-noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan "International martial arts games" musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, sportchimiz bir nechta nufuzli musobaqalarda ham faxrli o‘rinlarni egallagan.

🏆 Liliana shu vaqtga qadar 29 ta oltin, 12 ta kumush hamda 8 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

😊 Kelajakdagi maqsadi — yuksak zafarlarga erishish va yurtimiz bayrog‘ini yanada yuqoriga ko‘tarish. Uning o‘qish va sportdagi faoliyatiga omad tilaymiz!

Тelegram | Facebook | Instagram YouTube | Web-site
#Tumanimiz_faxri

👫 Aka-singil Muhammadali va Aisha. Yosh sportchilar tumanimizning "Yangi Umid" mahallasida istiqomat qiladi.

🥋 Abduganiyev Muhammadali 7 yildan buyon sportning Taekwan-do (ITF) turi bilan, Aisha esa 5 yildan beri badiiy gimnastika bilan shug‘ullanib keladi.

🏆 Ular shu vaqtga qadar ko‘pgina musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan. Xususan, Muhammadali 11 yosh bo‘lishiga qaramay jahon chempioni. Shuningdek, bir necha marotaba O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, 70 ga yaqin medallarning sohibi. Kelgusida vatan himoyachisi bo‘lishni maqsad qilgan.

👯‍♀️ Abduganiyeva Aisha — 10 yoshda. 5 karra respublika chempioni. U yurtimizda o‘tkazilgan nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarni egallab kelmoqda. Uning medallari soni 19 ta. Kelajakdagi maqsadi esa sport murabbiyi bo‘lish.

Тelegram | Facebook | Instagram |YouTube | Web-site